Jahon savdosida raqobatning kuchayishi
RAQOBAT KUCHLARINI BILISH -RAQOBATBARDOSHLIKNING ASOSIY OMILI
Download 0.77 Mb.
|
JAHON SAVDOSIDA RAQOBATNING KUCHAYISHI
RAQOBAT KUCHLARINI BILISH -RAQOBATBARDOSHLIKNING ASOSIY OMILI
Raqobatning besh kuchi quyidagilar: Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni bozorda paydo bo‘lishi imkoniyati; Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta’minotchilaning ta’sir etish imkoniti; Xaridorlarning bozorda hukmronligi (runochnaya vlast); Ma’lum tovar o‘rinbosarlarining bozorda paydo bo‘lish imkoniyati; Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat. Birinchi kuch, bozorda mavjud kompaniyalar tomonidan to‘siqlar mavjud bo’ladi.Tarmoqqa kirishdagi to’siqlar turli sabablarga ko’ra tug’ilishi mumkin va turli xarakterga egadir. Tarmoqqa raqobatchilarni kirishini cheklash, to‘siqlarni tug‘dirish, yaratish uchun 6 ta shart-sharoit ko‘rsatiladi: Ishlab chiqarishning yuqori masshtabi,tejashni yaratadi,qachonki bozorda yangi kompaniya xulq atvoriga juda ta’sir etadi.Masshtab hisobiga tejash yangi firma uchun uncha qat’iy bo‘lmagan sharoitdir. Mahsulot differenstiastiyasi Nisbatan yuqori xarajatlar Kapitalga ehtiyoj Taqsimot kanallari. Masalan: Mobil aloqa bozorida yangi raqiblarni kelish imkoniyati uncha katta emas. Bu shu bilan tushuntiriladiki, bozor shakllangan faoliyatni amalga oshirishi uchun katta xarajatlar talab etiladi,shuningdek tarmoqqa kirishdagi yuqori to‘siqlar bilan birgalikda. Bu ushbu tarmoqning faoliyatida raqobat kuurashida aks etadi va uning xususiyatlarini yaratadi. Bozor ishtirokchilari yangi kompaniyalar tamonidan raqobatdan qo‘rqmaydi. Ikkinchi kuch ta’minotchilarni bozor kuchi. Ular taklif etayotgan tovarlar yoki xizmatlarni narxini va sifatini o‘zgarishi imkoniyati bilan ifodalanadi. Ta’minotchilar imkoniyatini raqobatga ta’sirini ta’minlaydigan bir qator omillar ajratiladi: Agar tarmoqda uncha ko‘p sonli bo‘lmagan kompaniyalar bo‘lsa va ular cheklangan sonli xomashyo ta’minotchilari bilan ishlasa, ularning raqobat holatiga ta’siri aniq bo‘ladi; Agar mahsulot nodir (unikalniy) bo‘lsa, ta’minotchi tarmoqdagi raqobatga ta’sir ko‘rsatadi; Ta’minotchilar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etishi mumkin; Ta’minotchilar tarmoqqa kirishga aniq harakatlar yordamida halaqit berishi mumkin; Ta’minotchilar tarmoq holati bilan xavotirlanmaydi. Bu juda xavfli holat, ta’minotchi o‘z narxini qo‘yib, xaridor qiziqishlarini hisobga olmay, istimolchilar tamonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarni qo‘llabquvvatlamaydi. Uchinchi kuch, xaridorlar kompaniya faoliyatida muhim hisoblanadi. Xaridorlar tarmoqqa 7 ta asosiy holatda ta’sir ko‘rsatadi: Tarmoq mahsuloti xaridorlari uncha katta bo’lmagan sonda, lekin ular katta miqiyosdagi xaridni amalga oshiradi; Agar tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulot standart yoki differenstiallanmagan bo‘lsa, xaridorlar raqobatga ta’sir etish imkoniyatiga ega bo’ladi; Agar xaridorlar mahsulotni o‘zi ishlab chiqarish faoliyati uchun xarid qilayotgan bo‘lsa, bu maxsulot xarajatda oxirgi o‘rinni egallamaydi, xaridorlar o‘z xarajatlarini qisqartirishga harakat qiladi va ta’minotchini boshqa tovar olayotganga nisbatan aniq tanlaydi; Tarmoqda ishlab chiqriluvchi maxsulot xaridorlari o’z faoliyati davomida uncha katta foyda olmaydi. Bu xarajatlarni kamaytirilishini talab etadi; Xaridorlar tarmoqdagi raqobatga ta’sir etish qobiliyatiga egadir; Tarmoqda mahsulot tezda sotib olinadi; O‘z ishlab chiqarishini yaratish imkoniyati tug‘iladi, ta’minotchi bilan xaridor o‘rtasida shartnoma tuziladi. To‘rtinchi kuch , tovar o‘rinbosarlari –mahsulot differensiatsiyasi va doimiy tarzda taklif etilayotgan mahsulot sifatini oshirish kerak . Beshinchi kuch tarmoqdagi raqobatchilar ko‘p omillariga bog‘liq: Tarmoqda ko‘p sonli raqobatchilar mavjud; Tarmoq sekin o‘sish sur’ati bilan o‘smoqda; Kompaniyani tarmoq chiqish to‘siqlari yuqori; Tarmoqda raqobat kuchayadi,qochonki ishlab chiqarish quvvati tez sur’at bilan o‘ssa; Tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uncha katta bo‘lmagan xarajatlarga ega; Tarmoq ishlab chiqarayotgan tovarlar tez buzuluvchiga kiradi; Ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo’lgan kompaniyaning tarmoqdagi doimiy xarajatlari yuqori; Raqobatchilar turli xil strategiyalar tanlaydi, har xil usullar bilan harakat qiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling