Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi zamonaviy moliyaviy operatsiya va bitimlarni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish o‘ta muhimligini yana bir bor isbotladi
Download 35.83 Kb.
|
Jahon moliyaviy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank depozitlari
- Bank tizimini isloh qilish
Bank kreditlari2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, iqtisodiyotga berilgan qoldig‘i 277 trln. so‘mni tashkil etdi, bu 2019 yilga nisbatan 30,9 foizga va 2017 yilga nisbatan 150 foizga ko‘proqdir. Xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta baholashlarsiz kreditlarning real o‘sishi 24,9 foizni tashkil etdi. Jami kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlarning ulushi 2017 yildagi 62,3 foizdan 49,9 foizgacha kamaydi. 2021 yil 1 yanvar holatiga jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar qoldig‘i 2017 yilga nisbatan 304 foizga (13,6 trln. so‘mdan 54,9 trln. so‘mga), sanoatga berilgan kreditlar hajmi esa 126 foizga (45,2 trln. so‘mdan 102,2 trln so‘mga), savdo va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kreditlar hajmi 280 foizga (5,2 trln. so‘mdan 19,9 trln. so‘mga) oshdi. Bank depozitlari2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, bank tizimidagi depozitlarning umumiy hajmi 114,7 trln. so‘mni tashkil etdi, shundan 27,4 trln. so‘m (24 foiz) – jismoniy shaxslar depozitlari, 87,3 trln. so‘m (76 foiz) – yuridik shaxslarning depozitlari. Jismoniy shaxslarning depozitlari ulushi bank tizimidagi jami depozitlar hajmining atigi 24 foizini tashkil etadi. Biroq, so‘nggi yillarda aholi depozitlarining o‘sish sur’atilari sezilarli darajada tezlashdi. Xususan, milliy valyutadagi aholi omonatlarining o‘sish sur’ati 2018 yilda 38,2 foizni, 2019 yilda 45,2 foizni, 2020 yilda 31,7 foizni tashkil etdi. Xorijiy valyutadagi depozitlar hajmi 2018 yilda 2 foizga, 2019 yilda 40,1 foizga, 2020 yilda 27,7 foizga o‘sdi. Bank sektori depozitlari Jismoniy shaxslar depozitlari Bank tizimini isloh qilishBank tizimi samaradorligini va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bank tizimida davlat ulushini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2020-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish Strategiyasi to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmonga muvofiq, Ipoteka bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Aloqa bank, Qishloq Qurilish bank va Turon bankni xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2020 yilda strategiyani amalga oshirish doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Ipoteka bankka bankni xususiylashtirishni qo‘llab-quvvatlash va kichik va o‘rta biznesga kreditlarni ko‘paytirish uchun o‘zbek so‘mida 35 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Bundan tashqari, «O‘zsanoatqurilishbank» transformatsiya dasturini amalga oshirishni boshladi. Bank o‘zining biznes modelini tijoratlashtirish va korporativ boshqaruvni isloh qilish bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydi. Shu bilan birga, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ERDB) bankka xususiylashtirish, g‘aznachilik operatsiyalarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish bo‘yicha ko‘mak va maslahatlar beradi. Xususan, 2020 yilda “O‘zsanoatqurilishbank” va ERDB o‘rtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportyorlar, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun 40 mln. dollar miqdorida kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida kredit shartnomasi imzolandi. Bank anderayting joriy etdi va bu kreditlash operatsiyalarini xodimning ishtirokisiz amalga oshirishga imkon beradi. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling