jahon siyosati bajardi: (Kechki ta’lim)


Download 62.74 Kb.
bet5/10
Sana06.02.2023
Hajmi62.74 Kb.
#1169478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI ARAB-ISROIL NIZOSI

Ayni paytdagi vaziyat Isroil va G’azo sektorini nazorat qiluvchi HAMAS va «Islom jihodi» harakatlari o‘rtasidagi navbatdagi ixtilof 10 may kuni boshlandi. HAMAS Isroilga ultimatum qo‘yib, Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofidagi hududlar va Shayx Jarroh dahasidan xavfsizlik kuchlarini olib chiqishni talab qilib, yo‘qsa urush boshlash bilan tahdid qilgan.2
Bundan avvalroq ushbu hududlarda Isroil politsiyasi va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Ularning boshlanishiga Isroilning Shayx Jarrohdan falastinlik oilalarni chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan. HAMAS o‘z talabi bajarilmagach, Isroilga raketalar bilan zarba berishni boshlagan. o‘tgan davr ichida G’azodan Isroil tomon 2 mingtaga yaqin raketa otilgan. Zarbalar davomida Isroilda 9 kishi halok bo‘lgan. Bunga javoban Isroil havo amaliyotini boshlab, HAMAS va «Islom jihodi»ning G’azodagi obektlariga zarba bera boshlagan. Falastin tomonining xabar berishicha, hujum oqibatida G’azoda 120ga yaqin kishi, jumladan, 29 nafar bola halok bo‘lgan. G’azo sektori bilan ixtilof ortida Isroilning o‘zida ham vaziyat keskin tus oldi. Hozirda mamlakatning ko‘plab shaharlarida arablar va yahudiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.
Ayni paytda Isroil Misr tomonidan taklif etilayotgan harbiy operatsiyalarni to‘xtatish haqidagi takliflarni rad etgan.
Uzoq oʻtmishdan buyon yahudiylar barcha joydan quvilib, darbadarlikda hayot kechirishgan. Ular uchun hayot bunday davom etishi mumkin emas edi. XX asrning boshlarida katta yahudiy oilalar Yevropadagi birja bozorlarini oʻz nazoratlariga olishgandi. Endilikda bu oilalar mustaqil Isroil davlatini barpo etish uchun rejalar tuzishdi. Yahudiylar bu yerlarni vaʼda qilingan yer “Arzimamut”, deb atagan. Oʻsha vaqtda, bu hududlar Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XIX asr oxirida hududda 400 ming aholi istiqomat qilgan. Bulardan atigi 6 minggi yahudiy, qolganlari esa arablar boʻlgan.
1897-yilda Jahon siyonistik tashkilotiga asos solinadi. Shundan soʻng yahudiylar asta-sekin Falastinga koʻchib kelib, yirik arab feodallaridan yer sotib ola boshladi. Albatta, bunga Yevropadagi yirik yahudiy oilalar katta moliyaviy koʻmak berib turdi.
Katta o‘yin. Birinchi Jahon urushi (1914-1918)dan soʻng toʻrtta (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmonli) imperiya quladi. Shundan soʻng, 1919-yilda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan “Millatlar Ligasi” deb nomlangan xalqaro tashkilot tuzildi. Aslida, bu tashkilot qudratli davlatlar qoʻlidagi bir qoʻgʻirchoq edi. Millatlar Ligasining nizomida “Mandat tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qoʻyildi. Unga koʻra, Millatlar Ligasi mustamlaka boʻlib kelayotgan hududni boshqarish huquqini boshqa bir davlatga topshirishi mumkin edi.
Bunday huquqni olgan davlat oʻsha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim boʻlgan. Bu mustaqil Isroil davlatini tashkil etish uchun oʻylab topilgan bir hiyla edi. Usmonli imperiyasiga qarashli boʻlgan Falastin hududlari Buyuk Britaniya ixtiyoriga oʻtdi. Urush tugamasidan oldin Britaniya Tashqi ishlar vaziriligi “Balfur” deb nomlangan deklaratsiyasini imzoladi. Unga koʻra, Falastinda yahudiylar davlatini tuzish rejasi eʼlon qilindi.
XX asrning 30-yillariga kelib, Falastindagi yahudiy jamiyati 400 ming kishiga yetdi. Maʼlumotlarga koʻra, oʻsha vaqtda arab aholisining soni esa 1 million yaqin boʻlgan. Ikki xalq orasidagi ziddiyat yildan-yilga jiddiylashib bordi.

Download 62.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling