Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari


Download 343.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi343.84 Kb.
#1411210
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
innovatsiya

Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlari
Maʼlumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va 
muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda Oʼbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm 
surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib 
innovatsiyalar diffuziyasiga, yaʼni yangi gʼoya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal 
tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalambor, taʼlim, ilm-fan va sanoat 


integratsiyasini taʼminlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga boʼlgan talabni oshiradigan 
yangi kompaniyalar tashkil etilishini ragʼbatlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga 
koʼmaklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda 
mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir. Аks holda, Oʼzbekistonning rivojlangan 
davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun 
keng qamrovli islohotlar olib borish bilan bir qatorda nanoindustriya tarmoqlarini 
rivojlantirishga ham alohida ahamiyat qaratish lozim. 
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-
texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda 
respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini koʼtarishga qaratilgan yagona davlat 
siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi boʼlib, oʼz faoliyati doirasida yuqorida 
aytib oʼtilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga 
oshirib kelmoqda.
Oʼzbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida ilgʼor ilm-fan 
yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish – iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini 
oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligi va bozordagi mavqeini mustahkamlashning asosiy 
omillaridan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, taʼlim, ilm-fan hamda ishlab 
chiqarish integratsiyasini taʼminlash, uning natijasida innovatsion ishlanmalar yaratish, ulardan 
mamlakatimizning ilmiy- texnologik salohiyatini mustahkamlash va iqtisodiyotimizni ravnaq 
toptirish zarur. 
2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot 
tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʼyicha 
qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga asosan, innovatsiya faoliyatini davlat 
tomonidan tartibga solish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
sohalariga innovatsiyalarni yanada samarali joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
ilmiy-tadqiqot muassasalarining 36 nafar ilm-fan boʼyicha direktor oʼrinbosarlari hamda oliy 
taʼlim muassasalarining 78 nafar ilmiy ishlar boʼyicha prorektorlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar 
boʼyicha prorektorlar lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, mazkur qaror ijrosi doirasida oliy taʼlim muassasalari tuzilmasida innovatsion 
jamgʼarmalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʼyicha boʼlinmalar tashkil 
etildi. Jamgʼarmalarda ayni paytda 3,8 mlrd soʼmdan ortiq mablagʼ shakllantirildi. 
Prezident farmoniga asosan, Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʼoyalarini qoʼllab-quvvatlash 
jamgʼarmasi tashkil etildi. Jamgʼarmaning jami daromadlari bugungi kun holatiga 8,7 mln АQSh 
dollari miqdorida shakllantirildi. Jamgʼarma tomonidan hozirgi kunga qadar 33 nafar yosh 
olimning xorij mamlakatlariga ilmiy stajirovkalari tashkillashtirildi. Jalb qilingan xorijiy yuqori 
malakali olim va mutaxassislarning xarajatlarini moliyalashtirishga 17,0 ming АQSh dollari 
hamda 70 mln soʼm miqdorida mablagʼ yoʼnaltirildi. Bundan tashqari, 2018 yil 20 avgustda yosh 
olimlar uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida tanlov eʼlon qilindi, 8 
nafar yosh olim tanlovdan muvaffaqiyatli oʼtdi. 2019 yili Hindiston, Turkiya, Buyuk Britaniya, 
Janubiy Koreya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda 40 mlrd soʼmga yaqin grantlar eʼlon 
qilinishi rejalashtirildi.
Innovatsion rivojlanish strategiyasining «Yoʼl xaritasi»da toʼlov-kontrakt asosida talabalarni oliy 
taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich bekor qilish, OTMlarning imkoniyati 
va kadrlarga boʼlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy taʼlim muassasalariga talabalar qabul 


kvotasini mustaqil belgilash imkoniyatini berish hamda abiturientlarga bir paytning oʼzida bir 
nechta oliy taʼlim muassasasiga kirishga ruxsat berish orqali aholi oliy taʼlim qamrovini oshirish 
belgilangan edi. Oʼz navbatida, Prezidentning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida OTMlarda qamrovni hozirgi 9 foizli koʼrsatkichdan 2019 yilda 20 foizga 
oshirish, keyinchalik bu koʼrsatkichni yanada koʼtarish, qabul kvotalarining oliy oʼquv 
muassasalari tomonidan mustaqil belgilanishi va abiturientlarga bir vaqtning oʼzida bir necha 
OTMlarga hujjat topshirish tizimini ishlab chiqish topshirigʼi berilgani innovatsion rivojlanish 
yoʼlidagi dastlabki qadamlardan biri boʼldi. 
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2019–2021 yillarga moʼljallangan amaliy ilmiy-texnik 
loyihalar va innovatsion ishlanmalar iqtisodiyot tarmoq va sohalarini innovatsion 
rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlari va vazifalaridan kelib chiqib, xorijiy tajribalarni eʼtiborga 
olgan holda bosqichma-bosqich shakllantirilib, grantlar doimiy ravishda eʼlon qilinmoqda. 
Jumladan, 2018 yilda jami 1748 ta loyiha 193,4 mlrd soʼm miqdorida moliyalashtirilib, shundan 
amaliy loyihalar tegishliligi boʼyicha 912 ta va 114,5 mlrd, fundamental loyihalar 369 ta va 38,2 
mlrd, innovatsion loyihalar 285 ta va 32,9 mlrd, yosh olimlarning amaliy loyihalari – 165 ta va 
6,3 mlrd, xalqaro ilmiy-texnik loyihalar esa – 17 ta va 1,3 mlrd soʼmni tashkil etadi. Ushbu 
loyihalarning natijaviyligi yuzasidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi PQ-3899-sonli qarori bilan 
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini 
tijoratlashtirish Prezident jamgʼarmasi tuzildi. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni oʼrganish va 
tijoratlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan 43 ta 
ishlanmaning tijoratlashtirilishi bilan bogʼliq barcha masalalarga Fanlar Аkademiyasining 15 ta 
ilmiy tekshirish institutlari va 6 ta tijorat banklari jalb etildi. Tasdiqlangan «Yoʼl xaritasi»ga 
muvofiq 18 ta loyiha boʼyicha innovatsion kompaniyalar ochildi, 9 ta loyiha boʼyicha litsenziya 
shartnomasi imzolandi. Hozirgi kunda changtutgich loyihasi Navoiy togʼ-kon metallurgiya 
kombinati mablagʼlari hisobidan tijoratlashtirilib, dastlabki ikki bosqichi yakuniga yetdi. 
Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti texnologiyasi asosida «Barxan qumi va ohak 
asosida silikat gʼisht ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish uchun ustav kapitali 400 mln 
soʼmdan iborat «Silikat Barxan» MChJ tashkil etildi. Ushbu loyiha qiymati 18,49 mlrd soʼm 
boʼlib, uning katta yutugʼi shundaki, Qoraqalpogʼiston Respublikasi hududidagi juda katta 
miqdorda mavjud barxan qumidan xomashyo sifatida foydalaniladi. Mahsulot ishlab chiqarish 
jarayonida tabiiy gazdan foydalanilmaydi, shu bilan bir qatorda mahsulot yuqori darajadagi 
ekologik zararsizdir.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston hududidagi seysmik xavfni baholash dasturi Favqulodda vaziyatlar 
vazirligi tomonidan tijoratlashtirildi. 
Oʼsimlik moddalar kimyosi instituti va «Nikofarm» MChJ oʼrtasida farmatsevtika sohasiga oid 
«Flanorin» va «Ferulen» substantsiyalarini ishlab chiqarish boʼyicha litsenziya shartnomasi 
imzolanib, ushbu loyihalarni tijoratlashtirish natijasida 440 mln soʼmlik mahsulot ishlab 
chiqarildi.
Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining fizika-texnika 
instituti hamda Isroil davlatining 6 ta kompaniyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi oʼrtasida 
imzolangan oʼzaro anglashuv memorandumiga muvofiq 25 oktyabrь kuni TSM (Technology 
Systems Management) kompaniyasi tashkil etildi. 


Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga investitsiyalarni jalb qilish surʼatlarini 
tezlashtirish hamda ilm-fan va innovatsiyalarni moliyalashtirishda mamlakatimizdagi yirik 
korxonalarning rolini oshirish maqsadida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlarga sarflanadigan 
mablagʼlarga soliq solishning shaffof mexanizmini joriy qilish zarur. Bunda har qanday 
mulkchilik shaklidagi xoʼjalik yurituvchi subʼektlarining oliy taʼlim va ilmiy muassasalari bilan 
tuzgan shartnomalari asosida amalga oshirilayotgan amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot hamda 
tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirishga sarflangan mablagʼlari miqdoriga mos ravishda 
foyda soligʼi hisoblanadigan soliq bazasini kamaytirish nazarda tutiladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmiy-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash, zarur 
materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat 
xaridlari toʼgʼrisida»gi qonuni va boshqa meʼyoriy hujjatlarda belgilangan tartib va talablar 
asosida amalga oshiriladi. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 2018–2021 
yillarda 32,3 mln АQSh dollari yoʼnaltirish koʼzda tutilgan. Аmaldagi tartibga muvofiq, texnik 
shartlar va import kontraktlarni ekspertiza qilishga uch oydan olti oygacha vaqt sarflanmoqda. 
Shu bilan birga, xarid qilinishi rejalashtirilgan laboratoriya asbob-uskunalarining koʼp qismi 
noyobligini hisobga oladigan boʼlsak, ularni ishlab chiqarishga ham besh oydan bir yilgacha vaqt 
ketadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ilmiy- tadqiqot muassasalari ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy 
asbob-uskunalar bilan jihozlash, zarur materiallar va butlovchi qismlar bilan uzluksiz 
taʼminlashni eng maqbul takliflar asosida ishlab chiqaruvchilar (ularning rasmiy vakillari) bilan 
toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar tuzish orqali xarid qilish lozim. 
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini zarur sarflash materiallar (reaktivlar) bilan uzluksiz taʼminlashga 
2018–2021 yillarda 1,9 mln АQSh dollari yoʼnaltirilishi koʼzda tutilgan.
Аmaldagi tartibga muvofiq, zarur sarflash materiallar (reaktivlar) xaridini amalga oshirishga uch 
oydan olti oygacha muddat talab etilmoqda. 
Bundan tashqari, ilmiy laboratoriyalar uchun zarur sarflash materiallari (reaktivlar)ni ishlab 
chiqarish hamda yetkazib berishga ixtisoslashgan maxsus muassasa tashkil etilmagan.
Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi jahon standartlariga mos keluvchi 
milliy mahsulot yaratish, iqtisodiyotning barcha jabhalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy 
qilish, sogʼliqni saqlash va ekologiya sohalariga innovatsiyalarni tatbiq etish orqali aholi 
sogʼligʼini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini oshirish, qishloq xoʼjaligi, jumladan, 
urugʼchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash kabi vazifalarni bajarishni 
oʼz oldiga maqsad qilib olgan ekan, oʼz funktsional faoliyati doirasida istiqbolda bajarilishi 
rejalashtirilgan bir qator chora-tadbirlar va ishlarni belgilab oldi. Jumladan: 

2019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Rossiya 
Federatsiyasining Taʼlim vazirligi bilan Oʼzbekistonda bolalar texnoparki faoliyatini 
yoʼlga qoʼyish, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Koreya 
texnoparklar assotsiatsiyasi oʼrtasida hamkorlik oʼrnatish;



Yevropa Ittifoqi bilan «Horizon 2020» dasturlari doirasida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish va 
dasturlarda loyihalar bilan ishtirok etish;

«SILMAN» (АQSh) qurilish injini- ring kompaniyasining 80,0 mln АQSh dollari 
miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlarini Fanlar Аkademiyasining 
Toshkent shahridagi bir qator institutlarini Ulugʼbek posyolkasida yangi bunyod 
etiladigan «Olimlar shaharchasi» loyihasiga jalb etish;

«AIRTRANS INVEST LLP» (Kanada) kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent 
shahrida toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalarni jalb qilish orqali jami 8,5 mln АQSh dollari 
miqdoridagi 4 ta innovatsion ekomehmonxona qurish;

«Siemens Healthineers» (Germaniya) in- vestitsion kompaniyasi bilan hamkorlikda 
«Koʼp tarmoqli yuqori texnologiyalar klinikasi» investitsiya loyihasini amalga oshirish;

ikkilamchi issiqlik va energoresurslarni ishlatish orqali kichik hajmdagi turbogeneratorlar 
yordamida elektroenergiya ishlab chiqarishni amalga oshirish loyihasi boʼyicha chora-
tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

Oʼzbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida sohada innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish yoʼnalishida Smart- turizm kontseptsiyasini ishlab chiqish;

meva-sabzavotchilik sohasida qurgʼoqchilik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli 
navlarni yaratishga ixtisoslashgan ilmiy- tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda loyihalar 
ishlab chiqish;

innovatsion baliqchilikni yoʼlga qoʼyishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish;

Oʼzbekiston Respublikasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar transferini amalga 
oshirish;

innovatsion ishlanmalar va istiqbolli investorlar yagona bazasini shakllantirish va uni 
doimiy yangilab borish;

xorijiy tajribani chuqur tahlil qilish asosida Oʼzbekistonda ilm-fan vakillari tomonidan 
bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlar natijalarining qiyosiy tahlili va samaradorligini 
oshirish yuzasidan ilmiy-asoslangan xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqish, respublikamiz 
ilm-fani rivojlanishining qisqa, oʼrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish;

iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli ustuvor fan 
yoʼnalishlari dasturi, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik muammolarni hal 
etishga yoʼnaltirilgan manzilli dasturlarni ishlab chiqish, bu borada doimiy monitoring 
olib borish;

Oʼzbekistonga xalqaro investitsiya va moliya fondlarini jalb qilish va ularni 
akkreditatsiyadan oʼtkazish va respublikamizdagi faoliyatini tashkil qilish;

intellektual mulk obʼektlari, innovatsion va investitsion loyihalar, texnologiya va 
ishlanmalarga nisbatan kompleks sugʼurtani amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish;

Oʼzbekiston Respublikasi hududida venchur moliyalashtirishni jalb qilish sohasini va 


venchur moliyalashtirishni nazorat qilish, investitsion va boshqaruv kompaniyalarini 
tashkil qilishda koʼmaklashish;

innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun maxsus institutlar (innovatsiya 
jamgʼarmalari, innovatsion banklar, vendor fondlari) yaratish;

respublikamizdagi yosh olimlar, talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarni munosib 
taqdirlash, Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda respublika miqyosida tanlovlar 
oʼtkazish.
Bugungi kunda barcha sanoati rivojlangan mamlakatlar innovatsion kashfiyotlarni yaratishdan 
tortib ularni ishlab chiqarishga joriy etishga qadar barcha bosqichdagi innovatsion rivojlanish 
jarayonlarining mukammal tuzilmasiga ega. Rivojlangan davlatlar hozirgi kunda oltinchi 
texnologik ukladni boshdan kechirmoqda. Oʼzbekiston uchun ham bunday yuqori koʼrsatkichga 
erishish imkoni yoʼq emas. Bu maqsadga, avvalambor, puxta innovatsion siyosatni amalga 
oshirish orqali fuqarolik sektoriga innovatsiyalarni samarali joriy etish hamda mamlakatimizning 
barcha hududlarini qamrab oladigan innovatsion jarayonlarning faollashuvi hisobiga erishish 
mumkin. Shu bilan birga, innovatsion strategiya, umumilliy dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli 
amalga oshirishda ilmiy muassasalar, institutlar va innovatsion markazlarning oʼrni yuqori 
boʼlib, yurtimizni yangi texnologik bosqichga koʼtarishda institutsional, hududiy tuzilmalar 
oʼrtasidagi hamkorlik katta ahamiyatga ega.
Xulosa
Jamiyat taraqqiyotini ilm-fan, texniknika rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, shu ma’noda 
dunyoning barcha mamlakatlarida ilm-fanga aloxida e’tibor qaratiladi. Shunisi e’tiborliki, ilm-
fan ijtimoiy asoslarda yoki davlat tarkibiy tuzilmalarida amalga oshirilmasin, u davlat 
ahamiyatiga ega bo‘ladi. O‘tmishda ham olimlar, ijod ahli faoliyati davlat rahbarlari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan. Bizning zamonimizga kelib, u aksariyat davlatlarda xalq xo‘jaligining 
ajralmas sohasiga aylangan va u davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadi hamda uning ijrosi 
nazorat qilinadi. 
Ushbu kurs ishining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin:

fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish negizida fuqarolik jamiyatining iqtisodiy 
asoslarini mustaxkamlash, hamda uning keltirib chiqarayotgan oqibatlaridan inson va 
jamiyat manfaatlariga mos keladigan to‘g‘ri yo‘nalish kasb etishi kerak;

hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari va tendensiyalarini, ularning 
jamiyatdagi roli va funksiyalarini kompleks va chuqur o‘rganish;

bugungi ilmiy-texnika taraqqiyotida qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro 
ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga 
erishish muammolarini hal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

bugungi kunda ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyotida ilmiy maktablarning ahamiyati va 
o‘rnini hisobga olish;



ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy ishlab chiqarish jarayonlarining o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlari birinchidan, sog‘lom nasl, sog‘lom avlodni hosil qilish ishlarining izchil 
yo‘lga qo‘yilganligi; ikkinchidan, dunyoga kelgan sog‘lom naslni barkamol etib 
tarbiyalash uchun ularga dunyoviy bilimlarning sir – asrorlarni o‘rganish ishlarining 
ta’lim muassasalarini tashkil etish orqali amalga oshirilayotganligi; uchinchidan, kuchli 
ijtimoiy himoya yuritish asosida barcha kam ta’minlangan oilalar, nogironlar va 
keksalarning munosib turmush kechirishlari uchun shart – sharoitlar yaratib 
berilayotganligi; to‘rtinchidan,zamonaviy bilim cho‘qqilarini egallash uchun zarur 
bo‘lgan axborot va kommunikatsion vositalar bilan ta’minlash ishlarining muntazam 
ravishda amalga oshirilayotganligi;

ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash 
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi 
strategik vazifalardan biri bo‘lib, chegaralar yuvilib ketish ehtimolligi kuchli bo‘lgan 
bugungi informatsion davrda bu ishlar axborot jamiyatini ta’sis etish imkonini beradi. 
Shunday ekan kelajagamiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ilmiy-texnika yutuqlaridan 
to‘g‘ri foydalanish va ular ongida axborot xavfsizligini ta’minlash, ularni milliy 
mentalitetimiz ruhida tarbiyalashni davr o‘zi talab etmoqda;

ilmiy-texnik taraqqiyotda birinchidan, texnogen sivilizatsiya transformatsiyasi va 
globallashuvida har qanday milliy davlatning xalqaro mavqei va maqomi uning jahon 
hamjamiyati bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamkorlikdan manfaatdorligiga; 
ikkinchidan, tarixiy shakllangan milliy texnogen sivilizatsiya an’analarini, merosini 
saqlashiga, dunyo xalqlari tajribalarini transformatsiyasi va ijodiy rivojlantiruvchi 
ob’ektiv shart-sharoitlari sub’ektiv omillari yetarlicha; uchinchidan, texnogen 
sivilizatsiya globallashuvining ob’ektiv xarakterini zaruriyatini, imkoniyatlarini anglash 
asosida, uning tendensiyasini, transformatsiyasi yo‘nalishlarini prognozlashtirish 
vazifalarini belgilashga; to‘rtinchidan, umuminsoniy va milliy qadriyatlar integratsiyasini 
global texnogen sivilizatsiya manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishning konstruktiv 
usullarini, ratsional vositalarini yaratishga; beshinchidantexnogen sivilizatsiya 
globallashuvining muhim sub’ekti bo‘lgan milliy davlatlar boshqaruv tizimi demokratik 
xarakteriga bog‘liq bo‘ladi;

bugungi ilmiy-texnik taraqqiyotda ma’naviy integratsiya ijtimoiy taraqqiyotning muhim 
omili sifatida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakillanishida fuqarolar faolligi 
oshishiga, hamda ularning ozod, obod va erkin, demokratik fuqarolik jamiyati qurish 
ishlarida jamiyatimiz aholisini ma’naviy integratsiya jarayoni negizida bunyodkorlik 
ishlarini amalga oshirishda, ularni jipslashishga, uyushishga, safarbarlikni 
ta’minlashning, muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.

Download 343.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling