Jahon qishloq xo’jaligi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Sirojovvvvv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI VA ISHHAB ChIQARISH QUVVATLARI 1 • Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi 2 • Asosiy fondlarni baholash 3 • Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi Reja: Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. Hozirgi kunda asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1 . Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 2 . Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va mehnat buyumlarini o‘zgarishi bilan bog‘lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, ko‘priklar va h.k.). 3 . Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi uskunalar. 4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: - energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari); - ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbobuskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar kiritiladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling