Jahon miqyosida ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanish tendensiyalari


Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi


Download 343.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi343.84 Kb.
#1411210
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
innovatsiya

Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanishini prognoz baholanishi
Ilmiy-texnika taraqqiyotini shakllanishi va ularning natijalarini amalga oshirish 5 ta bosqichdan 
iborat bo`ladi, ya’ni fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar, ishlab chiqarishga 
tayyorlash va ekspluatatsiya.
Har bir bosqichning o‘ziga xos ish hajmiga ega, bu jarayonning yechimi jarayon 
ishtirokchilaming malakasi va tarkibiy tuzilishiga qarab, mehnat qurollari va jihozlari bilan 
ta’minlanishiga qarab, moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi, ijrochi tashkilotlar 
birlashmasi tuzilishi va ulaming faoliyatini boshqarilishi bilan farqlanadi. Ushbu jarayonning 


o‘ziga xosligi shundaki, u prognozlashtirish vazifasining tarkibi, xususiyati va ularning 
yechimiga qo‘llaniladigan usullardir. 
Fundamental tadqiqotlar - bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy 
rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni 
chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, 
yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va tamoyillari 
ishlab chiqish imkoniyati paydo bo`ladi.
8
Izlanuvchi mehnati mahsuli, jamoa faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining 
tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy hujjatlar, mualliflik huquqini 
tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda 
o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun 
ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, 
amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga 
qo‘llashga harakat qilinadi. 
Ilmiy-texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon 
hisoblanadi. Shuning uchun obyektni prognozlash uchun ekspert usullaridan keng qo‘llaniladi. 
Ayni vaqtda usul tanlash obyektning xususiyatidan kelib chiqadi.
Amaliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlami 
tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika, texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish 
maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish hamda 
mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan 
iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot
me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqot natijalari va ularni 
bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib obyekt sifatida iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini qamrab oladi. 
Amaliy tadqiqotlami prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar 
hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlaming 
malakasining oshishi, yangi mutaxassislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy 
ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj.
Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, 
texnologiyalar, mahsulotlar hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini 
modemizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushuniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlarga 
o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. Ularni amalga oshirishda 
quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba 
namunalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish. 
Konstruktorlik - tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha 
tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar 
tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi.
Asosiy tarmoqlarning ilmiy tekshirish institutlari tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va 
ishlanmalarga kerakli ishchi kuchi, ularning vazifalari belgilangan boshqaruv tashkilotlar 
tomonidan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon seriyali ishlab chiqarishga to‘la tayyor 


bo‘lsa, tajribaviy konstruktorlik ishlanmalar yakuniga yetkazilgan bo‘lib hisoblanadi. 
Ishlanmalarning yakuniy mahsuli ixtiro uchun berilgan ariza, chizmalaming yangi texnika 
yaratishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni mahsulotni ishlab 
chiqarishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni yangi boshqaruv 
sistemasi, yangi sexlarni barpo etish loyihalarida ifoda etiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni 
prognozlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligi uchun jamoa ekspertlar usullaridan ko‘proq 
foydalaniladi.
9
Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiy- texnologik rivojlanishga va 
mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini 
qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari 
tasdiqlangan: 

Fundamental izlanishlar;

Axborot texnologiyalar va elektronika;

Ishlab chiqarish texnologiyalar;

Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar;

Тirik tizim texnologiyalari;

Тransport;

Yoqilg`i va energetika;

Ekologiya va tabiatdan foydalanish.
Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha 
yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan texnologiyalar 
tanlab olingan.
Aynan shu bosh yo‘nalishlar, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ХХI asr boshida iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlar asosi bo‘lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral 
hisoblanadi. 
Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi 
darajasidan ustun turadi:

aviatsion va kosmik texnika;

atom energetikasi;

oqsil preparat va komponentlari;



biomoslashgan preparatlar;

biomuhandislik asosidagi biotexnologiya;

katalizatorlar;

keramik materiallar va nokeramika;

membranalar;

rekombinant vaksinalar;

eng qattiq materiallar;

ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta‘minlash tizimlari;

sun‘iy intelekt va virtual reallik tizimlari;

nutq, tekst va ko‘rinishlarni aniqlash sistemalari;

immunokorreksiya texnologiyalari;

tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi;

ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni 
rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari;
Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda 
moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga 
oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir.
Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy 
o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va 
saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-
uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini 
rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Faqatgina ko‘rsatilgan shartlarni amalga oshirish natijasida 
mamlakatimizda ilmiy-texnika taraqqiyotni rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo‘lishi 
mumkin. 
4.

Download 343.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling