Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Yevropa mamlakatlari aholisi
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Yevropa mamlakatlari aholisi. Yevropada murakkab demografik vaziyat mavjud bolib, u mamlakatlar va regionlaming ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahon miqyosida eng past darajadagi tug‘ilish va tabiiy o‘sish mavjud bo‘lgan Yevropaga hozirgi vaqtda barqaror tarzda «demografik qish» holati xosdir. Tug‘ilish va tabiiy o‘sish sur’atlari XX asming ikkinchi yarmida keskin qisqardi. Tug‘ilish 26- 28 promilledan 11-13 promillega, tabiiy o‘sish 16-18 promilledan 2-4 promillega tushib qoldi. Tug‘ilish va tabiiy o‘sish darajalarining keskin pa- sayishi har xil sabablar bilan bog‘langan.
Hozirgi vaqtda tug‘ilishning nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Irlandiya, Lyukscmburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga xosdir. 0‘rtacha tug‘ilish darajasi Avstriya, Shveysariya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Gretsiya, Finlandiya, Fransiya, Slovakiya, Shvetsiyada kuzatilmoqda. Shular bilan birga tug‘ilish darajasi keskin pasayib, tabiiy o‘sish manfiy ko‘rsatkichga ega (o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan ortiq) bo‘lgan mamlakatlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova, Yengriya shunday mamlakatlar jumlasidandir. Mazkur davlatlarda tug‘ish yoshidagi ikki ayolga tug‘ilgan ikki-uch bola to‘g‘ri kelmoqda, xolos. Natijada, aholining mutlaq soni kamaymoqda. Yevropa aholi o‘rtasida umumiy o‘lim koeffitsiyentining nisbatan yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Aholining har 1000 kishiga nisbatan o‘lganlar soni bu yerda 2013-yilda 12 kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich aholining yosh-jins tarkibida keksa yoshdagilaming ulushi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya va b.) da yana ham yuqori darajaga egaligi bilan ajralib turadi. Shu vaqtning o‘zida aholi tarkibida bolalar va yoshlar salmog‘i nisbatan katta bo‘lgan mamlakatlar (Portugaliya, Polsha, Gretsiya, Italiya, Albaniya)da umumiy o‘lim koeffitsiyenti birmuncha pastdir. Yevropa davlatlari (Albaniyadan tashqari) aholi sonini tabiiy takror barpo etilishining birinchi turiga mansubdirlar. So‘nggi chorak asrda Bolgariya va Vengriyada faol demografik siyosat olib borildi. Shunga qaramasdan, aholining o‘sish sur’atlari deyarli o‘zgarmadi va uning darajasi pasayishda davom etdi. Oqibatda, Vengriyada aholi soni 1980-2012-yillarda 245 ming kishiga qisqardi. Ruminiyada har 1000 ta tug‘ilgan go‘dakdan 23 tasi bir yoshga yetmasdan o‘lmoqda. G‘arbiy Yevropada bu ko‘rsatkich 5 -8 bolaga to‘g‘ri keladi. Umumiy tarzda shuni ta’kidlash mumkinki, XX asming so‘nggi 10 yili va XXI asming dastlabki davrida Sharqiy Yevropada qoniqarsiz demografik vaziyat yuzaga keldi. 1-jadval. Yevropa yirik mamlakatlari aholisi va ishchi kuchining soni hamda ulushi (jami mehnat resurslari soniga nisbatan, % hisobida)
Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling