Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili ilg’or horijiy tajribalar asosida tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish


Download 5.79 Kb.
Sana12.11.2023
Hajmi5.79 Kb.
#1767521
Bog'liq
2-mavzu tarbiyadan

Jahon tarbiyaviy kontsepsiyalari namunalarining qiyosiy-pedagogik tahlili ilg’or horijiy tajribalar asosida tarbiya jarayonini samaradorligini oshirish

Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.

  • Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
  • Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi

Yangi avlodni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk

  • Yangi avlodni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk
  • Yoshlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi.
  • Angliyadagi tarbiyaviy maqsad – yosh avlodni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham qabul qilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maqsad - o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul qilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga yetkazgan fransuzdir"1, madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar ta`lim, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi.

“Yevropa tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi:

  • “Yevropa tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi:
  • 1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi;
  • 2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi;
  • 3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi.
  • Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi.

Yapon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:

  • Yapon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:
  • milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga dahldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar;
  • jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi... Yapon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi;
  • rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi;
  • ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;

Download 5.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling