Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Download 1.43 Mb.
bet87/105
Sana23.04.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1385136
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Sanoatining yetakchi tarmog‘i yengil sanoat. Unda sanoatda band aholining qariyb 40% i mehnat qiladi. To‘qimachilik sanoati eksportbop mahsulot ishlab chiqaradi. Undan tashqari, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, charm sanoati korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, ko‘mir, xromitlar va boshqa turdagi qazilma boyliklar qazib olinmoqda. Mamlakat rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Temiryol, avtomobil hamda dengiz transporti yaxshi rivojlangan.
Valuta tushumlarining 2|3 qismi sholi va paxtaga to‘g‘ri keladi, 25% ini esa to‘qimachilik sanoati ta’minlaydi. Import tarkibida mashina va uskunalar, neft va neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va oziq-ovqat mahsulotlari ajralib turadi. 0‘zbekiston bilan eksport-import aylanmasi mavjud.


17-MAVZU: AVSTRALIYA VA OKEANIYA DAVLATLARI
Reja:
Avstraliya va Okeaniya davlatlari. Tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni. Tabiiy resurslari, aholisi, urbanizatsiya darajasi. Sanoati, qishloq xo’jaligi, transporti tashqi iqtisodiy aloqalari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Avstraliya ittifoqi, Okeaniya, melaneziya, polineziya, mikroneziya.


Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy may­doni — 1,26 mln km2 ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishi- dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlaming qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi (AQSH), Pitkem (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi.
Relyef xususiyatiga ko‘ra, Okeaniya kontinental, marjon va vulqon kelib chiqishiga ega orollardan tarkib topgan. Yangi Zelandiya, Yan­gi Gvineya (orolning sharqiy qismi Okeaniya tarkibiga kiradi), Yangi Kaledoniya kabi yirik orollar kontinental xususiyatga ega. Ular umumiy Okeaniya hududining 87% ni egallaydi. Tog‘li relyefga ega, maydoni nisbatan yirik orollar, asosan, mintaqaning janubi-g‘arbiy qismida joy­lashgan bo‘Isa, qolgan kichik va mayda orollar Tinch okean akvatori- yasida keng maydonda tarqoq ravishda joylashgan. Tinch okean akva- toriyasining 1|3 qismini Okeaniya orollari tashkil qiladi.
Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil min­taqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500-4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° S ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qizil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrarig qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda min­eral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yan­gi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Pap­ua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, lcobalt lcabilar qazib olinadi.
Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga man­sub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qa- bilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.
Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha min­taqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi.
Dengiz biologik resurslariga ega bo‘lgan mintaqa davlatlari qish­loq xo‘jaligida baliqchilik sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qayta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm rivoj­lanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi.
Okeaniya davlatlari orasida Yangi Zelandiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra oldingi o‘rinda turadi. Rivojlanish xususiyatiga ko‘ra “ko‘chirilgan kapitalizm” davlati hisoblangan ushbu dav­lat ikkita yirik (Shimoliy va Janubiy orollar) va 700 dan ortiq kichik orollardan tashkil topgan. Hududining 75% i dengiz sathidan 2000 m balandda joylashgan bo‘lib, hududida mineral resurslardan oltin, kumush, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar tarqalgan. Suv resurslariga bilan yetarlicha ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 40 dan ortiq daryo va 3280 ta koTlar mavjud. Iqtisodiyoti rivojlanishida bu yerda tarqalgan to‘q qo‘ng‘ir, sariq-qo‘ng‘ir, tog‘ tipli tuproqlar katta ahamiyatga ega.
2 mln gektarga yaqin o‘rmon hududlari ham bor. Shu bilan birga ta­biiy rekreatsion resurs imkoniyatlari yuqori. Iqtisodiyoti industrial tipda bo‘lgan Yangi Zelandiya sanoatida konchilik, metallurgiya, yoqilg‘i- energetika va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda sut chorvachiligi va qo‘ychilik, dehqonchilikda esa bog‘dorchilik va uzumchilik asosiy qishloq xo‘jalik sohasi hisoblanadi. Transportida quruqlik transport turlari bilan birga dengiz transportining ahamiyati katta. Ok lend (Yangi Zelandiyaning yagona millioner shahri), Gamilton, Vellington shaharlarini davlatning eng yirik iqtisodiy markazlari sifatida ko‘rish mumkin.
Okeaniya davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish muam- mosidan tashqari, aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, davlatlaming mintaqa hududidagi orollar nazorati ustidan yuzaga keladigan nizoli holatlar uning asosiy muammolaridan bo‘lib hisoblanadi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling