jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)
Ikkinchi muammo: Falastinlik qochqinlar
Download 62.74 Kb.
|
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi muammo: Suv resurslaridan foydalanish
- To‘rtinchi muammo: Quddusni «yahudiylashtirish» tomon intilish
Ikkinchi muammo: Falastinlik qochqinlar. Falastinlik qochqinlar 1948 yilgi arab-isroil mojarosi va 1967 yilgi «olti kunlik urush» natijasida uyidan va tirikchilik vositalaridan ayrilgan odamlardir. Isroil tashkil topgandan keyin qochib ketgan yoki Isroildan chiqarib yuborilgan falastinliklar soni 1949 yilda 711 ming kishini tashkil etgan. 1967 yilgi Arab-Isroil urushi paytida esa 350 mingdan 400 minggacha falastinliklar ko‘chirilgan. Qochqinlarning uchdan bir qismi Iordaniya, Livan, Suriya va G’azo sektoridagi tan olingan qochqinlar lagerlarida, qolganlari esa ushbu mezbon mamlakatlarning shaharlari va qishloqlarida yashaydi.
BMT rezolyutsiyasiga ko‘ra, Isroil arab qochoqlariga uylariga qaytishga ruxsat berishi yoki ularga tovon to‘lashi kerak. Arablarning to‘g’ridan to‘g’ri avlodlari ham qochoqlar hisoblanishadi va mos ravishda, ularning soni ayni paytda 5 milliondan ortiq. Arablar Falastin hududiga emas, aynan Isroilga, kindik qoni to‘kilgan vatanlariga qaytish huquqlarini talab qilishmoqda. Isroil bundan bosh tortyapti va kelajakda ham bunga ko‘nishiga ishonish qiyin. Uchinchi muammo: Suv resurslaridan foydalanish. Yaqin Sharqda suv resurslari katta siyosiy ahamiyatga ega. Isroil foydalanadigan suvining katta qismini ikki o‘rtada tortilgan «Yashil chiziq» ostidagi ikkita katta yer osti suv qatlamlaridan olgani sababli, bu suvdan foydalanish Isroil-Falastin mojarosida munozarali bo‘lib kelgan. Isroilning ushbu hududlardan ko‘p miqdordagi suvni tortib olishi falastinlik arablarning katta e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, Isroilga Iordan daryosi tizimidan foydalanish imkoniyati berilgan, falastinliklar esa bunday huquqqa ega emas. G’azo sektorida aholining juda zich yashashi (bir kvadrat kilometrga 5800 kishidan ko‘proq) va aholi soni ortib borish tendensiyasining yildan yilga oshishi hisobga olinsa, toza ichimlik suvi bo‘yicha muammoli vaziyatlarning yanada keskinlashuvini kutish mumkin. To‘rtinchi muammo: Quddusni «yahudiylashtirish» tomon intilish. So‘nggi bir necha yildan beri Isroil hukumati 1967 yildan keyin BMT tomonidan arab davlatini tashkil etish uchun ajratilgan Iordan daryosining g’arbiy qirg’og’ida aholi maskanlarini qura boshladi. Falastinliklar bu maskanlarni noqonuniy deb hisoblashadi – ularning aholisi tez-tez terakt va hujumlar qurboniga aylanishadi. Ammo diniy mutaassiblar bu yerda yashash orqali muqaddas yerni Isroilga qaytarishni o‘zlarining burchi deb bilishadi. Qurilish tobora kengayib, falastinliklarni tashvishga solmoqda va g’arbiy qirg’oqning Falastinga qaytarilish ehtimolini qiyinlashtirmoqda. Ayni paytdagi voqealarni keltirib chiqargan omillardan biri ham ba’zi falastinlik oilalarning Isroil istilosi ostidagi Falastin yerlari hisoblanuvchi Sharqiy Quddusning eski shahar devorlari tashqarisida joylashgan Shayx Jarroh mahallasidagi yerlari va uylaridan chiqarib yuborilish tahdidi hisoblanadi. Download 62.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling