Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transporti.
- Shimoli-sharqiy Hindistondir.
- G‘arbiy Hindistondir.
Qishloq xo‘jaligi tarixiy davrlar mobaynida Hindistonning muhim ishlab chiqarish tarmog‘i bo‘lib qolmoqda. Bu tarmoqda mehnatda band bo‘lgan jami aholining 40 foiziga yaqini ishlaydi. Hozirgi vaqtda Hindiston jahonda choy, yeryong‘oq, ayrim dukkakli don mahsulotlari, murch, turli dorivor ekinlar yetishtirishda birinchi, sholi, shakarqamish, jut bo‘yicha ikkinchi, tamaki yetishtirish bo‘yicha uchinchi, bug‘doy, paxta yetishtirish bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Hindistonning tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun ancha qulay. Shu sababli hududining yarmidan ko‘pi ekin maydonlariga aylantirilgan. Ekin maydonlarining kattaligiga ko‘ra u jahonda AQSH dan keyinda turadi, xolos. Mamlakat ekin maydonlarining 2/5 qismi sug‘orishni talab qiladi. Sug‘oriladigan maydonlarining hajmiga ko‘ra esa Hindiston faqat Xitoydan keyin turadi. Ekin maydonlarining 85 % ida oziq-ovqat ekinlari ekiladi. Shu sababli Hindiston yalpi don mahsulotlari yetishtirishda jahonda uchinchi o‘rinni egallaydi. Bunda, ayniqsa, sholi yetishtirishning ahamiyati katta. Chunki, guruchli ovqatlar hindlaming kundalik oziqasining 85 % ga yaqinini tashkil qiladi. Sholi amalda Hindistonning barcha shtatlarida ekiladi. Hindistonda chorvachilik yetarli darajada rivojlanmagan. Garchi u dunyoda qoramollar soniga ko‘ra birinchi o‘rinda (ulaming soni 200 mln. boshdan ziyod) bo‘lsa-da, kam mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Bunda induizm dini muhim rol o‘ynaydi. Transporti. Temiryo‘llaming uzunligiga ko‘ra Hindiston jahondagi yirik beshta mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi. Ammo transport tarmoqlarining texnik-iqtisodiy imkoniyatlari hozirgi davr talablaridan ancha orqada. Jumladan, temiryo‘llarining anchagina qismi hozirgacha tor izli yo‘llar bo‘lib, ularda foydalanishdan allaqachonlar chiqib ketgan lokomotivlar xizmat qiladi. Avtomobil yo‘llari ancha uzun va sertarmoq bo‘lishiga qaramay, uning tarkibida qattiq qoplamaga ega bo‘lgan yo‘llar salmog‘i ancha kam. Suv transportidan faqat dengiz bo‘ylaridagina foydalaniladi. Iqtisodiy rayonlari ichida eng yirigi Shimoli-sharqiy Hindistondir. Rayonning tashkil topishida deyarli bir yarim asr mobaynida Britaniya Hindistonining siyosiy markazi bo‘lib kelgan Kolkataning roli kattadir. Hozirgi vaqtda u mamlakatning ikkinchi yirik sanoat va port shahridir. Shu bilan birga, bu rayon mamlakatning eng yirik yoqilg‘i-energetika, metallurgiya, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoatlari rayoni hamdir. Unda eng ko‘p sholi, jut, choy yetishtiriladi. Ayniqsa, jahondagi eng sifatli choy yetishtiruvchi Darjiling vodiylarining no mi olamga mashhur. Iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra mamlakatning ikkinchi rayoni G‘arbiy Hindistondir. Uning markazi Mumbay shahri jahonning eng yirik madaniy va sanoat markazlaridan biri. Hindiston iqtisodiyotining uchinchi rayoni Shimoliy va Markaziy Hindistondir. Eng yirik hudud va eng ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan bu rayonning tashkiliy markazi Dehlidir. Jahonning eng qadimiy shaharlaridan bo‘lgan Dehli, Agra, Jaypur kabi shaharlari hind-musulmon arxitektura yodgorliklariga juda boydir. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling