Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni va ahamiyati
Download 49.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqjahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan orni va
Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni va ahamiyati Magistratura talabasi: Mavlonov Yu. Jahon iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etishning bir shakli, ya’ni erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni va ahamiyati, offshor hududlar tahlil qilingan Erkin iqtisodiy hudud haqida tushuncha birinchi marta 1973-yil 18 maydagi Kioto konvensiyasida berilgan. Unga ko’ra erkin iqtisodiy hudud deb – mamlakatning bir qismini Ya’ni tovarlar importi va eksportini, bojxona va soliq cheklovlarisiz olib kirish mumkin bo’lgan hududga aytiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 5–sessiyasida qabul qilingan «erkin iqtisodiy hudud to’g’risida»gi qonunning 1–moddasida esa quydagicha tarif berilgan: - «Erkin iqtisodiy hududlar deb – mintaqani jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun ichki va tashqi kapitalni, istiqbolli texnologiyalar va boshqaruvga oid tajribalarni jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus ajratilgan hududga aytiladi». Umuman olganda erkin iqtisodiy hududlarning 30 ga yaqin turi bo’ladi. Ulardan keng tarqalganlari: erkin savdo hududlar, erkin bojxona, erkin ishlab chiqarish, erkin ilmiy – texnik hududlardir. Bularning xar biri erkin iqtisodiy hudud toifasiga kirgani bilan o’z funksiyasiga ko’ra bir biridan farq qiladi. 1 Erkin iqtisodiy hududlari – konsignatsiya ( ya’ni tovarlarni sotish uchun berish) omborlarini, erkin bojxona zonalarini, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o’rash – joylash, saralash, saqlash hududlarini o’z ichiga oladi. Erkin bojxona hududlari – chet elda ishlab chiqarilgan va mamlakatga kirib kelayotgan mahsulotlarni imtiyozli to’lov asosida saqlash, markalar va sortlarga ajratish, ishlov berish, agar kerak bo’lib qolgan holda komplektlashtirish va sotish kabi vazifalarni bajaradi. Bunday erkin bojxona hududlari daryo va dengiz portlarida, chegaradosh temir yo’l tarmoqlarida va aeraportlarda chet el valyutasida daromad olish maqsadida tashkil etiladi. Erkin savdo hududlari AQShda ko’plab tashkil etilgan bo’lib, ular tashqi savdo zonalari (Foreign Trade Zones) deb nomlanadi. Bugungi kunda AQShda 200 ga yaqin zona va subzonalar faoliyat qo’rsatmoqda. Bu hududlarning faoliyatini nazorat qilish tashqi savdo zonalari Departamentiga yuklatilgan bo’lib, tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, Departament tomonidan zona ochilishi uchun ruxsat berilgandan so’ng uning faoliyat ko’rsatguniga qadar 6 oydan – 3 yilgacha vaqt kerak bo’ladi. 1 Колесов В.П., Кулаков М.В. Международнаya экономика: Учебник. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 474 с. Erkin ishlab - chiqarish zonalari maqsadli sotsial – iqtisodiy dastur bo’lib, yangi ishlab chiqarish munosabatlari asosida alohida territoriyada tadbirkorlikni rag’batlantirish, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli texnologiyalarni erkin raqobat, ma’muriy – iqtisodiy mustaqillik va o’zini – o’zi mablag’ bilan ta’minlash tamoyillari asosida joriy etilishidir. Bu maqsad uchun ijara, kooperativ, qo’shma va chet el korxonalarini qurish va ularni ekspluatatsiya qilish evaziga erishiladi. Erkin ishlab chiqarish zonalarida ishlab chiqaruvchilarga baholarni erkin raqobat va bozordagi talab – taklif asosida belgilash, sherikni tanlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning soni va turlarini belgilash, ishchilarni ishga qabul qilish va bo’shatish masalalarini hal etish va ularga to’lanadigan ish haqi miqdorini milliy va chet el valyutasida belgilash huquqi berildi. Bundan tashqari erkin iqtisodiy hududlarda tashkil etilgan ishlab chiqarish munosabatlariga mos keluvchi – moliya va hisob oliygohlari tizimi ham tashkil etiladi.Bu tizim tarkibiga milliy va chet el valyutalarida operatsiyalar olib boruvchi davlat va tijorat investitsiya banklari, tijorat – xo’jalik sudlari, valyuta va fond birjalari kiradi. Erkin ilmiy – texnik hududlar, ilmiy ishlab chiqarish va o’quv markazlari jamlangan xozirgi kunda ishlayotgan va rivojlangan infrastrukturaga, chet el ilmiy – texnikaviy va texnologiyasiga, ishlab chiqarish va moliyaviy jihatdan potensialga ega bo’lgan va maxsus huquqiy tartibot o’rnatiladigan alohida ajratilgan hududlardan iborat bo’ladi. Erkin ilmiy texnik zonalar yuksak texnopolislar, texnoparklar, mintaqaviy inovatsiya markazlari – texnopolislar ishlaydigan zonalar shaklida tashkil etiladi. Bunday hududlarni tashkil etishda maqsad fan va texnika rivojlanishida muhim yo’nalishlarni olib borish va uni xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdan iboratdir. Erkin ilmiy texnik hududlar tashqi iqtisodiy masalalarni xal etish bilan bir qatorda mamlakatning ichki umumiy xo’jalik masalalarini yechishga ham qaratilgan bo’lishi lozim. Bunday xolatda bu zonalarda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi va atrof muhitga ziyon – zahmat yetkazmaydigan ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish resurslarini o’zlashtirish uchun yuqori imkoniyatlar mavjud bo’ladi. Erkin iqtisodiy offshor hududlari deb maxsus soliq tizimi o’rnatilgan hududga aytiladi yoki bu hududni chet el investitsiyasiuchun soliq imtiyozlari qo’llaniladigan hudud deb ham atash mumkin. Ma’lumki xalqaro xamjamiyatdagi davlatlarda soliq tizimi bir – biridan anchagina farq qiladi. Masalan: Shvetsiyada kompaniya foydasining 63 foizi soliqqa tortilsa, AQShning Delavar shtatida esa bu salmoq olinadigan foyda miqdoridan qat’iy nazar 400 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuning uchun xar qanday kompaniya ro’yxatga olinish davrida soliqqa tortilish sharoitlariga qarab 2 turga: 1. Oddiy kompaniyalar. 2. Offshor kompaniyalarga bo’linadi. Birinchi offshor hududlar 1960 yillarda tashkil etilgan bo’lib, buning asosiy sababi mustaqillikka erishgan mamlakatlar chet el investitsiyalarini jalb etish uchun soliq imtiyozlarini joriy eta boshladi. AQSh va boshqa mamlakatlardagi qattiq bank nazoratidan aziyat chekkan yirik korporatsiyalar bu hududlarda o’zlarining filiallarini tashkil etishga kirishdilar. Bu bilan offshor tadbirkorlarning strukturasi ham rivojlana boshladi. 2 1.- Jadval Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling