Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet86/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Transport tarmoqlari ichida avtomobil transporti muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tashilgan barcha yuk va yo‘lovchilaming aksariyat qismi aynan avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi. Keyingi yillarda 0‘zbekiston quruvchilari yordamida ko‘plab daryolarda buzilgan ko‘priklar qaytadan tiklandi. Undan tashqari, bir qator yangi ko‘priklar ham barpo qilindi. Havo transporti endi-endi rivojlantirilmoqda. Mamlakatning Kobul, Mozori-Sharif, Qandahor va Hirot shaharlarida aeroportlar ishlab turibdi.
Afg‘oniston 0‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalami ri- vojlantirishga intilmoqda. Bu o‘rinda qator ishlar ham amalga oshirilganligini ta’kidlab o‘tish zarur (shimoliy hududlami yoqilg‘i, elektroenergiya va suv bilan ta’minlash va boshqa tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda). Lekin ushbu va boshqa tadbirlami amalga oshirishga tolibonlar to‘sqinlik qilmoqda.
Pokiston. Rasmiy nomi-Pokiston Islom Respublikasi. Poytaxti-Islomobod. Hududi-803900 kv km. Aholisi-203821300 kishi (2013). Davlat tili-urdu va ingliz. Davlat dini-islom. Pul birligi-pokiston rupiyasi. Geografik joylashuvi va tabiati. Janubiy osiyoda, Hindiston yarim orolining shimoli-g’arbidagi davlat. Sharq va janubi-sharqida Hindiston (chegara uzunligi-2912 km), Shimoli-sharqida Xitoy (chegara uzunligi-523 km), Shimolda Afg’oniston (chegara uzunligi-2430 km), g’arbda Eron (chegara uzunligi-909 km) bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi-6774 km. Mamlakatning janubiy qismi Arabiston dengizi bilan tutashib ketgan. Sohil bo’ylab chegara uzunligi-1046 km. Pokiston va Hindiston o’rtasidagi Jammu va Kashmir viloyatlari nizoli hudud hisoblanadi. Sharq va janubi-sharqida Hind daryosi havzasining tekisliklari joylashgan. Shimol va shimoli-g’arbida Himolay tog’i tik qoyalari hamda balandligi 7690 m (Tirichmir cho’qqisi) bo’lgan Hindiqushtog’ tizmasi yastanib yotibdi. Mamlakatning g’arbiy qismini Sulaymon, Tabakakar, Makron, Kirtxor tog’ tizmalari bilan Belujiston yassitog’ligi egallagan. Asosiy daryolari-Hind va uning irmoqlari. Pokiston tabiiy gazning salmoqli zaxiralariga ega bo’lib, foydali qazilmalardan mis, neft, ko’mir, temir rudasi bor. Iqlimi-musson, mamlakat hududining katta qismida tropik-kontinental.
Davlat tuzilishi-federatsiya, islom respublikasi. Mamlakat tarkibiga 4 ta provintsiya (Belujiston, Shimoli-G’arbiy chegara, Panjob, Sind) va poytaxt federal hududi kiradi. Pokiston boshqaruvidagi Jammu va kashmir nizoli hududlari o’z ichiga Ozod Kashmir hamda Shimoliy maydonlarni qamrab oladi. 1947 yil 14 avgustda Pokiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritdi (ilgari ingliz mustamlakasi –G’arbiy Pokiston). Davlat boshlig’i-Prezident.
Pokiston sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. 1947-1991 yillarda mamlakat iqtisodiyoti tarkibida chuqur o’zgarishlar sodir bo’ldi-ishlab chiqarish zamonaviy shakl va uslublarga o’tdi, yalpi ichki mahsulot 5 baravar oshdi. Iqtisodiyotdagi bu natijalarga davlatning iqtisodiy siyosati –xususiy ishbilarmonlikning boshqarish va rag’batlantirish hamda davlat sektorining faoliyati tufayli erishildi. Hukumatning sa’y-harakatlari chet el hamda ichki investitsiyalar salmog’ini oshirishga qaratilgan. Ishlab chiqarish tarmog’ida asosan to’qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sanoatlari yaxshi rivojlangan. Shuningdek, neftni qayta ishlash, gaz qazib olish, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, qurilish materiallari, kimyo sanoati rivojlangan. Atom elektr stantsiyasi bor. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlari: paxta, sholi (asosiy eksport mahsulotlari), bug’doy, arpa, makkajo’xori, xurmo, tsitrus, qandlavlagi, shakarqamish, meva, poliz ekinlari. Chorvachilik ham rivojlangan. 2012 yilda YaIM miqdori 230 525 mln (jon boshiga-1296) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSh, Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya. Temir yo’llarining uzunligi-8773 km, avtomobil yo’llari-101 315 km, Port shaharlari-Gvadar, Karachi.
Qo’shimcha. Pokiston Federativ Islom Respublikasi Eron, Afg‘oniston va Hindiston davlatlari bilan chegaradosh, janubidan esa Arabiston dengiziga tutashdir. Ma’muriy-hududiy tuzilishi - Federativ Respublika. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat - Parlament (Milliy Assambleya va Senat). Davlat boshlig‘i - Prezident. Relyefi janubdan shimolga va shimoli-sharqqa tomon ko‘tarilib boradi. Iqlimi subtropik va tropik xususiyatli.
Pokiston industrial-agrar yo‘nalishga asoslangan ko‘p tartibli xo‘jalikka ega mamlakat. Uning tarkibi Panjob, Sind, Shimoli g‘arbiy chegara oldi, Belujiston provinsiyalari hamda Islomobod joylashgan federal poytaxt hududidan iborat.
Pokiston tog‘lar va tekisliklar mamlakati. Shimoliy hududlarida Hindikush, Qoraqurum va Himolay tog‘ tizmalari uchrashadi. Himolay tog‘larining chekka g‘arbiy qanotida 2005-yilning oktabr oyida dahshatli zilzila yuz berdi. U 40 mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga, 100 ming kishining jarohatlanishiga, salkam 3 mln. kishining esa boshpanasiz qolishiga sabab bo‘ldi. Mamlakat aholisining soni 2013-yilning iyul oyida 193,2 mln. kishini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin dunyoda 6-o‘rinni egallaydi. Aholisining o‘rtacha zichligi 243 kishiga teng. Tug‘ilish koeffitsiyenti 32-34 promilleni, o‘lim koeffitsiyenti esa 16 promilleni tashkil etadi. Aholi sonining 42% i esa 0-14 yoshdagilarga, 4% i esa 64 va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi. 0‘rtacha umr davri 65 yosh. Urbanizatsiya darajasi 36,2% ga teng. Mamlakatda Karachi, Ravalpindi, Islomobod, Peshovar kabi yirik va katta shaharlar mavjud.
Pokiston ko‘p millatli mamlakat. Asosiy millat qatoriga panjobliklar, sindlar, pushtunlar va belujlar kiradi. Aholining 98% i islom diniga e’tiqod qiladi, ulaming 60% i sunniylar va 40% i shialardan iborat.
Sanoat iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i. YIM ning 27 % i sanoatga, 20 % i qishloq xo‘jaligiga, 54% i xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi (2012-y.). Jami band aholining 40 % dan ortiq qismi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. Asosiy tarmog‘i dehqonchilik bo‘lib, bug‘doy, sholi, shakarqamish, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. «Yashil inqilob» oqibatida o‘zining donga bo‘lgan talabini to‘liq qondirmoqda.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling