Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Hududi, geografik o‘rni, resurslari


Download 1.43 Mb.
bet74/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Hududi, geografik o‘rni, resurslari. Hindiston Respublikasining umumiy maydoni 3287 mln. km2. Hududi, aso­san, ulkan uchburchak shaklida bo‘lgan Hindiston yarimorolida joylashgan, u shimoldan janubga 3,2 ming km, g‘arbdan sharqqa 2,9 ming km masofaga cho‘zilgan. Hindistonga Lakkadiv, Amindiv, Andaman va Nikobar orollari guruhlari ham qarashlidir.
Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra Hindiston Federativ Respublikadir. Uning tarkibida 28 ta shtat va markazga bo‘ysunadigan oltita ittifoqdosh hamda poytaxt hududlari mavjud. Davlatning poytaxti Dehli shahridir.
Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyo subregionidagi eng yirik davlat, u katta masofada dengizlar bilan tutashgan. Unda g‘arb va sharq mamlakatlari o‘rtasida dengiz orqali olib boriladigan serqatnov savdo yoTlari joylashgan. Hindistonning tabiiy sharoiti xilma-xil va ancha boy. Mamlakatning shimol tomondan baland Himolay tog‘lari bilan o‘rab turilishi iqlimiy sharoitlarining juda qulay boTishida, nihoyatda boy agroiqlim resurslari bilan ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yer osti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalari, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Shuningdek, ko‘mir, oltin va boshqa bir qator rangli metall zaxiralariga boy. Hududi va dengiz sayozliklaridan neft ham topilgan.
Hindiston aholisining soni tez o‘sayotgan mamlakatlardandir. So‘nggi bir yuz o‘n uch (1900-2013-yy.) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1221 mln. kishigacha ko‘paydi. Agar aholisining hozirgi o‘sish sur’atlari saqlanib qolsa, mamlakat aholisining soni, BMT hisobi bo‘yicha, 2025-yilda 1,4 mlrd. kishiga u etadi.
Hindiston jahondagi eng ko‘p millatli mamlakatdir. Aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlarga mansubdir. Ulaming urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.
Mamlakatda hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar va boshqalar asosiy millatlar hisoblansa-da, hech bir millat ko‘pchilikni tashkil qilmaydi.
Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga mansub. Ikkinchi o‘rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mam­lakat aholisining 100 mln. dan ko‘proq qismi (11% i) ni tashkil qiladi. Jammu va Kashmir shtatlari aholisining 2G’3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din vakillari ham yashaydilar.
Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida Markaziy Osiyo xalq- larining alohida o‘mi bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida beqiyos iz qoldirganlar.
Binobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi ulkan xizmatlari - tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida birlashtirgani va unda bir yo‘nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga asos solgani edi.
Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526-1858-yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, dini, manfaatlari turlicha bo‘lgan, ko‘pincha, bir-birlarini dushman hisoblagan (hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo‘lgan «Mahobxorat», «Ramayana»dagi voqealami eslang) o‘nlab tarqoq davlat va davlatchalar mavjud edi.
Hindiston aholisining o‘rtacha zichlik ko‘rsatkichlari juda yuqori - 1 km2 maydonga 370 kishidan to‘g‘ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo‘ylab ancha notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog‘ oralig‘i vodiylarida aholi juda zich joylashgan bo‘lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 km2 ga 700-800 kishidan to‘g‘ri keladi), baland Himolay tog‘i yonbag‘irlari, shimoli-g‘arbiy va markaziy qurg‘oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi.
Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 30,3 % shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ulaming 300 dan ortig‘i yirik shaharlardir. Millioner shaharlaming umumiy soni 25 dan ortadi. Bular orasida Mumbay (Bombay) 18,0, Dehli va Kolkata shaharlari aholisi 19,5 va 15,0 mln. taga to‘g‘ri keladi, ular jahonning eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling