Jahon sivilizatsiyalari tarixi fanidan taqdimotlar 2-mavzu: ikki daryo oralig‘ining (mesopotamiya) va qadimgi misr siivilizatsiyalari


Download 74.66 Kb.
bet4/12
Sana01.12.2021
Hajmi74.66 Kb.
#178547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Месопатамия узб презентация

Sulolalar davri

  • Ilk sulola davrida m.a. XXVIII-XXVII asrlarda shahar-davlat tepasida «En» (janob)-oliy kohin turgan, ehtimol u saylab qo‘yilgan. «En» ning vazifasi kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug‘orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo‘lgan. M.a. III ming yillik o‘rtalarida “En” unvoni o‘rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va “Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha “sharru”) paydo bo‘ladi.
  • M.a. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o‘zlashtira boshladilar. Shu davrdan arxeologlar ilk sulola davrini (m.a. 3000-2300-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasi esa mamlakat tarixini “to‘fon”gacha va “ to‘fondan” keyingi davrga bo‘ladi.
  • Shumer tarixini u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga qarab m.a. III ming yillikning birinchi yarmida ilk sulola davrini tashkil qilgan uch bosqichga bo‘lish qabul qilingan. Dastlab Kish, so‘ngra Uruk va uchinchi bosqichda Ur yetakchilik qilgan.
  • Vaqt o‘tishi bilan ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib qo‘shni Lagash shahri kuchayib ketadi. Lagash deyarli barcha Shumer shaharlarini bo‘ysundiradi, Elam ustidan g‘alaba qiladi. Ammo ichki ziddiyatlar Lagashni zaiflashtiradi. Lagashning ichki qiyinchiliklaridan foydalangan Umma shahri podshosi Lugalzagissi m.a. XXIV asr oxirida Lagashni bosib olib, butun Shumerda chorak asr yetakchilik mavqeiga ega bo‘ladi.

Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling