Jahon ta`lim tizimining taraqqiyot tarixi. Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoyda ta’lim va tarbiya
Download 6.23 Mb.
|
hindiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
So‘nggi 10 yillikda Hindiston iqtisodiyoti rivojlanishi sababli injener-muhandislik yo‘nalishidagi universitetlar soni ko‘paydi. Bu borada Hindiston texnlogiya instituti va menejment instituti munosib ko‘riladi. Oxirgi yillarda mamlakatda chet ellik talabalar ko‘payib ketdi – talabalarning 50 foizi chet elliklar. Oliygohlarni tamomlovchi talabalarning 40 foizi gumanitar sohalarni tamomlashadi. Shu bilan birga, mamlakatda Yevropa ta’lim tizimidan tashqari, an’anaviy – milliy ruhdagi oliy o‘quv yurtlari ham muvjud. Bunday oliygohlarda talabalar mamlakat madaniyati, tarixi, san’ati va tillarini o‘rganishadiXorijlik talabalarning Hindistonda ta’lim olishi — Bugungi kunda Hindistonda oliy ta’lim olish istagini bildirgan xorijlik talabalar soni oshib bormoqda, buni quyidagi bir necha omillar bilan izohlash mumkin: — Hindistonda oliy ta’lim yuqori darajada rivojlanib bormoqda. — Yevropa universitetlari bilan taqqoslaganda, Hindiston universitetlarida ta’lim olish ancha arzon, qolaversa, mamlakatda yashash ham qimmatga emas. — Hindiston universitetlari bilan ko‘plab hamkorlik dasturlari mavjud: amaliyot va talabalar almashinuvi. — Davlat tomonidan grantlar va stipendiyalar doimiy rag‘bat sifatida joriy etiladi. Shuni alohida takidlash joizki, Hindiston universitetlariga kirish uchun imtihon topshirish shart emas,. Ammo siz ingliz tilini bilmasangiz, u yerdagi universitetlarga o‘qishga kira olmaysiz. Hindiston universitetlarida ta’lim olish – oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun ham dolzabrdir. Siz magistrarura va doktarantura bosqichlarida o‘qib kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bepul ta’lim olish uchun turli grantlar mavjud, albatta, unda ishtirok etish uchun davogarda diplom va ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Hindistonda ITEC – hamkorlik dasturi orqali ham bepul ta’lim olish mumkin. Ushbu hamkorlik dasturining asosiy yo‘nalishlari – iqtisodiyot va texnikaYuqorida Hindiston ta’lim tizimining barcha bosqichlarini birga ko‘rib chiqdik. Bugungi kunda Hindiston tibbiyot, texnika va iqtisodiyot yo‘nalishlarida katta yutuqlarga erishmoqda. Siz ham istasangiz, u yerga borib oliy va undan keyingi ta’limni olishingiz yoki turli hamkorlik dasturlarida o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. Axir bu yurt bizga begona emas, buyuk ajdodimiz – Bobur Mirzo yashab o‘tgan go‘zal diyor!E’tiboringiz uchun rahmat!Download 6.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling