Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Download 343.84 Kb. Pdf ko'rish
|
innovatsiya
Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy fan-texnika inqilobining ikkita muhim bosqichi yakunlandi. Dastlabki bosqichda (XX asrning 40-50- yillari) FTI asosan yangi qurollanish tizimlarini yaratish, harbiy-texnik ustunlikni ta’minlashga qaratilgan edi. Ikkinchi bosqichda (60- 80-yillar) bu maqsadga yana qo’shimcha yangi vazifa – iqtisodiy o’sishning barqaror sur’atini ta’minlash, asosiy tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish vazifasi qo’shildi. 6 Zamonaviy bosqich shu bilan tavsiflanadiki, postindustrial jamiyat mamlakatlari globallashuv muammolari bilan bog’liq yangi vazifalarni faollik bilan hal etib, fan-texnika siyosati ustuvorliklari kishilar turmush darajasini oshirish, tibbiyot va axborotlashtirishni rivojlantirish atrof- muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etishga qaratilmoqda. Eng rivojlangan mamlakatlar — AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya rivojlanishning yangi bosqichini – bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni e’lon qildilar. Bu mamlakatlar hukumatlari o’tgan asrning 80-yilaridan boshlab o’z sa’y-harakatlarini iqtisodiyotg’da innovatsion jarayonlarni tezlashtirish va milliy innovatsion tizimlarni yaratishga yo’naltirdilar. Amaliy tadqiqot va loyihalar sohasida butun jahon miqyosida qo’llanuvchi integratsiyalangan texnologiyalarni yaratishga yo’nalganlik tobora ko’zga tashlanib bormoqda. Bunga yaqqol misol qilib axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, Internet global tarmog’ini ko’rsatish mumkin bo’lib, ular iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, dam olishni tashkil etishda keng qo’llanmoqda va amalda dunyodagi barcha mamlakatalrni qamrab olmoqda. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqotlari tarkibida eng jiddiy o’zgarish sifatida kishilar salomatligini saqlash yo’lida tadqiqotlarning keskin o’sishini ko’rsatish mumkin. Bu ustuvorlik AQShda eng yuqori bo’lib, bu mamlakatda biotibbiyot tadqiqotlariga sarflanuvchi xarajatlar mamlakat ITTKI 20%ini tashkil qiladi (o’n yil avval - 12 %). Yangi iqtisodiy sharoitlarda mamlakatda qaysi tarmoq va texnologiyalar iqtisodiy o’sishga zamin bo’lishi haqida muhim davlat qarorlari qabul qilinishi zarur. Muvaffaqiyatni esa resurslarni innovatsion sohada jamlash, ulardan tanlab olingan ustuvor yo’nalishlar doirasida oqilona foydalanish belgilab beradi. Innovatsion rivojlanishning zamonaviy modeli jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga fan-texnika sohasining tizimli ravishda integratsiyalashuvini nazarda tutadi. Bunday integratsiyalashuv fan- texnika sohasining yangi ilm talab qiluvchi mahsulot va xizmatlar yaratish va an’anaviy bozorlarni egallab olishga imkon beruvchi samarali yangiliklar barqaror oqimini shakllantirish uchun kuchli stimullar yaratadi. Natijada sifati, narxi, hajmi va bozorga chiqish muddati bo’yicha mavjud to’lov layoqatiga ega talabga mos keluvchi yangi mahsulot va xizmatllar yaratuvchi milliy innovatsion tizim shaklantiriladi. XX asrning ikkinchi yarmi tajribalarining ko’rsatishicha, innovatsion faollikning yuqori sur’atlariga quyidagilarni ta’minlovchi institusional rasmiylashtirishni yaratish evaziga erishiladi: yangi bilimlar, texnologiya, mahsulot va xizmatlarga investitsiyalar natijalari huquqini himoya qilish; innovatsiyalar asosida raqobatni kengaytirish uchun sharoitlar; milliy innovatsion tizim uchun mos keluvchi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari taklifi; xo’jalik sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarga barqaror talab. Fan-texnika siyosatini innovatsion va iqtisodiy siyosatdan alohida, bozor mexanizmlari bilan aloqasiz ko’rib chiqib bo’lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda fan-texnika siyosatigi ishlab chiqish va amalga oshirish davlat boshqaruvchining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu holat tabiiy bo’lib, shu bilan izohlanadiki, mamlakat xavfsizligi va texnologik mustaqillik istiqbollari ko’p jihatdan fan-texnika salohiyati, jumladan, fundamental fanlar va kadrlar malakasi darajasiga asoslanadi. Bundan tashqari, antropogen omil sayyoramizdagi evolyusion jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi, shuning uchun ulkan texnik imkoniyatlarga ega sivilizatsiya rivojlanishining maqsad va yo’nalishlari sinchiklab tekshirilishi, ularning ekologik jihatdan xavf tug’dirmasligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan oldiga prinsipial jihatdan yangi va insoniyat uchun favqulodda ahamiyatga ega vazifani qo’yadi — qabul qilinuvchi texnologik va boshqaruv qarorlari oqibatlarini bashorat qila olish talab qilinadi. Gap amalda XXI asrda fan sivilizatsiya rivojlanishining barqaror traektoriyasini belgilab berishi, bu yo’lda insoniyat oldidia paydo bo’luvchi xavf va tahdidlarni ishonchli baholay olishi haqida boradi. Boshqacha qilib aytganda, fan insoniyatga sayoramizda tarxiy jarayonning borishini to’g’ri anglash va samarali boshqarish uchun real imkoniyatlar taqdim etadi. Jahondagi tadqiqotlar strukturasining o’zgarishi ilmiy siyosatning harbiy, muhandis-texnik sohalar (50-70-yillar) va sanoat texnologiyalaridan (70-80-yillar) ijtimoiy ahamiyatga ega ustuvorliklarga o’tishi bilan bog’liq. Bundan rivojlangan mamlakatlarning sog’liqni saqlash, madaniyat, tarix, etnografiya, millatlararo unosabatlar kabi sohalarda tadqiqot va loyihalarga katta hissa qo’shayotganligi dalolat beradi. 7 Fanning iqtisodiyot va jamiyat uchun ahamiyatini faqat aniq va muayyan yutuqlargina belgilab bermaydi. Ilmiy bilimlar chegara bilmaydi va zamonaviy dunyoda kuchli milliy fanlarga ega bo’lmagan holda ham ko’plab fan mevalaridan foydalanish mumkin. Biroq shunday bilimlar turlari borki, ularni na xorijiy adabiyotlardan va na xorijiy ekspertlardan olib bo’ladi. Bu bilimlar fanning mamlakat rivojlanishidagi tizimni shakllantiruvchi funksiyalari bilan bog’liq. Fan ta’lim tizimi, san’at va ommaviy axborot vositalari orqali dunyo, jamiyat va tabiatga zamonaviy dunyoqarashga ega oqilona fikrlovchi shaxsni shakllantiradi. Fan va ta’lim ilmiy va texnologik bilimlar «egasi» bo’lgan kadrlarni yaratib, ularsiz iqtisodiyot ham, fan-texnika majmui ham rivojlanaolmaydi. «Kadrlar» pozitsiyasini yo’qotish jamiyatning intellektual tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Kuzatuv va tadqiqotlar bilan butun mamlakat hududini qamrab oluvchi fan xo’jalik va jamiyat hayoti munosib o’rin oluvchi real tabiiy va texnogen muhit haqida ishonchli bilimlar beradi. Iqtisodiyotning nodavlat sektori ilmiy-texnik loyihalar yaratishdan hali unchalik manfaatdor emas. Bundan tashqari, u fundamental tadqiqotlarning biron-bir jiddiy qismini moliyalashtirishni o’z zimmasiga olmaydi. Davlat mablag’larini ajratishning qaytuvchan modelini joriy qilish; innovatsion faoliyat marketingini davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash; fan yutuqlarini sanoatga joriy qilish hamda fundamental tadqiqotlar o’tkazishda sanoat va bank kapitali ishtirokini rag’batlantiruvchi choralar ishlab chiqish; ilmiy shaharchalar, qo’riqxonalar, madaniy-tarixiy yodgorliklarni qo’llab-quvvatlash — mana shular fundamental tadqiqotlarni iqtisodiy ta’minlash bazasini kengaytirishda davlat tomonidan qo’llanuvchi vositalarning to’liq bo’lmagan ro’yxatidir. Shu bilan birga fundamental fan salohiyati davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanmasdan muvaffaqiyatli rivojldana olmaydi. Bunday qo’llab- quvvatlash kelajakdagi yutuqlar uchun zamin hozirlash, o’ziga xos ilmiy maktablarni saqlab qolish, ilmiy natijalardan foydalanish bo’yicha barqaror ijtimoiy motivatsiyalar yaratish, ilmiy mehnat nufuzini oshirish uchun zarur. Cheklangan resurslar sharoitlarida mamlakat fanining ilg’or pozitsiyalarini saqlab qolish yo’lida yetakchi tashkilotlar, istiqbolli bo’linmalar va ayrim tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlashga resurslarni qayta taqsimlash va markazlashtirish zarur. Kelajakda fundamental tadqiqotlarni davlat tomonidan ta’minlash yagona ilmiy-texnologik va innovatsion siyosat doirasida o’tkazilishi lozim. 3. Download 343.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling