Jahon qishloq xo’jaligi
Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Sirojovvvvv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy eskirish
- Amortizatsiya
Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida yillar o‘tishi bilan eskiradi va o‘z sifatini yo‘qota boradi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq muddat ishtirok etganligi tufayli vaqt o‘tishi bilan jismoniy va ma’naviy jihatdan eskiradi. Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman yemirilishi tushuniladi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ishlab chiqarishda ishlab turgan mehnat qurollari ishga butunlay va qisman jismoniy yaroqsiz bo‘lib qoladi Fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o‘sishi tufayli ishlab turgan mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan unumli va tejamli yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy yemirilish muddati tugamasdan qadrsizlanishi – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish fondlarning bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqishni ko‘p jihatdan zarur qilib qo‘yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag‘ sarf qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Amortizatsiya – (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital(fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlarva uskunalar, binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishiva ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlabchiqarilayotgan tayyor mahsulotga o‘tib borishi Asosiy fondlarni to‘liq tiklanishi uchun zarur jami amortizatsiya ajratmalari quyidagi formulaga asoslanib hisoblanadi: Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling