Jahon siyosati va tarix fakulteti xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi


II.2 Manbalarda Imperiyaning  tashkil topishi va rivojlanishi


Download 279.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.04.2020
Hajmi279.07 Kb.
#100778
1   2   3
Bog'liq
qadimgi hind manbalarida mauriylar imperiyasi tarixi


II.2 Manbalarda Imperiyaning  tashkil topishi va rivojlanishi 

Miloddan  avvalgi  325-yilda  Iskandar  Hind  vohasida  uncha  katta  bo`lmagan qo`shin 

qoldirib, Hindistonni tark etdi. Iskandar ketgach, ko`p o`tmay, hind qabilalari yunon-m  76е 

akedon  asoratiga  qarshi  ozodlik  urushini  boshlab  yubordilar.  Bu  harakatga  mashhur  hind 

sarkardasi Chandragupta boshchilik qiladi.  

Miloddan  avvalgi  317-yili  yunon-makedon  qo`shinlari  Hind  vohasidan  butunlay 

quvib  chiqariladi.Rivoyatlarga  qaraganda  Chandragupta  aslzodalardan  bolmay,  eng  past 

shudra yoki kshatriyalardan kelib chiqqan ekan.  

U yoshligida Nand sulolasi podsholariga xizmat qilgan ekan. U podsho bilan chiqisha 

olmay  Panjobga,  Iskandar  huzuriga  kelib  unga  xizmat  qilgan.  Chandragupta  lskandarni 

Nandlar shohi ustiga qo`shin tortishga undagan. 

Yunon-makedonlar  Panjobdan  quvilgach,  Chandragupta  katta  qo`shin  bilan 

Magadxaga  qaytib,  Nand  shohi  qo`shinlarini  yengib,  taxtni  egallaydi.  U  Maurya 

podsholigiga  asos  solib,  miloddan  avvalgi  317–298-yillarda  hokimiyatni  boshqaradi. 

Chandragupta  Patalaputra  shahrini  davlat  poytaxtiga  aylantiradi.  U  butun  Shimoliy 

Hindistonni  birlashtirib  Maurya  saltanatini  kuchaytiradi.  Miloddan  avvalgi  305-yili 

Chandragupta  bilan  Salavka  qo`shinlari  o`rtasida  qattiq  jang  bo`lib,  salavkiylar  qo`shini 

mag`lubiyatga uchraydi. 

Chandragupta  bilan  Salavka  o`rtasida  sulh  tuzilib,  Sharqiy  Eron  va  Belujiston 

Maurya  davlati  tarkibiga  qo`shib  olinadi.  Chandragupta  Salavkaga  500  jangovar  fil  in`om 

qiladi va uning qiziga uylanadi.  

 

 



 

 

 



 Chandraguptaning 

vorislari Bindusara (miloddan avvalgi 293– 268-yillar) va Ashoka (miloddan avvalgi 268–

231-yillar) davrlarida Maurya davlatining chegaralari kengayib, qudratli davlatga aylanadi. 

Ashoka  davlatni  boshqarish,  din,  madaniyat  va  xo`jalik  sohalarida  islohotlar  o`tkazadi. 

Ashoka davrida Maurya davlati o`z kuch-qudratining cho`qqisiga ko`tariladi. 

Mauriyalar  sulolasi  geografi  jihatdan  juda  keng  bo‘lib  qadimgi  Hindistonda  

eramizdan  avvalgi  321  dan  185  yilgacha  boshqargan  sulola  hisoblanadi.  Magadha 


podsholigining  kelib  chiqishi    Indo-  Gantik  tekisliklariga  borib  taqaladi.(hozirda    Bihar, 

sharqiy  Uttar  Pradesh  va  Bengal)  Hindiston  subkontinentining  sharqiy  qismida 

joylashgandir. Imperiyaning poytahti Pataliputra bo‘lib u hozirgi (Patna) ga to‘g‘ri keladi.  

Imperiya  eramizdan  avvalgi  322  yil  imperiyaga  Nanda  sulolasini  taxdan  ag‘dargan  

Chandragupta  asos  solgan  va    tezlik  bilan  o‘z  e‘tiborini  markaziy  va  g‘arbiy  Hindistonga 

qaratgan,  mahalliy  xalqlar  turar  joylari  Aleksandr  Buyuk  tomonidan  yunon    va  fors 

askarlari tomonidan vayron qilingan.  

Er  .av  320  yilga  kelib  imperiya  shimoliy  g‘arbiy  Hindiston  ya‘ni    Aleksandr  bosib 

qoldirilgan  satrapliklar  tomonidan    egallangan.  Dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo-

sotiq  rivoj  topishi  bilan  Hindistonda  harbiy  aslzodalar  va  ruhoniylar  ancha  kuchayadi. 

Qadimgi  Hindistondagi  yirik  quldorlik  davlati.  Mauriya  (Maur―ya)  sulolasidan  Magadha 

hukmdori  Chandragupta  (mil.  avv.  317-298-yillarda  hukmronlik  qilgan)  asos  solgan. 

Chandragupta  butun  Shimoli-G―arbiy  Hindistonni,  mil.  avv.  305-yilda  Balujiston  va 

Sharqiy Afg―onistonni Mauriyalar imperiyasiga qo―shib olgan.  

Uning  o―g―li  Bindusara  (mil.  avv.  293-268-yillar)  davrida  Mauriyalar  imperiyasiga 

Dekan ham tobe bo―lgan. Bindusaraning o―g―li Ashoka davri (mil. avv. 268-231-yillar)da 

Mauriyalar  imperiyasi  ravnaq  topgan.  Imperiya  shimolda  -  Kashmir  va  Himolay 

to―g―laridan  janubda  Maysurgacha,  g―arbda  -  Afg―oniston  sharqda  Bengaliya 

qo―ltig―igacha bo―lgan maydonni egallagan. Hindistonning qo―shni va G―arb mamlakatlari 

bilan savdo, madaniy va diplomatik aloqalari ancha kengaygan. Buddizm butun Hindiston 

va qo―shni mamlakatlarga tarqalgan. Turli viloyatlar o―rtasida munosabatlar yaxshilangan, 

san―at, adabiyot va siyosat to―g―risida asarlar yaratilgan. Ashoka vorislari davrida imperiya 

2  qismga  bo―linib  ketgan.  Mil.  avv.  II  asr  boshlarida  Mauriyalar  imperiyasining  shimoli-

g―arbiy  qismi  Yunon-Baqtriya  podsholigiga  qo―shib  olingan.  Mauriyalar  imperiyasining 

oxirgi  shohi  Brixadratha  shunglar  sulolasidan  bo―lgan  lashkarboshi  Push―yamitra 

tomonidan o―ldirilgan va hokimiyat shu sulola qo―liga o―tgan (mil. avv. 180).      

      Qullar  va  boshqa  mehnat  qilayotgan  kishilarni  itoatda  saqlab  turish  uchun 

armiyasi,  amaldorlari,  sudyalari,  posbonlari  va  soliq  yig`uvchilari  bo`lgan  kuchli  davlat 

zarur edi. Harbiy  sardorlar va oqsoqollar orasida qoldiruvchi podsholarga  aylandilar. Shu 

taxlit  miloddan  avvalgi  I  mingyillikda  Hindistonda  bir  necha  davlatlar  vujudga  keladi, 

jumladan:  Magadha,  Koshala,  Malla  va  boshqalar.  Makedoniyalik  Aleksandr  O`rta 

Osiyoni  zabt  etganidan  so`ngra  miloddan  avvalgi  327-yilda  Panjob  o`lkasi  hududiga 

bostirib kiradi. Mazkur o`lkada joylashgan davlatlarning hukmdorlari bosqinchilarga qattiq 


qarshilik  ko`rsatadilar.  Makedoniyalik  Aleksandr  katta  qiyinchiliklar  bilan  Hind 

vodiysigacha yetib boradi, miloddan avvalgi 325-yilda Bobilga qaytib ketadi.  



Mil.  avv.  318-yilda  yunon-makedon  qo`shinlari  Hindistondan  butunlay  quvib 

yuboriladi. Yunon va makedon qo`shinlariga qarshi kurashga mashhur hind Chandragupta 

sardorlik qiladi.  

Yunon  va  makedonlar  qo`shinlari  quvib  yuborilgandan  keyin  Chandragupta 

Shimoliy  Hindistondagi  barcha  davlatlarini  o`z  tarkibiga  olgan  Maurya  davlati  asoschisi 

bo`ldi.  Pataliputra  shahri  esa  Maurya  davlati  poytaxtiga  aylandi.  Mil.  avv.  III  asrda 

podsho  Ashoka  hukmronligi  davrida  Maurya  rivojlanishda  yuksak  pog`onalarga  erishdi. 

Ammo  podsho  Ashoka  vafot  etganidan  so`ngra  o`zaro  urushlar  avj  oldi,  Hindiston  tag`in 

maydamayda  davlatlarga  parchalanib  ketdi.  Sal  o`tmasdan  ularning  ko`pchiligini  Kushon 

podsholigi, keyin esa Eftaliylar podsholigi bosib oldi. 

 Fan  va  madaniyat  ravnaqi.  Miloddan  avvalgi  I  mingyillikda  Hindiston  ilm-fan, 

xususan,  astronomiya  va  matematika  sohasida  yuksak  darajaga  erishadi.  Hindlar  360 

kundan tarkib topgan Quyosh kalendari tuzadilar.  

Bu  davrda  sanash  va  hisoblashning  o`nlik  sistemasi  keng  tarqaladi:  hindlar  "nol"ni 

ifodalovchi  maxsus  belgini  o`ylab  topishadi,  raqamlarni  esa  bugungi  kunda  butun  dunyo 

qo`llaydigan  bir  tartibda  yozadigan  bo`ladilar.  Biz  bu  raqamlarni  arab  raqamlari  deb 

ataymiz, negaki bu raqamlarni hindlardan qabul qilgan arablar orasida ular keng tarqalgan 

edi.  Ushbu  mamlakatda  ixtiro  qilingan,  hindlarning  o`zi  "qo`shinlarning  to`rt  turi"  deb 

ataydigan  o`yin  bugungi  kunda  butun  jahonda  "shaxmat"  nomi  bilan  ma'lum  va 

mashhurdir.  Hindlar  birinchi  bo`lib  shakarqamishdan  shakar  olgan  edi.  Metallarga  ishlov 

berish  sohasida  ham  hindlar  kishini  lol  qoldirgulik  natijalarga  erishdilar.  Hozirgi  kunga 

qadar  Dehli  shahrida  saqlangan  toza  temirdan  quyilgan  minora  ustuni  hali  ham 

zanglamagan,  korroziya  hodisasi  unga  asrlar  davomida  ta'sir  o`tkaza  olmagan.  Qadimiy 

hind  tillari  asosida  yangi  adabiy  til  bo`lmish  sanskrit  ishlab  chiqildi.  "Mahobhorat", 



"Ramayana"',  "Panchatantra"  eposlari  hamda  boshqa  asarlar  ana  shu  tilda  yozilgan, 

bizga qadar yetib kelgan.  

 

III. Mauriylar davrida buddizm dini 



"Xudolarsiz  din".  Jamiyatdagi  o`zgarishlar  ta'sirida  hindlarning  diniy  e'tiqodlari 

ham  islohotga  yuz  burdi.  Yangi  Budda  taxallusini  olgan  shahzoda  buddaviylik  dini 

yaratilishi  Siddhartha  Gautama  nomi  bilan  bog`liqdir.  Rivoyatda  naql  qilinishicha, 

shahzoda  Siddhartha  Gautama  20  yoshga  to`lguniga  qadar  hukmdor  otasi  saroyida 



betashvish  farog`atli  kun  kechirgan.  Kunlardan  bir  kuni  sayr  qilib  yurgan  chog`ida 

munkillagan  cholga  o`xshab  qolgan,  bedavo  dardga  yo`liqqan  navqiron  bir  kishiga,  keyin 

esa  dafn  marosimiga  ko`zi  tushadi.  Bu  to`qnashuvlar  shahzoda  Siddhartha  Gautama 

hayotini tamomila o`zgartirib yubordi. U saroydagi farog`atli turmushdan voz kechdi, hayot 

mazmunini  izlab  topish  maqsadida  dunyo  bo`yiab  sayohatga  otlandi.  Bir  kuni  ma'rifatga 

erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug`ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. 

Keyingi  hayotda  odamning  kim  bo`lib  tug`ilishi  ham  uning  sa'y-harakatlari  va  amallariga 

bog`liqdir.  Budda  va  uning  izdoshlari  bo`lgan  buddaviylar  inson  yolg`on  so`zlamasligi, 

mol-davlat to`plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to`kmasligi lozim deb hisoblaydilar.  

Inson  har  qanday  mayllardan  voz  kechishi  zarur,  negaki  har  qanday  xohish-istak 

azob-uqubatga  olib  keladi.  Buddaviylar  Yer  yuzida  o`rmalab  borayotgan  qurt-

qumursqalarni tasodifan bosib olib, ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang 

yurishgan.  Avvaliga  buddaviylarda  xudo  bo`lmagan,  chunki  ular  xudolar  inson  azob-

uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblashgan. Ammo ko`p o`tmay Buddaning o`zi 

xudoga  aylandi.  Bugun  ham  buddaviylik  ibodatxonalarida  uning  haykallarini  ko`rish 

mumkin.  Budda  nilufar  gulida  teran  o`ylarga  cho`mgancha  qilt  etmas  yuz  ifodasi  bilan 

qovoqlarini  tushirgancha  chordona  qurib  o`tirgan  holatda  tasvirlanadi.  Yangi  din 

oldingilaridan  inson  mavqeyi  tabaqalarga  ham,  jamiyatdagi  maqomiga  ham  bog`liq 

bo`lmasligi bilan farqlanadi.  

Buddaviylar fikricha, hamma narsa insonning o`ziga bog`liq: uning mukammallikka 

intilishi,  ortiqcha  narsalardan  voz  kechishi  ma'naviy  yuksalish  zaminidir.  Mil.  avv.  III 

asrda buddaviylik jahon dinlaridan biriga aylandi.      

Binobarin,  buddaviylik  –  najot  dinidir.  Bu  dinning  paydo  bo‘lishiga  Hindiston 

jamiyati  hayotidagi  qanday  omillar  sabab  bo‘lgan?  Siddhartha  yashagan  davr  Hindistonda 

urug‘-qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan va dastlabki davlatlar vujudga kelayotgan 

davr  edi.  Bundan  tashqari,  Hindistonda  kastachilik  tartibi  nihoyatda  kuchli  edi.  Jamiyatda 

sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlar  Hindiston  aholisining  past  tabaqalari  ahvolini  yanada 

yomonlashtirib  yuborgan.  Odamlar  o‘rganib  qolgan  hamda  eng  muqaddas  deb  hisoblagan 

qadriyatlar  ularning  ko‘z  o‘nglarida  yo‘qola  boshlagan.  Odamlar  bu  holatni  kishilik 

jamiyati inqirozi, deb hisoblaganlar. Ana shunday sharoitda ular umumiy najotga muhtojlik 

sezganlar. Bu muhtojlikning aks-sadosi sifatida buddaviylik dini –najot dini vujudga kelgan.  

Yangi  din  –  buddaviylik  Hindistonda  keng  tarqala  boshlagan.  Chunki,  u  jamiyat  turli 

tabaqalarining  manfaatiga  javob  berardi.  Masalan,  kshatriylar  uchun  buddaviylik 

brahmanlarining  hukmron  mavqeiga,  imtiyozlariga,  shuningdek,  kastaviy  kamsitishlariga 


qarshi kurashda o‘tkir qurol bo‘lib xizmat qilardi. Oddiy mehnatkash aholi xalq ommasiga 

esa bu din o‘zlarining og‘ir ahvollaridan qutulish yo‘llarini ko‘rsatgandek bo‘lgan.   

    Brahmanlik dini esa, hatto aldanish ko‘rinishida bo‘lsa ham bunday yo‘lni ko‘rsata 

olmagan.  Qolaversa,  eng  past,  huquqsiz  kasta  a‘zolari  ham  buddaviylarning  monaxlik 

jamoasiga  a‘zo  bo‘lib  kira  olardilar.  Bu  bilan  ular  jamoaning  teng  huquqli  a‘zosiga 

aylanardilar  va  ma‘lum  insoniylik  huquqlariga  ega  bo‘lardilar.  Bu  omil  oddiy 

mehnatkashlarni  bu  din  tarafdorlariga  aylantirmay  qolmasdi.  Bundan  tashqari,  bu  din  – 

og‘ir  qurbonliklar  qilishni,  murakkab  marosimlarni  bajarishni  talab  etmasdi.  Qolaversa, 

Gautama va uning shogirdlari yangi dinning ta‘limoti mazmunini hammaga tushunarli tilda 

sodda qilib bayon etganlar.   

     Ayni paytda, bu din ta‘limotidagi ―Kuchli istamaslik‖ to‘g‘risidagi qoida hukmron 

sulolalar  manfaatiga  ham  to‘la  javob  bergan.  Chunki,  bu  qoida  ularga  o‘z  fuqarolarini 

itoatda  tutishlarida  katta  omil  hisoblanardi.  Shuning  uchun  ular  ham  bu  dinni  qo‘llab-

quvvatlaganlar.   

  Xususan,  Mauriya  sulolasi  hukmronlaridan  biri  –  podsho  Ashoka  davrida 

buddaviylik davlat dini deb e‘lon qilingan.   



Diniy  e`tiqodlar.  Qadimgi  hindlar  xuddi  misrliklar  va  bobilliklar  singari  tabiatning 

ko`pdan  ko`p  hodisalari  qarshisida  ojiz  edilar:  tropik  jalalar,  suv  toshqinlari, 

qurg`oqchilikdan  qo`rqardilar.  Hindlar  tasavvurida  tabiatni  xudolar  boshqarayotgandek 

tuyillardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada 

osmon  bo`ylab  yo`lga  tushadi.  Quyosh  tungi  zulmatni  parokanda  qilib  tashlab,  odamlarga 

harorat  va  yorug`lik ulashish  niyatida ufqdan  bosh  ko`taradi. Momaqaldiroq  xudosi  Indra 

osmondagi  suvni  tutqinlikdan  xalos  aylagach,  Yer  yuzida  qurg`oqchilik  poyoniga  yetibdi. 

Hindlar  ayrim  xudolarni  yovvoyi  hayvonlar  timsolida  tasavvur  etishgan.  Masalan,  filga 

sig`inishgan:  Bosh  xudolardan  biri  boshi  filnikiga  o`xshash  donishmand  Ganesha 

bo`lgan.Sigir  esa  hindlar  orasida  alohida  ehtiromga  sazovordir.  Sigir  muqaddas  hayvon 

hisoblangan. Sigirni o`ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan 

haydab  yuborilar,  hech  kim  u  bilan  muloqot  qilishga  haqli  bo`la  olmasdi.  Hindlar  jon  bir 

tanadan  boshqasiga  ko`chib  o`tishiga  e'tiqod  qilishgan.  Ular,  vafot  etganidan  keyin  odam 

baribir o`lmaydi, balki atigi boshqa bir mavjudotga evrilib, o`z tashqi qiyofasini o`zgartiradi, 

hayvonga,  qumursqaga  va  o`simlikka  aylanadi  deb  hisoblashgan.  Inson  vafot  etganidan 

keyin  kimga  va  nimaga  aylanib  qolishi  esa  uning  bu  hayotdagi  sa'y-harakatlari  va 

amallariga bog`liq.  


Hind  tabaqalari.  Qadimgi  hindlar  qanday  yumushlar  bilan  shug`ullanishiga  qarab 

to`rt guruhga ajratilgan edi. 

 

 

 Bu  tabaqalar  kasta  yoki  varna  deb  atalgan,  jumladan:  kohinlar  -  braxmanlar, 



jangchilar  -  kshatriylar,  dehqon,  hunarmand  va  savdogarlar  -  vayshilar,  xizmatkorlar  va 

qullar - shudralar. 



 Hindlarning  e'tiqodicha,  tabaqalardan  har  birini  oliy  xudo  Braxma  o`z  jismining 

qandaydir  bir  qismidan  dunyoga  keltirgan  ekan.  Masalan,  kohinlar  uning  dahanidan, 

jangchilar  qo`llaridan,  dehqonlar  quymichlaridan,  xizmatkorlar  esa  oyoqlari  tovonidan 

yaratilgan.  Bolalar  hamisha  ota-onalari  tabaqasiga  mansub  deb  topilgan.  Bir  tabaqadan 

boshqasiga  o`tishning  ham  iloji  bo`lmagan.  Turli  kastalarga  mansub  odamlar  o`rtasida 

nikohga ham yo`l qo`yilmagan.  

Tabaqalardan  birortasiga  ham  mansub  bo`lmaganlar  esa  alohida  maqomga  ega 

bo`lishgan.  Bundaylarni  "chandal",  ya'ni  "hazar  qilinadiganlar"  deyishgan.  "Chandallar" 

kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga 

o`tirish  taqiqlangan  edi.  Uzoqdan  ko`rinib  ajralib  turishlari,  kimdir  tasodifan  ularga  tegib 

ketmasligi  uchun  "chandallar"  maxsus  libos  kiyib  yurishlari  kerak  edi.  Ular  qishloqlardan 

tashqarida yashashga majbur edi. 



  Ashoka davri 

 Chandraguptaning  nevarasi    Bindusaraning  o’g’li    Ashokavardhon  Mauriya  



Ashoka  yoki  Ashoka  Buyuk  deb  nom  olgan    (  shu  yillarda    273-  232    er.av 

boshqargan).  Yosh  shahzoda  Ashoka  Taxila  va  Ujjandagi  qo‘zg‘alonlarni  bostirishda 

jonbozlik ko‘rsatgan sarkarda edi. Monarx bo‘lgan Ashoka   imperiya qudratini janubiy va 

g‘arbiy  Hindistongacha  cho‘zib  bordi.Lekin  Kalingaga  qilgan  hujumi  (er.av  1842)  uning 

hayotida  eng  muhim  voqea  bo‘lib  qolgan  edi.Ashokaning  qurolli  kuchlari  Kalinganing 

qirollikka  tegishli  askarlarini  va  fuqarolardan  tuzilgan  bo‘linmalar    hisob  kitoblarga 

qaraganda  100  000  askarlar  va  10,000  fuqarolarni  o‘z  ichiga  olgan  fuqarolar    urush 

jarayonida o‘ldirildi.  

Vayronagarlik  va  urush    sodir  bo‘lgani  yuz  minglab  odamlarga  ta‘sir  qildi.Uning 

shaxsan  o‘zi  vayrongarchilikni  ko‘rganidan  so‘ng  o‘zini  pushaymon  his  qila  boshladi. 

Kalinganing    bosqini  tugagan  bo‘lishiga  qaramasdan  ,  Ashoka  buddism  bilan 

shug‘ullanishni  qabul  qildi  va  urush  vsa  vayronagarchilikni  qayta  e‘lon  qildi.  Ashoka  

Ahimsa  deb  nomlangan  usullarni  ishlab  chiqadi  unda  ovchilik  va  janvovor  sport  turlari 



shuningdek  ,  majburan ishlatishni  taqiqlab qo‘ydi.  U  katta  va  qudratli  armiyaga  homiylik 

qilgan holda , tinchlini va kuch-qudratni saqlab qolgan uchun Osiyo va Yevropa davlatlari 

bilan do‘slik a‘loqalarini kengaytirgan hamda buddizm missionerligiga homiylik qilgan. U 

hukumronligi davrida  jamoat  ishlari va   davlat  ishlarini  boshlab yubordi.  

Qirq yildan oshiq vaqt oralig‘ida Ashoka Hindiston tarixidagi eng omadli va taniqli 

monarxlar  qatoridan  joy  egallab,  tinchlik,  hukmronlik  va  gullab  yashnashga  asos  soldi.  U 

hozirgi kunda zamonaviy Hindistonning ideologik ramzi bo‘lib qolgan.   Hind yarimorolini 

o‘rganish  jarayonida  toshga  o‘rnatilgan    Ashokaning  ediktlari  topilgan.  Afg‘oniston 

g‘arbidan  va  Andhra  Nellore  tumanidan  Ashokaning  tutgan  siyosati  va  qo‘lga  kiritgan 

yutuqlari jamlangan.   

Prakrik tilida yozilgan bo‘lishiga qaramay ikkitasi yunon tilida, va bittasi yunon va 

Aramik  tilida  bo‘lgan.Ashokaning  ediktlari  yunonlar,  Kambojlar  va  Gandralarga  imperiya 

chegara  qismini  o‘zgartirgan  xalqlarga  borib  taqaladi.    Ular  shuningdek  ,  o‘rta  yer 

dengizidagi    yunon  hukmdorlariga  elchilar  yuborganliklariga  isbotlar  keltirib  o‘tgan. 

Ediktlar 

Ellinlar 

dunyosidagi 

o‘sha  

davrdagi    AmtiyokoTulamaya , Amtikini , Maka  va Alikasudaro  



Ashokaning    qabul  qiluvchilari  bo‘lib  qoldi.  Shuningdek  ,  ediktlar  600  yojanalar 

(yojanalar    tahminan  7  mil  )  Yunoniston  va  Hindiston  markazida    joylashgan hududlariga 

mos ravishda  joylashib boradi.   

Bindusara davri 

Bindusara  Mauriya  imperatori  Chandraguptaning  birinchi  o‘g‘li    va    uning 

malikasi    Durdhara  bo‘lgan.  O‘zining  hukmronligi  davrida  Imperiya  janubiy  tomonga 

yoyilib ketgan edi. Jainizm ta‘limotiga ko‘ra , Imperatorning asl ismi  Simhasena bo‘lgan. 

Jainizmdagi afsonalarga ko‘ra Chandraguptaning Guru va Chanakya degan maslahatchisi 

bo‘lgan    bo‘lib,  imperatorga  uning  immunitetini  dushmanlar  tomonidan  zaharlanmasligi 

uchun  oz  ozdan  zahar  berib  turgan  ekan.    Bir  kuni    ovqatiga  zahar  solinganini  bilmagan 

Chandragupta , ovqatni endigina kelganiga 7 kun bo‘lgan  homilador ayoli  Durdhara bilan 

baham ko‘ribdi. Malika zaharga dosh berolmay yiqilib, bir necha daqiqada olamdan o‘tibdi.  

Chanakya u yiqilgan onda  xonaga kiribdi va bolani saqlab qolish uchun tezda uning 

qornini yoribdi, zahar allaqachon  bolanga yetib borgandi.Uning peshonasida   ko‘k dog‘i 

bor  (Bindu)edi.  Shuning  uchun    yangi  tug‘ulgan  bolaga  Bindusara  deb  nom  berdilar. 

Bindusara  endigina  22  yoshga  to‘lganida  Hindistonning    shimoliy,markaziy  va  sharqiy 

tomonlari bilan bir qatorda  



Afg‘oniston va Belujistondan iborat katta hududlar meros bo‘lib qoladi. Bindusara bu 

imperiyani  Hindiston  janubiy  qismiga  tomon    Karnatakagacha  kengaytirdi.U  Mauriylar 

imperiyasi  qo‘l  ostida  o‘n  oltita  davlatlarni  bo‘ysundirdi  va  shuning  uchun  deyarli 

Hindiston yarim orolini bosib olgan. Aytishlaricha u ikki dengiz orasidagi yerni bosib olgan 

deyishadi.    Yarim  oroldagi  viloyat    Bengal  qo‘ltig‘i  va    Arab  dengizi  orasida  joylashgan. 

Bindusara    cholaning  Dravinan  qirolligini  zabt  etmadi  .  Janubiy  viloyatlardan  tashqari  , 

Kalinga  (hozirgi  Orissa)  Hindistondagi  yagona  qirollik  bo‘lib,  faqatgina  u  Bindusaraning 

imperyasiga kirmagan. U keyinchalik Ashokaning hukmronlik davrida vitse –qirol  bo‘lgan 

o‘g‘li tomonidan zabt etilgan.  

Bindusaraning hayoti uning otasi Chandragupta yoki  uning o‘g‘li Ashokadek yahshi 

yoritilmagan. 

Chanakya uning davrida vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlashni davom ettirdi. O‘rta asrda 

Hindistonga tashrif buyirgan Tibetlik olim  Taranathaning ma‘lumotlariga ko‘ra , Chanakya  

Bindusaraga  yordam  bergan    ,,  o‘n  oltita  qirollik  qirollari  va  aslzodalarni  yo‘q  qilish  va 

shuning  uchun  sharqiy  va  g‘arbiy  okeanlar  o‘rtasidagi  hududda  cheklanmagan  hukmdor  

bo‘lish  degan  edi.    Uning  boshqaruvi  davrida  ,  Taxila  fuqarolari  ikki  marta  qo‘zg‘alon 

ko‘tarishdi.  

Birinchi  qo‘zg‘alonga  sabab  uning  katta  o‘glining  Susemani  yahshi  boshqara 

olmagani bo‘ldi. Ikkinchi sababi haligacha ma‘lum emas, lekin Bindusara hayoti davomida 

qo‘zg‘alonlarni  bostira  olmagan.  Qo‘zg‘alon  Bindusaraning    o‘limidan  keyin  Ashoka 

davrida  bostirilgan.  Seleusid  Imperiyasi  va  Misr    elchilari  uning  huzuriga  tashrif 

buyirishgan. U ellenik  dunyo bilan aloqalarni yahshilashga hizmat qilgan.Bindusara er.av 

272 (bazi ma‘lumotlarga ko‘ra 268)  va qolgan barcha ishlar  Buyuk  Ashoka      tomonidan 

amalga  oshirildi. 



Chandragupta Mauriya  

Chandragupta  Salavka  I  Nikatorga  qarshi  kurash  olib  borgan,  er.av  305  yil 

Hindistonning shimoliy g‘arbiy qismlarini qayta bosib olishga  harakat qilgan.Salavkiylar 

va Mauriylar urushida Salavka mag‘lubiyaga uchraydi lekin  

Ikki  hukmdor  tinchlik  sulhini  imzolaydi.  Nikoh  shartnomasi  imzolanib,  yunonlar 

sherigining yordami uchun o‘zlarining malikasini taklif qilishadi. 

Chandragupta 

Paropamisadea (

Kamboja

 va


Gandhara

), 


Arahosiya

 (

Qandahor



and 


Gedrosia

(

Belujiston



),  kabi  satrapliklarni  bosib  oladi,    Salavka  I  esa  er.av.  301  yilda 

Ipus jangidagi ellinistik qirollar bilan bo‘lgan jangda g‘alabaga asosiy o‘rin tutgan 500 ta 



filllarni  olib  qaytadi.  Tashqi  davlatlar  bilan  aloqalarga  asos  solingan  va  ko‘plab  yunonlar  

Mauriylar saroyiga tashrif buyurishgan. 

 Chandragupta          kuchli  markazlashgan  davlatga  asos  solishi  bilan  bir  qatorda 

Pataliputrada kuchli boshqaruv tizimini joriy etdi.  

Megahenesga  ko‘ra  Mauriya  Fors  shaharlari  Suza  va  Ekbatana  kabi  64ta  taxtali 

teshilgan va yon tomoniga 570 minoralar  o‘rnatilgan. Chandraguptaning o‘g‘li Bindusara 

Mauriylar  imperiyasini  janubiy  Hindiston  tomonga  kengaytirdi.  U  shuningdek,  yunon 

elchisi Strabo (1-70)  o‘z huzurida qabul qilgan. .  



Download 279.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling