Jahon mamlakatlari iqtisodiy
Download 1.43 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Orollar mamlakatlari
Malakka mamlakatlari-Malayziya, Singapur va Tailand. Mintaqa hududining 20% i, aholisining 16% ini o‘zida birlashtirgan bu mamlakatlar aholi jon boshiga tabiiy kauchuk, sholi, kokos palmasi moyi yetishtirishda jahonda yetakchilik qiladi. Ular og‘ir sanoat tarmoqlari (elektr energiyasi, turli kemalar va port texnikalari, elektrotexnika va neft kimyosi), yengil va oziq-ovqat sanoatlari mahsulotlarining ko‘pgina xillarini ishlab chiqarishda ham birinchi o‘rinni egallaydi. Avtomobil va elektrometallurgiya korxonalari ham faqat Malakka mamlakatlarida mavjud.
Orollar mamlakatlari - Indoneziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timor Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig‘idagi minglab katta- kichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan. Hindi-Xitoy mamlakatlari - Vyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi. Yozuvsiz xaritaga Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy xaritasini tushiring. Mintaqaning ichki hududiy tafovutlariga xos xususiyatlami daftaringizga yozing. Qo’shimcha. Janubi-sharqiy Osiyo subregionr tarkibiga Hindixitoy yarimoroli, Malay arxipelagi orollari, Yangi jGvineyaning g‘arbiy qismi kiradi. Uning maydoni 4,5 mln kmM5o‘lib, umumiy quruqlik maydonining 3% ni egallaydi. Aholisi soni 630 mlnga yaqin. Ya’ni bu subregionda jahon aholisining 8,5% dan ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Geografik joylashuvi jihatidan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand va Malayziya yarim- orol, Bruney, Indoneziya, Singapur, Filippin va Sharqiy Timor esa orol davlatlar hisoblanadi. Bu yerda maydon kattaligi, aholi soni, ij- timoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi 11 ta davlat joylashgan. Ular orasida faqat Laos quruqlik ichkarisi- da joylashgan davlat boTganligi sababli to‘g‘ridan to‘g‘ri dengizga chiqa olmaydi. Davlatlaming 4 tasi monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’mu- riy-hududiy tuzili shiga ko‘ra, Malayziya va Myanma davlatlari federativ davlatlar hisoblanadi. Hind va Tinch okeanlari oralig‘ida joylashganligi; mintaqa davlatlari iqtisodiyoti rivojida ikki yirik sivilizatsiya - Xitoy va Hindiston ta’sir- ining kuchli ekanligi; buyuk geografik kashfiyotlar davrida rivojlanishni boshlagan xalqaro savdo va dengiz yo‘llari ustida joylashganligi mintaqa geografik o‘mining asosiy xususiyatlari hisoblanadi. Subregion relyefida togii va tekislik hududlar salmog‘i deyarli teng. Mintaqada yirik tekislik hududlari mavjud emas. Asosan, subekvatorial va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan bo‘lib, iqlim xususiyatlari bu yerda doimiy yashil tropik o‘rmonlaming mavjud bo‘lishiga sababchi bo‘lgan. Mintaqaning 42% hududi o‘rmonlar bilan qoplangan. Suv re- surslari bilan yaxshi ta’minlangan. Mekong, Iravadi, Chao-Praya, Xongxa daryolari eng asosiy chuchuk suv manbalari hisoblanadi: Mintaqaning yirik daryolari, asosan, yarim orol davlatlar hududidan oqitko‘tadi. Dunyo okeani biologik resurslari ham davlatlar iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega. Ular aholi tomonidan iste’molda keng foydalaniladi. Malay arxipelagining ba’zi orollarida tabiiy dur yetishtiriladi. Mintaqa tabiiy resurslari orasida mineral resurslar muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Myanma hududidan to Indoneziyagacha cho‘zilgan qa- lay-volfram belbog‘i o‘tgani sabab barcha yarimorol davlatlari hamda Indoneziya hududidan katta miqdorda qalay rudalariga qazib olinadi. Subregion qalayning umumiy zaxiralari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rin- ni egallaydi. Surma zaxiralari bo‘yicha Janubi-sharqiy Osiyo qit’ada birinchi, jahonda esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, ushbu hududdan neft (Indoneziya, Malayziya, Bruney), toshko‘mir (Vyetnam, Indoneziya), uran rudalari (Indoneziya, Filippin), oltin (Myanma, Vyetnam, Filippin), volfram (Myanma, Tailand), boksit (Indoneziya, Filippin, Malayziya) kabi mineral resurslar ham qazib olinadi. Janubi-sharqiy Osiyoning deyarli barcha davlatlarida aholining tabiiy ko‘payish darajasi yuqori. Bunga birinchi navbatda milliy, diniy omillar katta ta’sir ko‘rsatadi. Indoneziya, Filippin, Vyetnam mintaqaning aholi soni ko‘p bo‘lgan davlatlari hisoblanadi. Janubi-sharqiy Osiyo hududida 200 dan ortiq xalqlar yashaydi. Ular orasida malayliklar, laolar, tayliklar, vyetnamliklar, semanglar, birmaliklar, filippinliklar, yavaliklar, xitoylar katta salmoqa ega. Indoneziya, Malayziya, Bruney da islom diniga e’tiqod qiluvchilar oldingi o‘rinda turadi. Tailand, Laos, Kambodja, Myanma hamda Vyetnamda buddizm, Singapurda esa konfusiylik dini keng tarqalgan. Ayrim davlatlarda katoliklarning salmog‘i katta (Filippin, Sharqiy Timor). Subregionda o‘rtacha zichlik 1 km-2ga 140 kishini tashkil etadi. Kichik hududli davlatlarda bu ko‘rsatkich ancha yuqori (masalan, Singapurda o‘rtacha zichlik 1 km2 ga 8000 kishidan oshadi). Urbanizatsiya darajasi 50% atrofida. Industrlashgan hududlarda bu ko‘rsatkich yuqori (Singapurda 100%), qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotida katta salmoqqa ega davlatlarda esa past (Sharqiy Timor 30% atrofida). Jakarta, Bangkok, Manila mintaqaning eng yirik shaharlari bo‘lib hisoblanadi. Mintaqa davlatlari tarixiy rivojlanishida Xitoy va Hindistonning ta’siri katta bo‘lsada, ushbu davlatlaming aksariyat qismi o‘z ijtimoiy-iqti- sodiy taraqqiyot yo‘lini belgilashda yapon modeliga murojaat qilish- gan. Natijada Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari ichida Singapur, Tailand, Malayziya kabi yangi sanoatlashgan davlatlar (so‘nggi yillarda ijti- moiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotgan rivoj- lanayotgaii davlatlar gumhi) soni ortib bormoqda. Bundan tashqari, bu yerda Briiney kabi neft eksport qiluvchi davlat, Sharqiy Timor, Laos kabi iqtisodiyoti past darajada rivojlangan davlatlar ham mavjud. Subregionda konchilik (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida), yoqilg‘i-energetika (Indoneziya, Malayziya, Bruney va b.), rangli metallurgiya (Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vyetnam va b.), mashina- sozlik (Indoneziya, Singapur, Malayziya va b.), kimyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Vyetnam va b.), yengil va oziq-ovqat (deyarli mintaqaning barcha davlatlarida) sanoatlari tarmoqlari rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ustun soha boTib, sholi asosiy ekin turi hisoblanadi. Bundan tashqari, mintaqa davlatlarida turli zira- vorlar, choy, kofe, kopra, geveya (tabiiy kauchuk olish uchun) kabilar ham yetishtiriladi. Chorvachilikda baliqchilik rivojlangan. Geografik o‘rin xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun asosiy transport turlari suv va avtomobil transporti hisoblanadi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling