Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va konsepsiyalarining shakllanishi,rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari mundarija: kirish I. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari
Dunyo taraqqiyotidagi ijobiy о‘zgarishlar
Download 181.38 Kb.
|
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org
Dunyo taraqqiyotidagi ijobiy о‘zgarishlar
Ayni paytda jahon matbuotida yirik xalqaro iqtisodchilar, moliya mutaxassislarining dunyo iqtisodiyotidagi о‘zgarishlar tahlili bilan bog‘liq qizg‘in bahs-munozaralari davom etmoqda. E’tiborga molik tomoni shundaki, о‘tgan yil oxiri va shu yil boshida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi turg‘unlik va pasayishga qaramasdan, xalqaro iqtisodchilar kelgusi yilda yuz berishi kutilayotgan iqtisodiy inqirozlar xavfi yо‘q deb, hisoblamoqdalar. “Financial Times”, “New York Times”, “Wall Street Journal” nashrlarida bu mavzuda bir qator tahliliy maqolalar e’lon qilindi. Ularda aytilishicha, dunyo iqtisodiyotining bugungi kо‘rsatkichlariga tayangan holda, yaqin kelajakda ijobiy moliyaviy о‘zgarishlar kutish mumkin. Bunga jiddiy asoslar bor. Dunyo iqtisodiyotida eng katta ulushga ega bо‘lgan Amerika Qо‘shma Shtatlari iqtisodiyotidagi о‘sishning tо‘xtashi u qadar katta xavf tug‘dirmaydi. Sо‘nggi о‘n yil mobaynida yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarishning yiliga 4,5 foizdan tо‘xtovsiz о‘sishidan sо‘ng bunday pasayish muqarrar edi. Shu bois, Amerika fond birjalaridagi asosiy indeks bо‘lmish Nasdaqning bir yil ichida 50 foizga pasayishi dunyo ishbilarmon doiralarini jiddiy tashvishlantirmadi. AQShning iqtisodiy kо‘rsatkichlari 1990 yilga nisbatan bir necha foizga о‘sgan, shu sababli, agar ular tо‘satdan pasayib ketsa ham iqtisodiy inqirozga olib bormaydi. Hatto global iqtisodiyotining yirik pasayishi yuz bersa ham, uni bartaraf etish uchun rivojlangan mamlakatlar ilgarigi inqirozlarga qaraganda kо‘proq zahiralarga ega. Bu yil dunyo bо‘yicha inflyatsiya kо‘rsatkichi 21 foiz bо‘lishi kutilmoqda. Yaponiyadan boshqa barcha rivojlangan davlatlarda byudjet kamomadi qattiq nazoratga olingan. Kо‘plab mamlakatlarning liberal va demokratik qoidalarga asoslangan bozor iqtisodiyotiga о‘ta boshlaganiga asoslanib, ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiy bо‘hron yuz bersa-da, 1970 yillardagi xatolar qaytarilmaydi. Fashizm ustidan g‘alaba qozonilgandan sо‘ng, oradan о‘tgan 50 yildan ortiqroq davr mobaynida jahon hamjamiyatida siyosiy yaqinlik paydo bо‘ldi. Sotsialistik va kapitalistik lagerlar о‘rtasidagi siyosiy ziddiyatning yо‘qolgani ham dunyo iqtisodiyotiga katta ijobiy ta’sir kо‘rsatdi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan sо‘ng 10 yil davomida anarxiya va iqtisodiy tartibsizliklar bilan kurashgan MDH mamlakatlarida ham iqtisodiy о‘sish kuzatilmoqda. Shu yerda dunyo iqtisodiyotining tarkibiy qismi bо‘lgan О‘zbekistondagi iqtisodiy holat haqida ham alohida tо‘xtalib о‘tish maqsadga muvofiqdir. Rasmiy manbalarga kо‘ra, 2004 yilning birinchi yarmida mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish о‘tgan yilga nisbatan 109,6 foizni tashkil etadi. Kichik va о‘rta biznesning rivojlanishi natijasida xususiy sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotlardagi ulushi 74 foizga yetdi. Xalq iste’moli mollari, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, oziq-ovqat ishlab chiqarish kabi kо‘plab sohalarda jiddiy о‘zgarish kuzatilgan. Bir tomondan dunyo iqtisodiyotidagi siljishlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga va ikkinchi tomondan mazkur kо‘rsatkichlar ham jahon iqtisodiy rivojiga ta’sir kо‘rsatmoqda, qolaversa, eksport hajmini tо‘xtovsiz oshirib borayotgan О‘zbekiston dunyo ishlab chiqarish, savdo va mablag‘ aylanish tizimida yil sayin faolroq ishtirok etmoqda. Xalqaro miqyosda iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlab turgan omil sifatida neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning 70-yillardagidek dunyo iqtisodiyotini beqarorlashtiradigan darajada katta ta’sirga ega bо‘lmay qolganligini ham, keltirib о‘tish mumkin. Iqtisodchilarning bashorat qilishicha, ayni paytda oshib borayotgan neft narxi bir barreli 30 dollarga chiqqach, asta-sekinlik bilan yana pasayadi va taxminan 25 dollarga tushadi. Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki jahon xо‘jaligi globallashuvining zamonaviy bosqichida iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot muslaqilligi, uning barqaror va mutanosib rivojlanishi, doimiy tarzda innovatsiyalar asosida yangilanib modernizatsiyalashib borishga qodirligini ta’minlovchi shart-sharoit va omillar yig‘indisidan iboratdir. Ma’lumki, iqtisodiy xavfsizlik darajasi bir qator mezonlar va kо‘rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Iqtisodiy xavfsizlik mezonini belgilash - bu iqtisodiy xavfsizlik mohiyatini aks ettiruvchi muhim jarayonlar nuqtai-nazaridan milliy iqtisodiyot holatini baholash demakdir. Uning mezonlari sirasiga – mavjud resurslar salohiyati ularni kengaytirish imkoniyatlari, mamlakat iqtisodiyotining milliy va xalqaro raqobatbardoshligi, hududiy va ishlab chiqaruvchi makonning yaxlitligi, tashqi tahdidlar oldini olish va ularga bardosh bera olish imkoniyatlari, ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish kabilar kiradi. XULOSA Dunyo iqtisodiyotidagi о‘sishni ta’minlab turgan yana bir jihat shundaki, ilm fandagi muvaffaqiyatlar aholi turmush sharoitini yaxshilashda davom etmoqda. Ta’kidlash joizki, bu jarayon tobora tezlashib bormoqda. Butun kо‘lami bilan yuzaga chiqayotgan kompyuter va telekommunikatsiya inqilobi esa avvalo iqtisodiy jarayonlarga kuchli ijobiy ta’sir kо‘rsatmoqda. XX asrning ikkinchi yarmi davomida hajmi 19 baravar о‘sgan jahon savdosi taraqqiyoti dunyo aholisining farovonligini oshirishda eng muhim omil bо‘lib turibdi. Kuzatuvlar shuni kо‘rsatadiki, bu oziq-ovqat mahsulotlari sifatining tubdan о‘zgarishiga va katta miqdorda dori preparatlaridan tortib kompyuterlargacha turli yangi mahsulotlarning paydo bо‘lishiga olib keldi. Savdo hajmining о‘sishi faqat rivojlangan davlatlarga foyda keltiradi, deya globallashuv jarayoniga qarshi bо‘lganlar adashadi. Bu jarayon rivojlanayotgan mamlakatlarga ham iqtisodiy о‘sishni 5-6 foizga yetkazish hamda sog‘liqni saqlash tizimida ancha katta yutuqlarga erishish va yashash sharoitlarini yaxshilashda yordam berdi. Yuqorida tilga olingan omillar xalqaro siyosatdagi ayrim chigalliklarga qaramay dunyo iqtisodiyoti barqaror о‘sishda ekanligini isbotlaydi. Biroq dunyo aholisining beshdan bir qismi, ya’ni 1,2 milliard odam hamon о‘ta qashshoqlikda hayot kechirmoqda. Iqtisodiyotdagi о‘sish bu sonni kamaytirishga xizmat qilishi lozim. Yaqinda jahon banki iqtisodiy nochor davlatlarning 34 milliard dollarlik tashqi qarzlaridan voz kechish haqida qaror qabul qilgani ham bu yо‘ldagi jiddiy qadamdir. Muhimi, iqtisodiy tarraqqiyotda eng kuchli omil bо‘lgan aholining ertangi kunga ishonchi yо‘qolmasligi lozim. Tahlillar va dalillar esa barchamizni shunday ishonch bilan yashashga undaydi. Mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li konsepsiyasiga amal qilib iqtisodiyotda tub institusional va tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va davlat tasarrufidagi korxonani xususiylashtirish asosida mulkchilik munosabatlari qayta kо‘rilmoqda, yangi bozor mexanizmlari va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublikaning XXI asrga qadam qо‘yishi milliy tizimlarga yuksak talablar qо‘yuvchi iqtisodiy integratsiya asosida globallashuvning jahon tendensiyalari kuchaygan bir sharoitga tо‘g‘ri keldi. Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashqi iqtisodiy aloqalar muammosiga diqqat e’tiborini qaratib quyidagicha ta’kidlagan edi “Shu narsani qayta-qayta takrorlashga tо‘g‘ri kelmoqda: О‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi bilan integratsiyalashuviga erishmasdan turib, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirmasdan va mustahkamlamasdan turib, eng muhimi xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etmasdan turib, bank va moliya sohalarida, real iqtisodiyotda, birinchi galda yetakchi tarmoqlarda chet el kapitalining ishtirokini kengaytirmasdan turib, iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash qiyin”. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublika oldida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va jahon amaliyoti yutuqlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishga joriy etish, davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish vazifasi turibdi. Hozirgi paytda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning ochiqligini kengaytirish, milliy va jahon iqtisodiyoti mintaqalari, tarmoqlarining uzviy о‘zaro aloqa va hamkorligini ta’minlash integratsiyalashuvning obyektiv rolini kuchayishi va rivoji orqali yuz berdi. Hozirgi zamon jahon iqtisodiy rivojlanish amaliyoti milliy iqtisodiyotlarni yuksaltirishda faqat о‘z kuchlariga tayanish kam samara berishini kо‘rsatadi. Bunday yul iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi, u milliy resurslardan nooqilona foydalanish bilan aloqador va u pirovard natijada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi. О‘zbekistonda, bugungi kunda iqtisodiy integratsiyaning nazariy, amaliy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv jihatlarini tadqiq etuvchi kompleks ishlar hamda xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmi amaliyotini qiyosiy tahlil qilishga ma’lumotlar deyarli yetarli. Joriy iqtisodiy muammolarni hal etishning muqobilini aniqlash va О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida integratsiyalashuv tendensiyalarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy integratsiyalashuvni rivojlantirishda xorijiy tajribani qо‘llash imkoniyatini tahlil etish zarur. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyalashuvi rivojlanishining nazariy-metodologik tahlili, zamonaviy globallashuvning о‘ziga xosligi va uning milliy iqtisodiy tizimlar rivojlanishiga ta’sirini aniqlash integratsiyaning amaliy omillariga baho berishda marketing yondoshuvidan foydalanish va jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv jarayonida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tarkibiy о‘zgarishlarni tahlil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Download 181.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling