Jahon siyosati va tarix fakulteti xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi


Maurya  davlatining  qulashi  va  Hindistonning  mayda  dav-latlarga  bo`linib


Download 279.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana22.04.2020
Hajmi279.07 Kb.
#100778
1   2   3
Bog'liq
qadimgi hind manbalarida mauriylar imperiyasi tarixi


Maurya  davlatining  qulashi  va  Hindistonning  mayda  dav-latlarga  bo`linib 

ketishi. Ashoka  vafotidan  so`ng  mamlakatda  toj-taxt  uchun  sulolaviy  janglar  ayj  oladi. 

Shimoli-g`arbdan Panjobga Yunon-Baqtriya qo`shinlari bostirib kiradilar. Miloddan avvalgi 

180-yilda Maurya sulolasining so`nggi podshosi taxtdan ag`darib tashlanadi va o`ldiriladi.  

Shu  yili  taxtni  shunglar  sulolasiga  mansub  kishilar  egallaydilar.  Bu  davrda  Maurya 

davlatining  chegaralari  Gang  vohasi  bilan  kifoyalangan  edi.  Shunglar  davlati  uzoq  yillar 

davomida Yunon-Baqtriya va mayda Hind davlatchalari bilan urushlar olib borganlar. Shu 

davrda Panjobda Yunon-Hind podsholigi tashkil topgan.Shu davrlarda Panjobga yunon, sak 

va parfiya qo`shinlari tez-tez hujumlar qilib turishgan.  

Shunglar  sulolasi  mamlakatni  miloddan  avvalgi  180-yil  bilan  68-yillar  orasida 

boshqarganlar.  Miloddan  avvalgi  68-yili  Magadxada  navbatdagi  davlat  to`ntarishi  bo`lib, 

taxtni  Kanva  sulolasiga  mansub  kishilar  egallaydilar.  Ular  Magadxa  qo`l  ostidagi 

mamlakatni  45  yil  boshqaradilar.  O`zaro  urush-janjallar  tufayli  bu  davlat  ham  yemiriladi. 

Hindiston yana mayda davlatlarga bo`linib ketadi.

 

  



Hindistonning  Kushonlar  davlatiga  qo`shib  olinishi. Hindistonda  o`zaro  urushlar 

avjiga  chiqib,  mayda  davlatlarga  bo`linib  ketayotgan  bir  davrda,  shimoli-g`arbdan  kushon 

podsholarining istilolari boshlanadi. 

Miloddan avvalgi II asr o`rtalarilda Baqtriyaga o`tib joylashgan Yuechjilar shu yerda 

Kushon davlatiga asos soladilar.  

 

Kushonlar  davlatining  asoschilaridan  biri  Kudzula  Kadfiz  I  Kashmir  va  Janubiy 



Baqtriyani  bosib  oladi.  Uning  o`g`li  Vima  Kadfiz  II  esa  Hindistondagi  o`zaro  urush-

janjallardan foydalanib Panjob viloyati, Quyi Hind bo`ylari, Bengaliya va Hindiston yarim 

orolining markaziy qismlarini ham bosib oladi. 

 Kadfiz  II  vafotidan  keyin  Kushonlar  taxtiga  uning  o`g`li  Kanishka  I  o`tiradi. 

Kanishka  I  (milodiy  78–100–123-yil)  davrida  Hindistonning  janubiy  viloyatlari  ham 


Kushonlar  saltanati  tarkibiga  qo`shib  olinadi.  Kanishka  davrida  Kushonlar  saltanatining 

poytaxti  Baqtrdan  Peshovarga  ko`chiriladi.  Kanishka  I  va  Xuvishka  podsholik  qilgan 

davrlaridan  keyin  Kushon  davlati  kuchsizlanadi.  Milodiy  III  asr  oxirlarida  ichki  kurashlar 

va  g`arbdan  sosoniy  qo`shinlarining  bergan  qaqshatqich  zarbalari  ostida  Kushon  saltanati 

yemirilib, uning o`rnida katta-kichik davlatlar tashkil topadi. 

Guptalar  davrida  Hindiston. Kushonlar  saltanati barham  topgach,  Hindistonda  bir 

qancha  davlatlar  tashkil  topadi.  Milodning  IV  asridan  boshlab  Gang  vohasidagi  Magadxa 

davlati  yana  kuchayadi.  Bu  davlatning  asoschisi  Gupta  bo`lib,  sulola  ham  shu  nom  bilan 

atalgan. 

 Magadxa  davlati  Guptaning  nabirasi  Chandragupta  I  (milodiy  320–335)  va  uning 

o`g`li Samudragupta (milodiy 335–380) davrida ancha kuchayidi. 

 Ular Himolay tog`laridan Madras shahri oralig`idagi yerlarni bosib oldilar.  

Guptalar  sulolasi  saltanatining  gullab-yashnagan  davri  Chandragupta  II  podsholik 

qilgan  380–415-yillarga  to`g`ri  keladi.  Chandragupta  II  davrida  Hindistonning  yerlari 

Panjob,  Hind  vohasi  hisobiga  kengayadi.  Bu  davrda  Hindistonda  dehqonchilik, 

chorvachilik, hunarmandchilik, ayniqsa savdo-sotiq nihoyat darajada rivoj topadi. 

Chandragupta  podsholik  qilgan  yillar  Hindiston  tarixida  «Guptalarning  oltin  asri» 

deb madh etilgan. 

Chandragupta  II  vafotidan  keyin  Hindistonga  O`rta  Osiyo  tomondan  kidariylar, 

eftaliylar  va  boshqa  qabilalarning  hujumi  boshlanib,  ular  Panjob  va  Hind  vodiysida 

o`rnashib qoladilar. 

Kidariylar va eftaliylar bilan olib bonlgan urushlar natyasida juda ko`p kishilar halok 

bo`ladi, 

xo`jalikning 

hamma 


tarmoqlari 

izdan 


chiqadi. 

Guptalar mamlakatda markazlashgan davlatlar tuzishga ko`p harakat qiladilar.  

Lekin  bu  harakatlar  yaxshi  natija  bermaydi.  Shu  bilan  Hindistonning  qadimgi  tarixi 

ham o`z nihoyasiga yetadi. 

 Miloddan  avvalgi  VI  va  milodiy  V  asrlarda  Hindistonning  xo`jaligi. Miloddan 

avvalgi  I  mingyillik  o`rtalariga  kelib,  dehqonchilik  Gang  vodiysi  xo`jaligining  asosiy 

tarmog`iga  aylangan.  Ekinlarni  sug`orishda  sun`iy  kanal,  ariq  va  charxparraklardan 

foydalanganlar. 

Yer  haydashda  ho`kiz  qo`shilgan  omoch  va  so`qalardan  foydalanilgan.  So`qa  va 

omochlarga  qo`tos,  eshak,  xachir  va  otlarni  ham  qo`shgan  bo`lishlari  mumkin.  Hind 

dehqonlari  zarang  yerlarni  6–12  ho`kiz  qo`shilgan  qo`shaloq  qo`shlar  bilan 


haydaganlar.Qullar  sonining  orta  borishi  munosabati  bilan  yerga  ishlov  berishda  omoch, 

so`qa, tirma va molalarni qullar ham tortganlar. 

 Dehqonlar  bug`doy,  arpa,  tariq,  zig`ir,  sholi,  suli,  dukkakli  o`simliklar,  paxta, 

shakarqamish  va  choy  ekkanlar.Qadimgi  hind  aholisi  xo`jaligining  asosiy  tarmoqlaridan 

biri chorvachilik bo`lgan. Hindistonda yirik shoxli qoramol – sigir, buqa, ho`kiz, qo`tos va 

buzoqlar  boqishga katta e`tibor berganlar.Otlar  Hindistonda  yuqori baholangan. Ot asosan 

Panjob  viloyati  va  Hind  daryosining  Tar  cho`liga  tutash  bo`lgan  joylarda  boqib  parvarish 

qilingan.  Otlardan  asosan  minib  yurish,  jang  aravalariga  qo`shish  va  otliq  qo`shin  uchun 

foydalanilgan.Hindistonda  Nand,  Maurya,  Kushon  va  Guptalar  saltanatining  qaror  topishi 

munosabati bilan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik yanada rivojlanadi. 

Miloddan avvalgi VI asrdan milodiy V asrgacha bo`lgan davrda ichki va tashqi savdo 

ham  muttasil  rivojlanib  borgan.Miloddan  avvalgi  VI  asrning  oxiri  –  V  asr  boshlaridan 

boshlab kumush tangalar ham zarb etilgan. Qadimgi Hindiston tarixining hamma davrlarida 

savdogarlar 

va 

hunarmandlar 



badavlat 

bo`lishgan. 

Miloddan  avvalgi  VI–IV  asrlarda  Hindistondagi  davlatlar  va  savdogarlar  suv  va  quruqlik 

yo`li orqali Janubi-Sharqiy Osiyo, Seylon, Arabiston, Afrika, Eron va Turon o`lkalari bilan 

qizg`in savdo ishlarini olib borganlar. 

 Kushonlar davrida esa Hindiston, yuqorida nomlari aytilgan mamlakatlardan tashqari 

Rim,  Mesopotamiya  va  Xitoy  bilan  ham  savdo-sotiq  ishlarini  olib  borganlar.  Bu  jihatdan 

miloddan  avvalgi  II  asrda  «Buyuk  ipak  yo`li»  ning  ochilishi  alohida  ahamiyatga  ega 

bo`lgan.  Hikoya  qilishlaricha  Hindiston  janubidagi  Kerala,  Chola  va  Pandya  kabi 

davlatlarga Rim savdo kemalari kelishgan ekan. Milodiy I–IV asrlarda Kushon podsholari 

turli ma`danlardan tanga pul chiqarganlar. Oltin tangalar zarb qilish ham kushonlar davriga 

to`g`ri keladi. Savdo-sotiq Hindistonda hukm surgan hamma davlatlar davrida rivojlangan. 

Chunki  savdogarlar  hunarmandlar  singari  davlatga  juda  katta  foyda  keltirganlar.Shunday 

qilib, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashda, 

hunarmandchilik  uchun  turli  xomashyo  yetkazib  berishda  muhim  ahamiyat  kasb  etgan. 

Uzoqni  ko`zlagan,  siyosatdon  podsho  va  amaldorlar  xalqaro  savdoni  rivojiga  homiylik 

qilganlar.   

Qadimgi  sharq  diplomatiyasi  va  xalqaro  Manu  huquq  qonunlari  eng  ajoyib  manba 

hisoblanadi (eramizdan avvalgi I – asrda) 

Hind  rivoyatiga  ko`ra  Manu  qonunlari  afsonaviy  Manuning  ilohiy  qilib  chiqish, 

ariylarning birinchi avlodidir. Manu qonunlarida siyosatga xalqaro huquqqa, savdo sotiqqa, 


xarbiy sohaga oid ko`plab qonunlar izohlanadi. Bu qoidalar eramizdan avvalgi I mingyillik 

mobaynida shakllangan edi.  

Hind  xukumdorlari  nafaqat  turli  qadimgi  hind  shoxlari  bilan  birga,  balki  qo`shni 

chegaradosh mamlakatlar bilan ha, tashqi siyosiy aloqalar va ichki diplomatiyani olib borar 

edilar.  Qadimgi  Ximd  davlati  Muur‘yaning  asoschisi  Chandragupta  A.  Makidonskiyning 

davomchilaridan biri Selevk bilan o`zaro manfaatli munosabatlarni olib brogan. 



Miloddan  avvalgi  VI  va  milodiy  V  asrlarda  Hindistonning  xo`jaligi. Miloddan 

avvalgi  I  mingyillik  o`rtalariga  kelib,  dehqonchilik  Gang  vodiysi  xo`jaligining  asosiy 

tarmog`iga  aylangan.  Ekinlarni  sug`orishda  sun`iy  kanal,  ariq  va  charxparraklardan 

foydalanganlar. 



Hindistonning  Kushonlar  davlatiga  qo`shib  olinishi. Hindistonda  o`zaro  urushlar 

avjiga  chiqib,  mayda  davlatlarga  bo`linib  ketayotgan  bir  davrda,  shimoli-g`arbdan  kushon 

podsholarining istilolari boshlanadi. 

Miloddan avvalgi II asr o`rtalarilda Baqtriyaga o`tib joylashgan Yuechjilar shu yerda 

Kushon davlatiga asos soladilar. Kushonlar davlatining asoschilaridan biri Kudzula Kadfiz I 

Kashmir va Janubiy Baqtriyani bosib oladi. Uning o`g`li Vima Kadfiz II esa Hindistondagi 

o`zaro  urush-janjallardan  foydalanib  Panjob  viloyati,  Quyi  Hind  bo`ylari,  Bengaliya  va 

Hindiston  qismlarini bosib oladi. 

 Kadfiz  II  vafotidan  keyin  Kushonlar  taxtiga  uning  o`g`li  Kanishka  I  o`tiradi. 

Kanishka  I  (milodiy  78–100–123-yil)  davrida  Hindistonning  janubiy  viloyatlari  ham 

Kushonlar  saltanati  tarkibiga  qo`shib  olinadi.  Kanishka  davrida  Kushonlar  saltanatining 

poytaxti  Baqtrdan  Peshovarga  ko`chiriladi.  Kanishka  I  va  Xuvishka  podsholik  qilgan 

davrlaridan keyin Kushon davlati kuchsizlanadi.  

Milodiy III asr oxirlarida ichki kurashlar va g`arbdan sosoniy qo`shinlarining bergan 

qaqshatqich zarbalari ostida Kushon saltanati yemirilib, uning o`rnida katta-kichik davlatlar 

tashkil topadi. 



 V. Xulosa 

Mauriylar  imperiyasi  tarixiga  oid  ko‘plab  manbalar  topilgan,  u  manbalarda  o‘sha 

davrdagi  davlatni  boshqarish  tizimi,  ijtimoiy  siyosiy  ahvol  ,  soliq  tizimi  va  boshqa 

ma‘lumotlar  yetib  kelgan.  Bir  yunon  tarixchisi  ,,  Har  bir  imperiyaning  gullash  va  qulash 

davri bo‘ladi‘‘ deb yozadi. Shunday ekan Muriylar imperiyasining eng gullagan va ravnaq 

topgan  davri  podsho  Chandragupta  davrida  bo‘ladi.  U  juda  katta  hududlarni  bosib  oladi  

shuning  uchun  uning  davrini  imperiyaning  ,,oltin  davri‘‘  deyishadi.    Uning  keyingi 

avlodlari davrida esa imperiya  sekinlik bilan yemirila boshlaydi. Tarixiy  manbalarni tahlil 



qilinganda  Mauriylar  imperiyasidagi  bayramlardagi  har  hil  marosimlar  ham  yozib 

qoldirilgan. Megahenesga ma‘lumotlariga ko‘ra Mauriya Fors shaharlari Suza va Ekbatana 

kabi 64ta taxtali teshilgan va yon tomoniga 570 minoralar  o‘rnatilgan.    Shunga o‘xshash 

ko‘plab ma‗lumotlarni ko‘rishimiz mumkin.                    

O‘rta  asrda  Hindistonga  tashrif  buyirgan  Tibetlik  olim    Taranathaning 

ma‘lumotlariga ko‘ra , Chanakya  Bindusaraga yordam bergan  ,, o‘n oltita qirollik qirollari 

va  aslzodalarni  yo‘q  qilish  va  shuning  uchun  sharqiy  va  g‘arbiy  okeanlar  o‘rtasidagi 

hududda  cheklanmagan  hukmdor    bo‘lish  degan  edi  mauriylar  hukmdori    Bindusara. 

Ashoka  bitiklariga  ko‘ra,  Mauriy  podshosi  davlat  apparati  tepasida  turgan  va  qonun 

chiqarish huquqiga ega bo‘lgan. Ashoka yirik davlat arboblarini o‘zi tayinlagan. Xazinabon 

ham  oily  sud  boshqaruvchisi  ham  o‘zi  bo‘lgan.‖Arthashtra‖  bitiklariga  ko‘ra  mauriylar 

davrida  boshqa  hech  qanaqa  davlatda  uchramaydiga  davlat  boshqaruv  tizimi  joriy  etigan. 

Manbalarda  hukmdorlarning  davlat  uchun  har  bir  qilgan  ishlari  yoritib  berilgan  ,  ularning 

qilgan  yurishlari  va  qo‘lga  kiritgan  joylari  haqidagi  ma‘lumotlarni  biz  o‘sha  davrda 

devorlarga  yozib  qoldirilgan  bitiklardan  ham  bilib  olishimiz  mumkun.  Mamlakatimizda 

mavud bo‘lgan kushonlar imperiyasi mauriylar hududlarini bosib olgan. Shunday qilib , bu 

sulola Hindiston tarixida juda katta iz qoldirdi.   

 

 

                                               Adabiyotlar: 



1. 

Fiyosov T. Qadimgi Hindiston tarixi. T. 1999. 

2. 

Boynazarov F. Kadimgi Dunyo tarixi. Darslik. 2004. 



3. 

Nеmirovskiy A.I. Qadimgi dunyo tarxi. V 2-x bo'limlari. 

4. 

Djavaxarlal Nеru. Hind haqiqati. - M., 1955. 



5. G‗iyosov T.G‗. Vatanini kashf etgan inson. // Fan va turmush jurnali. O‗zFA. 1989 

noyabr. 24-26 b. 

6.  Shomatov  O.,  Nurmatov  S.  O‗zbek-hind  madaniy  aloqalari  rivojlanishida o‗zbek 

hindshunoslarining qo‗shgan hissasi. Sharq mash‘ali jurnali. TDShI. 2010. 1-son. 7-11 b. 

7.  O‗zbekiston  –  Hindiston.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning 

Hindistonga davlat tashrifi yakunlariga doir. // Xalq so‗zi. 2011 yil 19 may, №98, 1-bet 

8.  N.Umarova.  O‗zbekiston  –  Hindiston:  o‗zaro  manfaatli  hamkorlikning  yangi 

istiqbollari. // ―Jahon AA‖. 2011 yil 14 may. 

9.Axmеdov B.A. O‘zbеkiston tarixi manbalari.-T.: «O‘qtuvchi». 2001. 

10.A.Madraimov. Manbashunoslikdan ma‘ruzalar majmuasi. –T. 2001. 



11.Ritvеladzе E.V. Buyuk ipak yo‘li.-T.: 1999. 

12. www.ilm.uz 

13. www.referat.uz 

14. www.tarix.uz 



15. www.vikipediya.uz 

Download 279.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling