Qadimgi Mesopotomiya madaniyati. - Mesopotamiya – jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo‘lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o‘zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari m.a IV ming yillikda shaharlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi.
- M.a. IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma’lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizatsiya xizmatiga qo‘ydilar. Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan eramizdan avvalgi III ming yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda sodda bo‘lib, haqiqiy yozuv emas edi, u so‘zlarni ifodalamas edi. Sekin-asta u mixxatga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |