Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Download 343.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi343.84 Kb.
#1411210
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
innovatsiya

Birinchi yo‘nalish - inson faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida fanning
istiqboldagi davrda eng progressiv hisoblangan asosiy fundamental, amaliy tadqiqotlarining 
rivojlanishi va iqtisodga joriy etilishi prognozlari (yangi texnika, texnologiyalarning joriy 
etilishi, ishlab chiqarishning tashkil qilinishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi 
amaliy tadqiqotlar, alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish va boshqalar ).
Ikkinchi yo‘nalish - hayotning turli sohalarida fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini 
aniqlash.
3
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot – bu xo‘jalik hayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlarni ochish 
va ulardan foydalanishning uzilmas va og`ir jarayonidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida 
quyidagi ishlab chiqarish kuchlarining elementining rivojlanishi va mukammallashishi ro‘y 
beradi: mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, texnologiyalar, ishlab chiqarishni 
tashkillashtirish va boshqarish. 
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning bevosita natijasi bo‘lib innovatsiya yoki yangiliklar hisoblanadi.
Bu ilmiy bilimlar qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalarning o‘zgarishi. O‘z rivojlanish 
jarayonida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bir nechta bosqich etaplaridan o‘tgan. 
Birinchi bosqich – ХVIII asr oxiri va ХIХ asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda 
mashinali ishlab chiqarishga o‘tish.
Ikkinchi bosqich – ХIХ asr oxiri ХХ asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining o‘zgarishi, texnik baza 


asosida ilmning rivojlanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasiga o‘tish, yangi 
tarmoqlarni barpo etish. 
Uchinchi bosqich – ХХ asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga 
aylanib bordi.
IТI – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga 
aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir. 
ХХ asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari 
shakllana boshladi.
Uning asosiy belgilari: 

elektronika asosida ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi;

biologik jarayon va tizimlarni o‘sib boruvchi masshtablar asosida tartibga solish;

ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish;

energetikaning yangi turlari;

yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar.
Rivojlanishning barcha bosqichlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ta‘sirining umumiy 
ko‘rinishi bu ekstensiv va intensiv o‘sish o‘rtasidagi nisbatni ikkinchisining hisobiga 
o‘zgarishidir. 
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va 
moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishi.
4
Ilm va texnika rivojlanishini tartibga solish va prognozlash quyidagi prognoz hujjatlarining 
tizimi vositasida amalga oshiriladi: 

muddati 15 yilgacha bo‘lgan ilmiy-texnikaviy rivojlanishining umumdavlat prognozi;

5-10 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va tarmoq darajasida bo‘lgan xususiy ilmiy-
texnik prognozlar;

10-15 yilga mo‘ljallangan davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari. Ko‘rsatilgan 
hujjatlarni davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati birlashtiradi. Ilmiy-texnikaviy 
rivojlanishning umumdavlat prognozida quyidagilar mavjud:



mahalliy va jahon ilmiy-texnikasida erishilgan muhim yutuqlarning texnik- iqtisodiy 
baholanishi;

ilmiy texnik yutuqlarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqidagi xulosalar;

ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bosh yo‘nalishlarini va birlamchi tarmoqlararo ilmiy-texnik 
masalalarni aniqlash;

bu masalalarni yechish bevosita va yo‘llarining variantlari;

ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.
Prognozda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli 
strategiyasi doirasida global xarakterga ega.
Хususiy ilmiy-texnik prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob‘ekti sifatida 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning turli yo‘nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari 
qatnashishi mumkin. Perspektiv (5-10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar ilmiy-
texnikaviy taraqqiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ular 
boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo‘jaligi, 
respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik 
dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan eng perspektiv ilmiy-texnik 
yo‘nalishlarning muhim muammolari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi 
avlodlarini va bazaviy texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangiliklarning butun 
innovatsion siklini o‘z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, 
region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud.
5
Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan 
munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida 
O‘zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab 
beradi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilar: 

Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish.

Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlash, uning 
samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish.

Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilm va fan-texnikaning hissasini oshirish, muhim 
ijtimoiy masalalarni amalga oshirish.

Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash.

Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar.


Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish 
prinsip va omillaridir.
O‘zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning 
maqsadli mo‘ljaliga va moliyalashtiruvchi omillarning ko‘pligiga asoslanadi. 
Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy 
byudjet mablag`lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag`lari hamda 
qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlar 
hisobidan moliyalashtiriladi.
Regional ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar O‘zbekiston sub‘ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, 
regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa 
xo‘jalik sub‘ktlari mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. 
Shuningdek, O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiy- texnik faoliyatni qo‘llab-
quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham 
amalga oshirilishi mumkin.
2.

Download 343.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling