Jahon iqtisodiyotining markazlari. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi

Download 0.55 Mb.
bet8/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1790343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.Mavzu

Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkichning minimal darajasini belgilashda aholi turmush farovonligining kambag‘allik darajasi, bolalar o‘limi kabi ko‘rsatkichlari bilan Atlas usuliga ko‘ra hisoblangan iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro barqaror bog’liqlik ham e’tiborga olinadi. Jahon banki qayd etib o‘tilgan o‘zaro bog‘liqlikni va bank resurslarini hisobga olgan holda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi daromadning chegara ko‘rsatkichlarini belgilaydi. Har yili ushbu ko‘rsatkichlar xalqaro inflyatsiyaning ta’sirini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi, ammo chegaraviy ko‘rsatkichlarning real ahamiyati o‘zgarmasdan qoladi. Tahlillar ko‘rsatishicha, 2004-2012-yillarda past daromadli mamlakatlar guruhiga kiruvchi mamlakatlar soni 59 tadan 32 tagacha qisqargani holda, yuqori daromadli mamlakatlar soni esa 56 tadan 70 tagacha oshgan.

Jahon banki tasnifi 214 mamlakatni qamrab oladi. Ularning 186 tasi Jahon bankiga a’zo mamlakatlar va boshqalari 30 mingdan ortiq aholiga ega mamlakatlardir. Daromadlar darajasiga ko‘ra guruhlash mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra o‘xshash jihatlarini taqozo etmaydi. Past va o‘rta daromadli mamlakatlar ba’zan rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida, yuqori daromadli mamlakatlar esa rivojlangan mamlakatlar sifatida qaraladi. Jahon banki tasnifida yuqori daromadli mamlakatlar guruhida neft eksport qiluvchi — Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA), Bruney, Quvayt kabi XVF tasnifi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiruvchi mamlakatlar ham uchraydi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling