- O‘zini Sharrum-ken (“haqiqiy podsho”) deb atagan Sargon (m.a. 2316-2361 yy) Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi va butun Shumerni istilo qildi. Sargon butun Mesopotamiyani Akkad davlati qo‘l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qiladi.
- Sargon davlati oldingi Mesopotamiya davlatlaridan farq qilgan holda markazlashgan davlat edi. Sargon va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar munosabatlari, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuksaladi.
- Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros tog‘laridan bostirib kirgan tog‘li qabilalardan bo‘lgan kutiylar chek qo‘yganlar. Lagash hokimlari kutiylar yordamiga tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar. Kutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. M.a. 2109-yil kutiylar Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va III Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi. Shumer-akkad podsholigining davlat boshqaruvi III sulola davrida qadimgi Sharq podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |