Jahon iqtisodiyotini globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakillari. Reja; Kirish
Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bо‘lishi
Download 97.54 Kb.
|
Ik 419. Aminjonov Og\'abek
5.Globallashuvning turlari va uning jahon iqtisodiyotida namoyon bо‘lishi.
Jahon xо‘jaligi zamonaviy globallashuvining asosiy xususiyatlaridan biri kapital, tovar va xizmatlar, ishchi kuchining erkin harakatida inson intelektual qobiliyatidan unumli foydalanish imkoniyatlarining ortishida namoyon bо‘ladi. Ushbu omil ta’sirida rivojlanayotgan mamlakatlarning globallashuv afzalliklaridan foydalanish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sur’atlarini oshirish imkoniyatlari paydo bо‘lib, shu bilan birga iqtisodiy siyosat yuritganda, uning e’tiborga olinmasligi salbiy oqibatlarga olib keluvchi natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. Xalqaro kapital migratsiyasi. Sо‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar taraqqiyoti natijasida bevosita investitsiyalar, portfel investitsiyalar va bank ssudalaridan iborat kapitallar xalqaro harakatining kuchayishi globallashuvning diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Moliyaviy resurslar xalqaro oqimining о‘sish sur’atlari xalqaro savdo hajmining о‘sish sur’atlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda. Ayniqsa, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining jadallashib borayotgani diqqatga sazovordir. Xalqaro kapital harakati uning barcha ishtirokchilariga daromad keltiradi. Xorijiy investorlar xalqaro miqyosdagi bozorlarga kirish orqali tavakkalchilikning diversifikatsiyasiga erishib, jahon miqyosida daromad olish imkoniyatini qо‘lga kiritadilar. Odatda investitsiya qabul qiluvchi davlatlarda foiz stavkalari darajalari yuqori bо‘lib, bu investorlarning о‘z kapitallarini yuqoriroq foyda miqdorini ta’minlovchi hududlarga yо‘naltirishiga turtki bо‘ladi. Malumki, о‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida milliy xо‘jalik tizimini takomillashtirish, shuningdek ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyalashuviga erishish maqsadida mavjud tarmoqlarni rivojlantirish va yangilarini yaratishga ehtiyoj baland. Bir vaqtning о‘zida, mazkur guruhga kiruvchi aksariyat mamlakatlar ushbu maqsadlarga erishishda ichki moliyaviy resurslarning cheklanganligi bilan bog‘liq о‘xshash muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday sharoitda jahon kapital bozoriga chuqur integratsiyalashuv ushbu mamlakatlar uchun iqtisodiyotni isloh qilish va о‘sish sur’atlarini jadallashtirish, moliyaviy tizimni barqarorlashtirish hamda milliy valyuta va bank tizimini mustahkamlash kabi masalalarni hal qilishda investitsiyalarni keng jalb qilish orqali jahon moliya bozorlari afzalliklaridan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Investitsiya jalb qilish natijasida iqtisodiy о‘sish sur’atlarini oshirish kapitalning qaysi shaklda kirib kelishiga kо‘p jihatdan bog‘liqdir. Masalaga shu nuqtai nazardan yondoshilganda, odatda bevosita xorijiy investitsiyalarning yuqori darajadagi afzalliklarga ega ekanligi e’tirof etiladi. Bevosita xorijiy investitsiyalar kо‘rinishidagi xalqaro kapital harakatida ishtirok etish ustuvorligini belgilovchi omillardan biri - bu transmilliy kompaniyalarning intellektual mulki bо‘lmish ilg‘or texnologiyalarning jahon bozorida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri sotilmasligi bо‘lib, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bunday imkoniyatga faqatgina bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqaligina ega bо‘lishlari mumkin. Bu jihatdan bevosita xorijiy investitsiyalarning о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun afzal xususiyatlari: hamkor transmilliy kompaniyalarning mavqei, ularning xom ashyo yetkazib beruvchilar bilan aloqasi, tayyor mahsulot sotuv kanallari, jahon bozori doirasida marketing tadqiqotlari, boshqaruv malakasi va ishlab chiqarish sirlari, kadrlar tayyorlash dasturlaridan iborat. Bu va boshqa omillardan oqilona foydalanish milliy iqtisodiyot samaradorligi va raqobatbardoshligi darajasining oshishiga olib kelmoqda. Mamlakatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning tashkil etilishi erkin raqobat muhitini yaratish orqali: tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, avvallari bozorning mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan monopollashtirilgan tarmoqlarida tovar va xizmatlar sifat standartlarining oshishiga olib kelishi mumkin. Tovar va xizmatlar erkin savdosi globallashuvning muhim jihatidir. Ma’lumki, milliy iqtisodiyotning nisbiy afzalliklarga ega tarmoqlarda ixtisoslashuvi va xalqaro savdoda ishtirok etishi aholi daromadlari va farovonligi oshishining qо‘shimcha manbai bо‘lib hisoblanadi. Fan-texnika yutuqlaridan foydalanish natijalari xalqaro savdo orqali boshqa mamlakatlarga bilvosita va tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tarqaladi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri tarqalish fan-texnika yutuqlarini о‘zida mujassam etgan texnologiyalarning jahon bozorida sotilganida va boshqa mamlakatlar ularni xarid qilganida sodir bо‘ladi. Bilvosita tarqalish yangi texnika va texnologiya ishlab chiqilgan mamlakat eksport tarmoqlari samaradorligi oshganida va tovarlar sifatining yaxshilanganida rо‘y beradi. Erkin savdo milliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari sifatining yaxshilanishi orqali iqtisodiy о‘sish sur’atlarining oshishi, import orqali ishlab chiqaruvchilar soni kam bо‘lgan yoki xorijiy tovar sifati darajasiga yetmagan iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat muhitini vujudga keltirib, tovar tannarxining pasayishini ta’minlaydi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kuchli raqobati, mavjud jahon bozorlariga chiqishi ham tovar va xizmatlar sifatining oshishi va tannarx pasayishining muhim omili bо‘lib hisoblanadi. Globallashuv jarayonlari ta’sirida: raqobat kuchayib, mehnat resurslarining ma’lumoti va malakasi, ishlab chiqarishni tashkil etish va uni boshqarish tizimi, ilmiy-texnik ustuvorlik hamda sifatli infratuzilmaga talab oshadi. Faqatgina ishlab chiqarish omillari sifatini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, faol axborot almashinuvini ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish hamda iqtisodiy strategiyalarni о‘z vaqtida tuzatib borish orqali mavjud ustuvorliklarni asrab qolish, ularni rivojlantirish va pirovard natijada mamlakatning iqtisodiy о‘sishiga erishish mumkin. Globallashuv narx-navo va iste’mol tovarlari sifati unifikatsiyasini tezlashtiradi, global raqobat esa ularning doimiy takomillashuvini talab qiladi. Iqtisodiy yopiqlik, proteksionizm, qolaversa jahon bozorlari global raqobatining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etmasligi resurslarning optimal taqsimlanishi va foydalanilishiga tо‘sqinlik qilib, iqtisodiy о‘sish sur’atlarini pasaytiradi. Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. Internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi xо‘jalik subyektlarining faoliyat doirasini kengaytirmoqda. Xо‘jalik yurituvchilar uning yordamida nisbatan kam xarajatlar evaziga zarur axborotlarga ega bо‘lmoqdalar. Shuningdek, ular boshqaruv jarayonida yangi sifat darajalariga erishish, xо‘jalik yuritish salohiyatining oshishi, talab va taklif о‘zgarishlariga xos qarorlarni о‘z vaqtida qabul qilish imkoniyatga ega bо‘lmoqdalar. G.Fisherning ta’kidlashicha, jahon xо‘jaligida global о‘zgarishlar tarqalishining о‘ziga xos mexanizmi mavjud. Bunga “Buyuk turg‘unlik davri” misol bо‘lib, inqiroz bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga kо‘pincha zanjirsimon shaklda tarqalgan: bozorning torayishi, kapitalning boy berilishi – talabning qisqarishi, ishlab chiqarishning qisqartirish – davlat tomonidan import qiluvchilarga nisbatan bojxona tо‘siqlarining о‘rnatilishi – xalqaro savdo hajmining kamayishi savdo-sotiq bо‘yicha hamkor mamlakatlarda ishlab chiqarishning pasayishi va xokazo[3]. Bundan tashqari, bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar. Bu kabi korporativ tо‘rlar bilan birgalikda diasporaviy (diaspora – tug‘ilib, о‘sgan joyidan boshqa joyda faoliyat kо‘rsatishi), diniy, mafiozli va megapolisli tо‘rlar ham shakllanagan bо‘lib, ular tovar va pul oqimi bilan hamohang ravishda transmilliylashuv va bog‘liqlik darajasining yanada kuchayishiga olib kelmoqdalar. Mahalliy hukumatlarning xalqaro miqyosida amalga oshiradigan vazifalari о‘zgarmoqda. Nodavlat birlashmalarining xalqaro munosabatlarga shiddat bilan kirib kelishi davlatlar hukumatlarining xalqaro miqyosdagi yakka hokimligiga tо‘sqinlik qilib, siyosiy hokimiyatni iqtisodiyotdan tortib to diniy va madaniy masalalargacha jamiyat fikri bilan murosa qilishga majbur qilmoqda[4]. Globallashuv sharoitida bu kabi jarayonlarning sodir bо‘lishi shubhasiz, о‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga tegishli iqtisodiy siyosat olib borishni taqozo etmoqda. Bu vaziyatda milliy iqtisodiy siyosatning vazifasi nafaqat jahon xо‘jaligi jarayonlarida ishtirok etishdan olinadigan nafni maksimallashtirish, balki ushbu holatda kelib chiqishi mumkin bо‘lgan xavfni ham minimallashtirishdan iboratdir. Albatta, aksariyat rivojlangan mamlakatlar ham globallashuv jarayonida munosib siyosat yuritish ustida bosh qotirib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirishning turli chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqdalar. Xususiylashtirish. Globallashuv sharoitida xususiylashtirish va unga xos mulkchilikning milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishdagi о‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. О‘z daromadini maksimallashtirishdan manfaatdor mulkdorlar sinfining shakllanishi iqtisodiyotda raqobat muhitini yaratish, tovarlar sifatini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda eng muhim omil bо‘lib hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy muhitda xususiy mulkchilik iste’molchilar talabiga munosib javob beradi, raqobatbardoshlik ustuvorliklariga faol ta’sir о‘tkazadi, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishga sababchi bо‘ladi, iqtisodiy о‘sish sur’atlariga hamohang faoliyat olib boradi hamda ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtiradi. Xususiy korxona rahbari har qanday sharoitda faoliyat bilan bog‘liq mas’uliyatni tо‘laqonli ravishda о‘z zimmasiga oladi. Korxonaning yuqori daromadli faoliyat yuritishidan birinchi о‘rinda manfaatdor hisoblangan rahbar ichki imkoniyatlarni tо‘g‘ri baholash, strategiyani aniq belgilash, kutilishi mumkin bо‘lgan xavfni puxta anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Bunda taraqqiyot yо‘nalishi korxona salohiyatini tо‘liq anglab yetish imkoniyatiga ega bо‘lmagan yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki bevosita mutasaddi rahbar tomonidan belgilanadi. Resurslarning mutanosib ravishda taqsimlanishi, ishlab chiqarish vositalaridan eng samarali va tejamkor holda foydalanilishi xususiy mulkchilikka xos xususiyatlardandir. Monetar siyosat. Globallashuvning zamonaviy bosqichida monetar siyosat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida muhim о‘rin egallaydi. Oqilona monetar siyosat makroiqtisodiy barqarorlikni, bank tizimiga ishonch oshishini, moliya bozorlarining kengayishi va mustahkamlanishini, qulay investitsiyaviy muhit vujudga kelishini va mamlakatga xorijiy investitsiyalarning keng qamrovli kirib kelishini ta’minlaydi. Shubhasiz, bu chora-tadbirlar majmuasi iqtisodiy qayta qurish jarayonlarini tezlashtirib, milliy xо‘jalik tizimining raqobatbardoshlik darajasini oshiradi va pirovard natijada mamlakatning globallashuv jarayonlarida faol ishtirok etishi evaziga yutuqqa erishishini ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida barqaror pul bozorining shakllanishi muhim ahamiyatga ega bо‘lib, u Markaziy bankning maqbul hamda har tomonlama ishonchli va samarali pul-kredit siyosatini olib borishni ta’minlaydi1. Banklar tomonidan belgilangan foiz stavkalari va olib borilayotgan valyuta siyosati kо‘p tomonlama iqtisodiy rivojlanishni belgilab beradi. Masalan, foiz stavkasining haddan tashqari kо‘tarilib ketishi bank daromadlarining kamayishi va uning natijasida kredit operatsiyalari miqdorining qisqarishiga olib keladi. Valyuta kursini boshqarish natijasida monetar siyosatda qattiq shartlarning vujudga kelishi ichki aktivlar narxlarining bir xil holatini ta’minlasa, shu vaqtning о‘zida kelajakda valyuta kursining pasayishi milliy iqtisodiyot uchun xavfli hisoblangan tashqi qarzning oshishiga sabab bо‘ladi. Moliyaviy sektorni isloh qilish. Rivojlangan va ma’lum muvozanatga ega moliyaviy tizim globallashuv sharoitida iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan qayta qurilishi va milliy xо‘jalik raqobatbardoshlik darajasining oshishida iqtisodiy о‘sish imkoniyatlarini kengaytiradi, jamg‘arishning samarali tarzda investitsiyaga aylantirilishini ta’minlaydi. Mamlakat moliyaviy tizimining erkinlashtirilishi natijasida belgilangan maqsadlarga erishish bir qator shartlarga bog‘liq bо‘lib, ular sirasiga makroiqtisodiy va institusional islohot о‘tkazish hamda umumiy barqarorlikni ta’minlash kiradi. Shu bilan birga iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham islohot о‘tkazmay turib, moliyaviy tizimni erkinlashtirib bо‘lmaydi. Aks holda maqsadga muvofiq bо‘lmagan kapital harakati, foiz stavkalarining oshib ketishi hamda moliyaviy korporatsiyalarning qisqa vaqt ichida tushkun ahvolga tushib qolishiga olib keluvchi jarayonlar avj olishi mumkin. Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi kо‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini har qancha ishga solsa, global raqobat uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini kо‘rsatadi. Bunday vaziyatda tashqi va ichki о‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul sanaladi. Marshal-Lemer teoremasiga kо‘ra eksport-import va tashqi qarzga xizmat kо‘rsatishda valyuta kursining munosib ravishda optimal tanlanishi mamlakat milliy manfaatlariga mos keladi. Globallashuv sharoitida jahon xо‘jaligiga sezilarli ta’sir kо‘rsatishga qodir mamlakat va mintaqalardagi moliyaviy vaziyatni doimiy tarzda о‘rganib turish mamlakat moliyaviy tizimiga mas’ul rahbarlarning eng muhim vazifalaridan biridir. Moliyaviy tizimni erkinlashtirish jarayonlari tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lmagan banklar va korxonalarda tarkibiy о‘zgartirishlarni amalga oshirish, milliy iqtisodiyotda huquqiy va raqobatbardosh muhit yaratish hamda mazkur masalalar yechimini ta’minlovchi boshqaruv va nazorat tizimini joriy etish bilan birgalikda olib borilishi iqtisodiy islohotlarning kо‘zlangan maqsadlarga erishishini kafolatlaydi. Mamlakatda bir necha valyuta ayirboshlash kurslarining mavjudligi monetar siyosat olib borishda о‘ziga xos qiyinchiliklar tug‘diradi, eksport va import operatsiyalariga salbiy ta’sir kо‘rsatadi va pirovard natijada kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi. Har xil valyuta kurslari, shuningdek, iqtisodiy agentlarga «yolg‘on» ma’lumot berib, ishlab chiqarish resurslarining samarasiz ravishda taqsimlanishiga olib keladi. Masalan, bu holat mamlakat uchun norentabel deb topilgan import о‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishning oshishiga turtki bо‘lishi mumkin. Valyuta kursini unifikatsiyalashtirish tashqi savdo siyosatida muhim ahamiyatga ega, chunki milliy valyutaning devalvatsiyasi (Devalvatsiya eto snijeniye kursa valyuti po otnosheniyu k tverdim valyutam) eksport hajmini sun’iy ravishda oshiradi, shuningdek, import imkoniyatlarini cheklaydi. Aksincha, milliy valyuta ayirboshlash kursining oshib ketishi eksport mahsulotlarining raqobatbardoshlik kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etadi va eksport hajmining qisqarishiga olib keladi. О‘z navbatida bu о‘zgarishlar mamlakat tashqi savdo aylanmasining salbiy balansiga olib keladi. Fiskal siyosat. Globallashuv sharoitida yuqori soliq tо‘lovlari nafaqat milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini pasaytiradi, daromadlarning yashirilishi va noqonuniy iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladi, ishlab chiqarish va eksport tarkibi diversifikatsiyalashuvi jarayonini susaytiradi, balki kapital va malakali ishchi kuchining keng miqyosda chetga chiqib ketishiga ham olib keladi. Ushbu muammolarning ijobiy hal qilinishi fiskal siyosat olib borishning qay darajada maqbul ekanligiga ham bog‘liqdir. Ma’lumki, soliq tizimi tо‘lov va imtiyozlar yordamida siyosat olib borish yо‘li bilan iqtisodiy taraqqiyot omiliga aylanishi mumkin. Erkin raqobat muhiti va huquqiy asoslangan xо‘jalik tizimini yaratish uchun soliq yuki va undagi imtiyozlar turli tarmoq va sohalarga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanishi lozim. Buning uchun sohalar orasida solishtirma tahlil olib borilib, ularning qay birida soliq tо‘lovi oshirilishi evaziga boshqa sohalarga imtiyoz berilishi samarali ekanligi aniqlanadi. Shu tarzda globallashuv jarayonlarining mamlakat iqtisodiyotiga о‘tkazayotgan ta’siri kuchayib borayotgan bir paytda soliq tizimi fiskal siyosat vazifasigina emas, balki rag‘batlantirg‘uvchi omil sifatida tо‘lovlarning pasaytirilishi va soliqqa tortish tizimining soddalashtirilishi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshlik darajasining oshib borishiga xizmat qilishi kerak bо‘ladi. Investitsiya siyosati. Globallashuv sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishlab chiqarish va eksportning diversifikatsiyasiga erishish orqali mamlakatning jahon xomashyo bozori nobarqaror konyunkturasiga bog‘liqlik darajasini pasaytirish va aholi daromadlari oshishini ta’minlashning muhim omillaridan biri sifatida faol investitsiya siyosati hamda investorlar uchun qulay muhitni yaratish masalasi dolzarb hisoblanadi. Jamg‘arish va investitsiyaning maqbul meyori milliy iqtisodiyotning uzoq kelajakdagi raqobatbardoshligini belgilovchi muhim omil bо‘lib borayotganligi sababli ularning о‘rni va ahamiyatini aniqlash о‘ta muhimdir. Qolaversa, investitsiya siyosati iqtisodiy siyosatning boshqa turlari qatorida eng murakkablaridan biri bо‘lib, uni amalga oshirish butunlay mamlakat ixtiyoridagi mavjud resurslar va ularning sifatiga bog‘liq. О‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida investitsiyalarga bо‘lgan talab yuqori bо‘lib, unga iqtisodiy taraqqiyotning mezoni sifatida qaraladi. Investitsiya siyosati asosan mamlakat qiyosiy afzalliklarga ega yoki ustuvorlikka erishishi mumkin bо‘lgan tarmoq va sohalarga resurslarning yetib borishini ta’minlashi, milliy iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirishga yо‘naltirilishi zarur. Shuningdek, jamg‘armani rag‘batlantiruvchi qulay investitsiyaviy muhit yaratish hamda investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerakki, bu о‘z navbatida iqtisodiyotning turli sohalarida – soliq-byudjet, pul-kredit va tashqi iqtisodiy faoliyatda majmuaviy dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi. Tashqi savdo siyosati. Globallashuv jarayonlarining mamlakat tashqi savdosi shart-sharoitlariga, rivojlanish istiqbollariga kо‘rsatadigan ijobiy ta’sirlarini maksimallashtirish va uning tahdidlarini minimallashtirishda milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham amalga oshiriladigan majmuaviy islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, valyuta bozorini erkinlashtirish orqali eksport-import operatsiyalari rag‘batlantirilsa, erkin raqobat muhitida ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali tashqi savdoning iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish mumkin. Mamlakatda oqilona sanoat siyosatining olib borilishi esa strategik muhim eksport tovarlarining jahon bozori konyukturasi о‘zgarishlariga bog‘liqlik darajasini bir qadar kamaytirishga olib kelishi mumkin. Xulosa Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yо‘nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi. Globallashtirishning yana bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyot – texnologik innovatsiyalar bо‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bо‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi. Hech bir, hatto eng kuchli davlatlar ham tashqi muhit bilan chambarchas bog‘lanmagan, mutloq yetarlilik tartibida mustaqil rivojlana olmaydi. Kо‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar va о‘tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga texnologik jihatdan bog‘liq bо‘ladilar: zamonaviy texnologiyalarning murakkablashuvi ularning ishlanmalari xarajatlarini juda oshirib yuboradi, о‘zlashtirilgan texnologiyalar esa komplementar omillarning, birinchi navbatda yuqori malakali va о‘qitilgan mutaxassislarning yо‘qligi tufayli yaxshi samara bermasligi mumkin. Ma’lumki, mamlakatlararo iqtisodiy bog‘liqlikning kuchayishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning milliy iqtisodiyotlarga ta’sirining ortishi, katta-kichik davlatlarning xalqaro munosabatlardagi ishtirokining faollashuvi xо‘jalik faoliyatining baynalminallashuvidir. Iqtisodiyot baynalminallashuvining dastlabki bosqichi xalqaro iqtisodiy hamkorlik hisoblanadi. Baynalminallashuvning keyingi bosqichi “xalqaro iqtisodiy integratsiya” bilan izohlanadi. Bu davr xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, kapital harakati jо‘shqinligining kuchayishi, ilmiy-texnik rivojlanish umumbashariy xarakterga ega bо‘lganligi, milliy iqtisodiyotning ochiqligi va erkin savdo darajasi ortishi bilan izohlanadi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi deb, turli mintaqa, mamlakat tarmoq va sohalarda kechayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqlik darajasining kuchayishi tufayli bosqichma-bosqich jahon xо‘jaligining yagona tovar, xizmatlar, kapital, ish kuchi, ma’lumot va bilimlar bozoriga aylanib borayotganligini tushunamiz. Texnologiyalar bilan ta’minlanganligi nuqtai nazaridan, mamlakatlar orasidagi farq oshib borayotganligi sababli jahon iqtisodiy muhiti xilma-xilligicha qolmoqda. Globallashuvning zamonaviy jahon iqtisodiyotidagi asosiy ziddiyatli jihati belgisi integratsiya va avtonomizatsiya jarayonlarning uyg‘unlashuvidir Globallashuv jarayonlari inson salohiyatini oshirishda ham qulay sharoitlar yaratib bermoqda. U izlanish va tadqiqotlar, ta’lim va tajriba sohasida xalqaro malaka oshirish, qо‘shma loyihalar va xorijda tajriba almashinishning jadallashuvi natijasida о‘zini milliy iqtisodiyotning muhim innovatsion omili sifatida namoyish etmoqda. Bozor ishtirokchilari kо‘pchilik mamlakatlarda tarqalgan biznes yuritish tamoyillarini qayta shakllantirmoqdalar. Ular faoliyat maydonida gо‘yoki о‘zlarining tashkiliy va texnik tо‘rlarini yoyib tashlamoqdalar. Oxirgi ellik yil davomida bir necha rivojlanish bosqichlarini, ya’ni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, biologizatsiya kabilarni boshidan kechirgan ilmiy-texnikaviy inqilob global jahon bozorida tamomila yangi segmentning - axborotlar va texnologiyalar bozorining paydo bо‘lishiga olib keldi. Rivojlangan va unchalik rivojlanmagan mamlakatlar о‘rtasida ziddiyat unchalik qat’iy emas, oldin jahon hamjamiyatining muhim tarkibiy qismi sifatida ishtirok etgan ayrim mamlakatlar bugun yaxshi rivojlanmagan mamlakatlar qatoriga kirib qolgan (BMT tasnifi bо‘yicha). Download 97.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling