Jahon iqtisodiyotini globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari, belgilari va shakillari. Reja; Kirish
Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari
Download 97.54 Kb.
|
Ik 419. Aminjonov Og\'abek
1.Globallashuv jarayoni va uning bosqichlari
Globallashuv – bu iqtisodiy, siyosiy, madaniy integratsiya (birlashuv) jarayoni. Yoki, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari yagona tizim doirasida, о‘zaro bog‘liq holda faoliyat kо‘rsatishi. Globallashuv jahon xо‘jaligida iqtisodiy, siyosiy, madaniy jarayonlarning tarkibiy о‘zgarishi oqibatida kelib chiqib, milliy doiradan hududlar doirasiga, hududlar doirasidan xalqaro doiraga qadar kengayib boradi. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda kо‘chib yurishi, xarajatlar va daromadlarning milliy doiralardan chiqib ketishi, tovar va xizmatlar bozori kо‘lamining tobora kengayib borishi, moliyaviy resurslar harakati va boshqa omillar ta’sirida milliy iqtisodiyotlarning о‘zaro bog‘liqligi mustahkamlanib bormoqda. Globallashuv tushunchasiga nisbatan yondashuvlarning xilma-xilligi. Jahon xо‘jaligining globallashuvi - XX asrning 1980 yillari oxiri - 1990 yillarning boshida keng ilmiy aylanmaga kiritilgan nisbatan yangi tushunchadir. Bu davrga qadar “globallashtirish” atamasi zamonaviy iqtisodiyotda - yirik xalqaro kompaniyalar mahsulotlarining alohida savdo bozorlari va muvofiq tarzda yagona milliy yoki xorijiy bozorni egallashga emas, balki hamma bozorlarda, ya’ni global miqyosda savdo qilishga yо‘naltirilgan korporativ strategiyalarni birlashtirish kabi muayyan, о‘ziga xos hodisani belgilash uchun foydalanilgan. Taxminan 20 yil oldin ushbu atamadan birinchilardan bо‘lib foydalangan amerikalik muallif T.Levit 1983 yildayoq chop etgan “Garvard – biznes revyudir” deb nomlangan maqolasida yirik transmilliy korporatsiyalar (TMK) tomonidan ishlab chiqarilgan alohida mahsulotlar bozori birlashishi tо‘g‘risida yozgan. 1980-1990 yillar bо‘sag‘asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bо‘ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta’riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bо‘lgan ifodasidan jahon xо‘jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini kо‘rsatish uchun tadbiq eta boshladilar. Tadqiqot obyektining nisbatan yangiligi (1990 yillar yuz yilliklarni bosib о‘tdi), shuningdek jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlarning murakkabligi va kompleksligi, hozirga qadar jahon iqtisodiyotini globallashtirish jarayonlari kam yoki kо‘proq darajada о‘xshash tushunchasi va ta’rifi yaratilishiga imkon bermadi. Globallashtirishga nisbatan turlicha yondoshuvlar, turli ta’riflar mazkur tushunchaning mazmuni va hatto uning muvaqqat chegaralari ifodalanishi saqlanib kelmoqda. Jumladan, globallashtirish jarayonlari antik davrdan buyon yoki boshqa variantlarda, dastlabki jahon bozorlari yoki yaxlit jahon xо‘jaligi yuzaga kelgan vaqtlardan e’tiboran rivojlanib kelayotgani tо‘g‘risidagi tasdiqni ham uchratish mumkin. Globallashtirish butun dunyo - tarixiy jarayon sifatida XVIII asr boshlaridan e’tiboran yuzaga kelgan deb hisoblaydi, - siyosiy konyunktura mahalliy markazi direktori V.Fedorov. Biroq, bunday tushunishda globallashtirish xо‘jalik hayotining internatsionallashtirish jarayonlari bilan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda bir xil bо‘lib qoladi. Bizning fikrimizcha, jahon iqtisodiyotini globallashtirish – bu xо‘jalik hayotini zamonaviy butunjahon internatsionallashtirish bosqichidir, uning doirasida jahon xо‘jaligi sifat jihatdan yangi, rivojlanishning avval notanish bо‘lgan tavsiflari va xususiyatlariga ega bо‘ladi. Shunday tavsiflar sifatida jahon xо‘jaligining muvofiq tarzda ortib borayotgan yaxlitligi hamda deyarli jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiyotining keskin kuchayib borayotgan о‘zaro bog‘liqligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlarga dastlab yopiq bо‘lgan mamlakatlarning jalb etilishi, global tovar va ayniqsa moliya bozorlarini shakllantirish jarayonlarini keltirish mumkin. Y.V.Shishkovning namunaviy ta’rifiga kо‘ra, jahon xо‘jaligi katta yoki kichik yaxlit iqtisodiy tizimdan nafaqat xalqaro mehnat taqsimoti, balki ulkan xalqaro, kо‘pincha butunjahon, ishlab chiqaruvchi-savdo tuzilmalari, global moliyaviy tizim hamda planetar axborot tarmog‘i bilan biriktirilgan yagona butunjahon iqtisodiy tashkilotiga aylana boshladi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) taftishchilari jahon xо‘jaligining globallashtirishini “tovarlar, xizmatlar va jahon kapital oqimi bо‘yicha xalqaro bitimlarning turi va hajmining ortishi, shuningdek, texnologiyalarning nisbatan jadal va keng diffuziyasi natijasida jahonning barcha mamlakatlari ortib boruvchi iqtisodiy о‘zaro bog‘liqligi” sifatida ta’riflaydilar. XVFning sо‘nggi ma’ruzalaridan birida mazkur nuqtai nazar mantiqan davom ettiriladi: “Globallashtirish nima?”. Ushbu tushunchaning iqtisodiy mazmuni – jahonda milliy iqtisodning, xususan tashqi savdo va moliyaviy oqimlar yordamida yaqinlashishini kuchaytirishni anglatadi. Ba’zan hatto ishchi kuchi, bilim va texnologiyalarning milliy chegaralaridan oqimlarning misli kо‘rilmagan darajada ortib ketishi ham nazarda tutiladi. Professor A.Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xо‘jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish - bu erkin savdo tо‘g‘risidagi bitimlar uyg‘unligi, jahonni yagona va о‘ta raqobatli bozorga aylantirgan internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir, degan taklifni kiritadi. Globallashtirish jarayonlarini tushunishga yondoshuv asosida Jahon banki Prezidenti Dj.Vulfensonning jahon xо‘jaligi va jahon sotsiumi zamonaviy holati tо‘g‘risidagi mulohazalari joy olgan: “Globallashtirish jahonni yagona global tarkibga aylantiradi, milliy va internatsional birliklar esa bir-biriga qо‘shilib ketadi. Sо‘nggi moliyaviy inqiroz, OITS, global isib ketishlarni eslang. Texnologiyalarning jadal rivojlanishi yashash tarzimiz va biznes uslubimizni о‘zgartiradi. Xususiy sektor – xususiy kapital oqimlarining masalan rivojlanayotgan mamlakatlar hozirga kelib, ushbu mamlakatlarning g‘arbiy moliyalashtirish hukumat manbalaridan besh marotaba ortib ketayotgani, misli kо‘rilmagan darajada taraqqiy etib ketdi. Qashshoq mamlakatlarda tezkor urbanizatsiya yuz berib fuqarolik jamiyati vujudga kelmoqda, demokratiya rivojlanmoqda – hukumat ham markaziy hokimiyatdan mahalliy darajaga bosqichma-bosqich о‘tmoqda. Ushbu yо‘nalishlardan foydalana oladigan mamlakatlar misli kо‘rilmagan darajada ilgariga sakramoqdalar. Integratsiyadan ortda qolayotgan mamlakatlar degradatsiyalanadi (degradatsiya –regressiya – holatning yomonlashuvi). Ularning qoloqlik darajalari ortib borib, boshqa mamlakatlarga nisbatan teng huquqliligi murakkablashib boradi. Milliy iqtisodiy aloqalarni kuchaytiruvchi nisbatan sezilarli omillaridan biri, shu bilan birga globallashtirish atributi bu – yer sharining deyarli har qanday nuqtasida moliyaviy muassasalarga istalgan miqdordagi mablag‘ni bir zumda о‘tkazib berish imkoniyatini ta’minlovchi global axborot maydoni va global axborot tarmog‘i bо‘lgan global moliya bozorini shakllantirilishi hisoblanadi. Global moliyaviy bozor doirasida milliy bozorlar (yevrobozorlar), shuningdek, offshor moliyaviy bozorlarning ahamiyati oshib boradi. Aynan “Moliyaviy kapital milliy iqtisodiyot chegaralarini buzib о‘tuvchi asosiy omil hisoblanadi». Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin: 1.Ishlab chiqarishning xalqaro miqyosda chuqurlashuvi (resurslar almashinuvi hajmi о‘zgarmagan yoki kamaygan holda); 2.Kapitalning xalqaro miqyosdagi hajmining ortishi va harakatining jadallashuvi; 3.Ishlab chiqarish kuchlarining xalqaro miqyosdagi almashinuvi; 4.Global infratuzilma obyektlarining rivojlanishi, axborotlar va ma’lumotlarning xalqaro harakatiga xizmat qiluvchi korxona va tashkilotlar faoliyatining kengayishi; 5.Xalqaro aloqalarning kuchayishi; 6.Jahon xо‘jaligida ishchi kuchi harakati hajmining ortishi va miqyosining kengayishi; 7. Ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarning jahon xо‘jaligiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish yuzasidan hamkorlikning kuchayishi. Globallashuv bosqichlarini milliy iqtisodiyotga nisbatan 2 turga ajratish mumkin: A. Ichki globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining mamlakatning ichki hududidagi ichki omillar evaziga kengayishi; B. Tashqi globallashuv – ishlab chiqarish va savdo aloqalarining milliy doiradan tashqaridagi omillar hisobiga rivojlantirilishi. Globallashuv bosqichlari tarixiy taraqqiyot nuqtai-nazaridan quyidagi davrlarga bо‘linadi: Birinchi bosqich (1890-1920y) – resurslarni о‘zlashtirish bosqichi bо‘lib, bunda kapital tabiiy resurslar mavjud hududlarga oqib kelib, ularni о‘zlashtirishga yо‘naltiriladi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri investitsiyalar hajmi ortib boradi. Ikkinchi bosqich (1920-1970y) – ishlab chiqarish va bozorlarni egallash bosqichi bо‘lib, bunda kapital sanoat ishlab chiqarishi va uning mahsulotlarini sotish bozorlarini egallashga yо‘naltiriladi. Uchinchi bosqich – zamonaviy integratsiya bosqichi bо‘lib, bunda quyidagi maqsadlar kо‘zda tutiladi: 1. Investitsion resurslarni samaraliroq tarmoqlarga tezkor joylashtirish va boshqarish; 2. Hududlarning ichki va tashqi omillaridan, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa barcha imkoniyatlaridan (EIZ va offshorlar) hamda integratsion aloqalaridan kengroq foydalanish; 3. Texnika-texnologiya, tashkiliy, boshqaruv yoki bozordagi ustun imkoniyatlarni birlashtirish, xalqaro raqobatda ustunlikni qо‘lga olish, talabgir sohalarni egallash. Download 97.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling