Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va konsepsiyalarining shakllanishi,rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari mundarija: kirish I. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


Iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari quyidagilar


Download 181.38 Kb.
bet11/13
Sana14.11.2023
Hajmi181.38 Kb.
#1772036
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

Iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari quyidagilar:
-integratsiyalashayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Kamdan-kam istisnolardan tashqari, qolgan barcha hollarda davlatlararo integratsiya yo industrial mamlakatlar yoki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida rivojlanadi. Hatto sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida taxminan bir xil iqtisodiy rivojlanish darajasidagi davlatlar о‘rtasida integratsion jarayonlar eng faol bо‘ladi;
-integratsiyalashayotgan mamlakatlarning geografik yaqinligi, kо‘p hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalarning mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalarning aksariyati geografik jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bо‘lgan va kо‘pincha bir tilda gaplashadigan bir necha qо‘shni mamlakatlardan boshlanganligi;
-rivojlanish, siyosiy hamkorlik va shakllar sohasida mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolarning umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida real mavjud bо‘lgan aniq muammolarni hal qilishga qaratiladi. Bunda asosiy muammosi bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish bо‘lgan mamlakatlar bozorining rivojlanganligi, umumiy valyutani joriy qilish talab etadigan davlatlar bilan integratsiyalashuvi mumkin emasligi sabab bо‘ladi. Huddi shuningdek, aholini suv bilan ta’minlash asosiy muammosi bо‘lgan mamlakatlar kapital aylanishi erkinligi muammosini muhokama qilayotgan davlatlar bilan birlashishi mumkin emas.
Оtish iqtisodiyotiga ega mamlakatlardagi iqtisodiy holatlar
Jahon bozori yanada birlashib, unga о‘tish iqtisodiga ega bо‘lgan mamlakatlar ham kirib kelmoqda. Oxirgi о‘n besh yil ichida jahon savdo sotig‘i ishlab chiqarishdan kо‘ra ancha tez rivojlandi. Jumladan, xorijiy sarmoyalarning rivojlanayotgan mamlakatlarga bо‘lgan oqimi о‘n yil ichida olti marotaba ortgan.
Integratsiyaga yordam kо‘rsatish hamda yuzaga kelgan muammolarni hal etish maqsadida umumiy qoidalar ishlab chiqilgan va ularga aloqador bо‘lgan institutlar tashkil etilgan. Ayniqsa, bu borada Jahon Savdo Tashkiloti (JST) alohida о‘ringa ega.
Rivojlangan mamlakatlardan kо‘pchiligi keyingi vaqtda ochiq iqtisodiyot yо‘liga о‘tganligi sababli, jahon xо‘jalik tizimida faol rol о‘ynamoqdalar. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning eksport va import hissasi yalpi ishlab chiqarilgan mahsulotning 49% ini tashkil etadi, vaholanki о‘n yil ilgari bu kо‘rsatkich 33% edi.
О‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar kо‘p yillik yakkalanishdan sо‘ng jahon bozoriga chiqib, birlashishdan manfaat kо‘rmoqdalar, islohot yо‘nalishida turgan boshqa mamlakatlardan kо‘ra kо‘proq yutuqqa ega bо‘lmoqdalar. Mamlakatlararo kapital, tovar va g‘oyalar harakati yagona markaziy rahbariyat tomonidan emas, balki ehtiyoj va takliflar asosida boshqarilmoqda. Bu esa ishlab chiqarish mehnatini, savdo kо‘lamini va milliy daromadni tobora о‘sishiga olib kelmoqda.
Ochiq savdo siyosatini va chet el sarmoyalarining jalb etilishini muntazam ravishda muhokama qilish g‘oyatda muhimdir. Asosiy gap tashqi dunyo bilan о‘zaro hamkorlik о‘rnatish, ya’ni tijorat oqimlari va ularning jahon, savdosiga ta’siri, tezkorlik bilan JSTga kirish va uning haqqoniy a’zosi bо‘lish, mintaqaviy savdo bitimlari tuzish, yangi iqtisodiyot yо‘liga о‘tgan mamlakatlardan kapitalning oqib kelishi va ularning boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga ta’siri haqida bormoqda.
Yer yuzining chorak qismini, dunyo aholisining uchdan bir qismini (dunyo aholisi 6,5 mlrd.dan oshgan) tashkil etuvchi mamlakatlarning о‘zaro muvaffaqiyatli uyushmasi (integratsiyasi) butun jahondagi iqtisodiy tizimga о‘zining samarali ta’sirini о‘tkazmoqda. Shu bilan bir qatorda, avvalgi iqtisodiy yо‘nalishda bо‘lgan mamlakatlarning umumjahon bozoriga о‘tishi natijasida ayrim mamlakatning manfaatlari cheklanib qolmasmikan, degan xavotir kо‘pchilikda yо‘q emas, bu xavotirlanishda jon bor.
Jahon xо‘jaligi tizimiga birlashish, shubhasiz, yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmay, о‘tish jarayonida kelib chiqadigan xavf-xatarlardan ham holi emas. Kо‘pgina mamlakatlar о‘tish davridagi chiqimlardan qochib qutulmaslar, lekin dalillar shuni kо‘rsatadiki, keng va raqobatli jahon bozorida ishtirok etish barcha sarf-xarajatlarning hissasini ortig‘i bilan qaytaradi.
Shuni ta’kidlash zarurki, iqtisodiy о‘tish davrini boshidan kechirgan mamlakatlarning tashqi savdoda о‘z о‘rni bor. Masalan, Xitoy 1978-1994 yillar mobaynida yirik eksportyor mamlakatlar rо‘yxatidagi о‘ttiz ikkinchi о‘rindan uchinchi о‘ringa chiqib oldi. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda yangi Mustaqil Davlatlar (YAMD) bugungi kunda eksport va importdan teng ravishda manfaatdordirlar. Biroq ularning savdo hajmi qanday bо‘ladi-yu, kimlar bilan savdo olib boriladi degan savol tug‘iladi. Ishonchli rasmiy dalillar shuni kо‘rsatadiki, agar yangi Mustaqil Davlatlar bozori tamoyillariga amal qilish yо‘lidan borsalar, ehtimol savdo-sotiq jarayonida umumiy yо‘nalishdagi barqarorlikka erishishlari mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyoti oldida ulkan imkoniyatlarni ochadilar. Ishlab chiqaruvchilar yangi bozorlarga, iste’molchilar esa yanada katta hajmdagi tovarlarga ega bо‘ladilar.
Iqtisodiy samaradorlikning ortishi va resurslarning jalb etilishi о‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda taklif qilingan tovar va xizmatlarning umumiy hajmining ortishini ham ta’minlaydi. Integratsiya tufayli tarmoqlarda tejamga erishiladi, dunyoda farovonlikning oshishiga olib keladi. Farovonlikning quyidagi kо‘rsatkichlari namoyon bо‘ladi: Barcha mamlakatlar eksporti: 1980 yilda -1,9 trln. dollar 1990 yilda - 3,3 trln. dollar G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarining yalpi eksporti 15 yil mobaynida 1985 yildan 2000 yilgacha - 2,8 martaga о‘sdi, importa - 2,9 marta о‘sgan. Shu mamlakatlarning yalpi milliy mahsuloti - 1,5 martagina о‘sgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi savdo aylanmasining YAMMdagi ulushi 1980 yillarda - 33%, 1990 yillarda - 43% ni tashkil etgan.
Oxirgi besh yil ichida jahon bozorida import va eksport hajmi ikki baravarga kо‘paydi, shu vaqt ichida MDH mamlakatlarida import miqdori 216% ga, eksport miqdori esa 159% ga oshdi (2001).
Bozor iqtisodiyoti, xususan, sanoati rivojlangan mamlakatlar, о‘tkinchi iqtisodiyotli mamlakatlar savdoning о‘sishidan manfaatdor va ular uchun о‘z bozorlarini ochib berishga tayyordirlar.
Albatta integratsiya ortidan birmuncha chiqimlarga yо‘l qо‘yiladi. Ular yangi iqtisodiy holatlarga bog‘liq, ayniqsa, kо‘p mehnat talab qilib tovar ishlab chiqaruvchi rivojlangan mamlakatlar kuchli raqobatga duch keladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar esa оz imkoniyatlarini tоla ishga solib, boshqa tarmoqlarda ustunliklarni namoyish qiladilar, biroq qilingan chiqimlar tоg‘ri baholansa, ularning mоtadilligi kоrinib turadi.
О‘tuvchi iqtisodiyotdagi mamlakatlar jahon bozorining butun talablarini qondirmaydilar, lekin ishlab chiqaruvchilardan kо‘proq yangi tovarlarni kashf etish, kishilar farovonligi uchun kо‘plab xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarish va zaruriy xizmatlarni bajarish talab etiladi.
О‘tuvchi iqtisodiyotdagi mamlakatlarning savdo integratsiyasi natijasi tufayli Yevropa birligiga xavf bormi?
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda Yevropa ittifoqi (EI) mamlakatlari Markaziy va Sharqiy Yevropa (MSHE) mamlakatlarining asosiy savdo sheriklaridir. 1989 yildan beri ular о‘rtasidagi savdo oboroti salkam ikki baravarga oshdi. MSHE mamlakatlari EI uchun juda qulay eksport bozori bо‘ldi, MSHE mamlakatlari va EI о‘rtasidagi Yevropa bitimi bozorlarni har xil tovarlar bilan tо‘ldirishga yо‘l ochdi. Biroq hali ham “ta’sirchan” mahsulot importida ayrim cheklanish mavjud, qishloq xо‘jaligida avvalgidek proteksionistik siyosat olib borilmoqda.
Yevropa ittifoqida hozirgi paytda savdoda ishtirok etayotgan О‘rta Dengiz va Afrika mamlakatlari EI va MSHE mamlakatlari о‘rtasidagi savdo murosasozligi natijasida yuzaga keladigan molchiqimdan tashvishdadirlar. Ammo bir qator О‘rta Dengiz mamlakatlari 1970 yildan EI sanoat mollari bozorida boj solig‘isiz va qishloq xо‘jalik mollari bozoriga esa imtiyozli soliq asosida kirish huquqlariga ega. Binobarin, bu afzalliklar MSHE va EI savdo hamkorligi rivojlanishi natijasida saqlanib qolishi shubhasizdir. Shuni tan olish kerakki, bu mamlakatlarning iqtisodiy jahon arenasida paydo bо‘lishi, о‘z navbatida, Yevropa ittifoqi bozorlarida О‘rta dengiz mamlakatlari eksportyorlarining geografik afzalliklardan mahrum bо‘lishiga olib kelishi mumkin. Lekin о‘rta dengiz mamlakatlarining Yevropa Ittifoqi bozorida eksport qismi (neft eksportidan tashqari) hanuzgacha bir xil bо‘lib qolmoqda. О‘rta dengiz hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari jahon savdosida о‘ziga xos afzalliklarga ega, haqiqatdan, bu ikki mintaqaning eksport tuzilishi hech bir-birini kesib о‘tmaydi. EI bozorida qishloq xо‘jalik mahsulotlari eksportining cheklanib qolinishi qator О‘rta dengiz mamlakatlari uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, ular bu sohada о‘z eksport kuch-quvvatini tо‘liq kо‘rsatishga qodirdirlar.
MSHE mamlakatlari nisbatan yuqori malakali ishchi kuchiga ega bо‘lib, xalqaro sahnaga chiqadilar. Ular ta’lim tuzilmalariga birmuncha yangilik va о‘zgartirish olib kirishlariga tо‘g‘ri keladi. Bu esa ilmiy-tadqiqot institutlarining (ITI) tarraqqiyotini belgilaydi. Chunki, bular faqat moliyaviy vosita va uskunalar manbai bо‘lib qolmay, balki boshqarish va savdo-sotiq aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Kelajakda MSHE mamlakatlari oddiy, lekin kо‘p mehnat talab qiladigan mahsulot о‘rniga о‘rta va yuqori darajali malaka talab qiladigan tovarlar ishlab chiqarib, haqiqiy ravishda raqobatchi bо‘ladilar. Bu tuzilmadagi о‘zgarishlar MSHE mamlakatlari va kam daromadli rivojlanayotgan mamlakatlar о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘ladigan raqobatlilikni qisqartiradi.

Download 181.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling