Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Koreya XDR (Shimoliy Koreya)


Download 1.43 Mb.
bet69/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Koreya XDR (Shimoliy Koreya). Rasmiy nomi-Koreya Xalq Demokratik Respublikasi. Poytaxti-Pxenyan. Hududi-120538 kv km. Aholisi-24 553 600 kishi (2012). Davlat tili-koreys. Sig’inuvchilarning asosiy qismi-buddaviylik va konfutsiylikka e’tiqod qiladi (biroq diniy faoliyati amalda deyarli yo’q). Pul birligi-von. Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyodagi davlat, Koreya yarim orolining shimoliy qismida joylashgan.
Shimolda Xitoy (chegara uzunligi-1416 km), janubda-Janubiy Koreya (238 km), shimoli sharqda-Rossiya bilan (19 km) chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1673 km. G’arbdan sariq dengiz, sharqdan Yapon dengizi o’rab turadi. Sohil bo’ylab chegara uzunligi-3495 km. Mamlakat hududini asosan tepalik va tog’lar tashkil qiladi, ularning oralig’i torgina vodiylardan iborat.
Mamlakatning eng baland nuqtasi Pektusan tog’i (2750m). Asosiy daryolari-Amnokkan, Tedongan, Tumangan. Asosiy tabiiy boyliklari: ko’mir, qo’rg’oshin, volfram, temir rudasi, mis, oltin, rux, grafit, magnezit. Hududining 20% i haydaladigan erlar, 74% i o’rmon va changalzorlar. Iqlimi-mo’’tadil musson. Vodiylar amalda to’laligicha qishloq xo’jalik ekinlari bilan band. Bu erlarda sholi, soya, javdar, makkajo’xori va boshqa ekinlar ekiladi.
Davlat tuzilishi-unitar respublika, KXDR konstitutsiyasiga binoan suveren sotsialistik davlat hisoblanadi, amalda esa kommunistik rejim o’rnatilgan. Mamlakat tarkibida 9 ta viloyat va ikkita markazga bo’sunuvchi shahar bor. Koreya XDR 1948 yilning 9 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilingan (avvallari Yaponiya imperiyasining Chosun viloyati edi).
Foydali qazilmalar va gidroenergetik resurslarning katta hajmi mamlakat sanoat taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Asosan qazib chiqorish sanoati (ko’mir, temir, magniy rudalari, grafit, mis, rux, qo’rg’oshin) va og’ir sanoat rivojlangan. Iqtisod ustidan juda qattiq davlat nazorati o’rnatilgan. Qishloq xo’jaligi uchun yaroqli erlarning barchasi kollektivlashtirilgan.
Qishloq xo’jaligida YaIM ning chorak qismiga yaqini, mehnatga yaroqli aholining 36% band. Asosiy ekinlari:sholi, makkajo’xori, soya, kartoshka, boshoqli ekinlar. Iqtisodiy rivojlanish va turmush darajasi bo’yicha Shimoliy Koreya Janubiy Koreyadan aecha orqada. YaIM 40 mlrd, jon boshiga 1900 dolarni tashkil etadi (2010). Asosiy savdo sheriklari: Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Gonkong, Singapur. Temir yo’llarining umumiy uzunligi-4915 km, avtomobil yo’llari-30000 km. Asosiy portlari: Vonsan, Nampxo, Chxonjin, Xinnam.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling