Jahon siyosati yo’nalishi 3-kurs arab-ingliz guruhi talabasi Baymurotov Javlonbekning A. P. Chexovning “sudda” nomli hikoyasini to’g’risida yozgan essesi


Download 14.62 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi14.62 Kb.
#143318
Bog'liq
Baymurotov.J Mustaqil ish A.P.Chexov milliy g'oya


Jahon siyosati yo’nalishi 3-kurs arab-ingliz guruhi talabasi Baymurotov Javlonbekning A.P.Chexovning “sudda” nomli hikoyasini to’g’risida yozgan essesi

Menga berilgan hikoya Anton Pavlovich Chexovning uch tomlik “Tanlangan asarlar” kitobining birinchi tomida bayon etilgan bo’lib 1883-1890-yillar oralig’ida yozilgan bo’lib bu qisqa hikoya bayonida o’sha davr odamlarning dunyo qarashi davlat amaldorlari hususan prakuror, rais(sudya), oqlovchi va hali jinoyat qilgan va qilmagani aniq emas adolatsiz va ko’rko’rona hukmini kutayotgan sudlanuvchining beayov taqdiri va o’z otasini sud zalida soqchi sifatida, hayotning beo’qshov achchiq tasodifini kuzatayotgan soqchi haqida o’sha davrning butun siyosiy-ijtimoiy hayotini adolatsiz sud jaroyini orqali mohirona tasvirlagan.

Bevosita asarni tahlil qiladigan bo’lsak bu hikoyaning asosiy voqealari kichkinagina ko’rimsiz haroba axvolga kelib qolgan sariq uyda bo’lib o’tadi. Bu uyni adib shunday ta’riflaydiki bu uy kichkina bo’lishiga qaramay hamma tashkilotlar shu yerda “Yustisiya shu yerda,politsiya shu yerda,militsiya shu yerda hamma balo shu yerda”.

“Qo’ychivon ko’p bo’lsa, qo’y harom o’ladi” degan maqolning to’g’riligini qarangki bu uy butunlay qarovsiz qolib ketganligini tariflaydi. Bu uy egalarini esa “uylarida salgina chang yoki isga ko’zlari tushsa, g’ovg’a ko’taradigan olifta prokurorlar, a’zolar, boshliqlar-bu yerdagi ventilyatsiya g’irillashiga, shamning sassiq hidiga, ter bosib yotgan devorlarning kiriga negadir indamay chidab o’tiraveradi”

Hikoyaning bevosita asosiy qismiga o’tadigan bo’lsak o’sha kuni sudda o’z hotinini o’ldirishda ayblanuvchi dehqon Nikolay Xarlamovning ishi ko’riladi. Sud hayati ilgarigisicha qoldi faqat oqlovchi o’rnini boshqasi egallaydi. Keyin birdan sud jarayoni boshlandi Rais (sudya) tilga kiradi “sudlanuvchi olib kirilsin” sudlanuvchi N.Xarlamov ellik besh yoshlar chamasi novcha, to’ladan kelgan, tepa sochlari to’kilib, yuzlarini tuk bosib ketgan malla soqol xunikkina biro dam bo’lganligini ta’riflaydi. Hikoyaning eng kulminatsion nuqtasi yani uni olib kirayotgan pastakkina va nimjon miltiqli soldat uni yetaklab kelardi. Soldatning eshikka kiraverishda qoqilib ketishi bu hikoyaning yakuni qanday bo’lishini anglatgandek.hullas sud jarayoni boshlandi Sekritar aybnomani o’qiy boshladi sekratar hardoimgiday yuzaki aybnomani o’qiy boshladi bu jarayonda o’sha davrning sud jarayonlarining qanday ko’rko’rona kechganligini ta’riflaydi,

Prokurorning bu aybnomani beparvolarcha tinglashini ham ajoyib tariflaydi. Adib shunday ta’riflaydi “Mujikning ko’ngli to’q baxuzur o’tiribdi, bechora bilmaydiku, bu yerdagilar turli-tuman drama va tragediyalarni ko’ra berib, yuragi tosh bo’lib ketgan. Kasalxonadagilar o’likka qanday beparvo bo’lsa, bular ham aybdorning taqdiriga shunchalik beparvo. Bechora mujik yomon axvolga tushganinini, taqdirini xavf ostiga qolganini sababi ana shu beparvolik ekanini qaydan bilsin? Bordiyu jimgina o’tira vermasdan, o’rnidan turib, zor yig’lab yig’lab yalinsa raxm-u shavqat tilasa, astoydil toebat tazarru qilsa jon talvasasida dod-voy ko’tarsa nafi bo’larmikn? Bari bir xech foydasi yo’q: bu farosatsiz odamlarga zarracha ta’sir etmaydi, axir toshga yomg’ir kor qiladimi? Adib bu so’zlar bilan sudlanayotgan odamning hayoti hal bo’layotganni ularni o’z qo’lidaligini his qilmayotgan amaldorlarning yuzini ochib bergan.



Bu yerdagi tamomiy narsaning rasmiyatchilik bilan zaxarlanganligi, toshday qotib qolganligi ko’rinib turibdi. Go’yo qotil xam bir rasmiyat buyumi, uni birov yurgizib quygan allaqanday ongsiz mashina sud qilmoqda edi. Ayblanuvchi bu yerda bo’layotgan voqealardan nma qilishni bilmay bilsada bu rasmiyatchiliklardan qanday dod voy solmasin baribir qotib qolgan tuzumdan omon chiqishiga o’zi ham ishonmaydi. Sud jarayoni davomida bir nechta guvohlar tinglandi hattoki uning kampirining o’ligini tekshirgan vrach ham aytarli tayinli gap aytmadi. Undan so’ng oqlovchiga so’z berildi oqlovchi ham rasmiyatchilikdan nariga o’tmadi yuzaki bir necha savollar berdi va rais guvohlar va boshqalarning so’zlarini tinglagach ikki tomonga ham yuzlandi savollar yo’qmi dedi ayblanuvchi zorlandi lekn dalillar va guvohlarning ko’rsatmasi unga qarshi edi.

Hamma gap qotillik sodir etigan boltada qolgandi Xarlamov bu bolta meniki emas deb zorlandi ishonmasangiz (ana endi hikoyaning kulminatsiyon joyiga kelindi) ana o’g’lim Proxordan so’rang deydi Proxor hali boshida eslatgan sud binosiga kiraverishda yiqilib ketgan soqchi u bekorga yiqilmagandi u butun vujudi bilan taqdirning beshavqat xazili deymizmi yoki tasodifi qurboniga aylangandi u o’z otasini yetaklab qamoqqa ketayotgandi va uni himoya qilish uchun bir o’g’iz ham so’z aytaolmayotganidan vijdon azobidan qiynalayotgandi. Sudya turdida soqchi sudda guvohlik berishi mumkin emasligii takidladi. Balki uning o’g’li tayinli guvohlik berishi mumkin edi. Lekin adib bu yerda na Xarlamovni va na uning o’g’lini tasvirlashga emas o’sha davrdagi axmoqgarchiliklarni adolatsiz jarayonlarni tasvirlashga harakat qilgan.
Download 14.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling