Jahon tarixi fanidan
Imperiya hududining kengayishi
Download 95.5 Kb.
|
Usmoniylar imperiyasi paydo boʻlishi va turklarning istilochilik yurishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Foydalanilgan Adabiyotlar
3. Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yoʻllarining ham Turkiya qoʻliga oʻtishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini taʼminladi. Oqibatda Turkiyaning xalqaro taʼsir-eʼtibori, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari taqdiridagi oʻrni yanada ortdi.
Saljuqiylarning Ko‘nya sultonligidan so‘ng Anatoliya bir qancha mustaqil bekliklarga bo‘linib ketdi. Zaiflashib qolgan Vizantiya imperiyasi ko‘pgina Anatoliya viloyatlarini turklarga boy bergandi. Mana shunday beyliklardan birida Usmon I hukmronlik qilgan. Uning imperiyasi Usmonli imperiya yoki Yevropada Ottoman deb atalishi ham Osman, ya’ni Usmon I nomidan olingan. Usmonlilarning kelajagi Usmonning tushi deb atalgan afsonada yoritilgan. Unga ko‘ra yosh Usmon imperiyaning kelajagini oldindan ko‘ra oladi. Usmonning tushida imperiya katta daraxt shaklida bo‘lib, ildizlari 3 ta qit’aga cho‘zilgan, shoxlari esa osmonni qoplagan ekan. Uning tushida ildizlar 4 ta daryo – Dajla, Frot, Nil va Dunaygacha borib yetgan. Usmonlilar islom diniga qat’iy amal qilishgan va islom nomi bilan jang qiladigan zobitlarga tayanishgan. 4.Xulosa Urush, shuningdek, Usmoniylar imperiyasining arab xalqlari bilan munosabati uchun ham sinov bo‘ldi. Mahalliy arablar orasida isyonlar kelib chiqa boshladi. 1916-yilda Buyuk arab qo‘zg‘oloni boshlandi. Uni bostirish uchun endi imperiyaning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Bunday qo‘zg‘olonlar 1918-yilda Damashqqacha yetib bordi va u yerda Britaniya qo‘shinlari bilan birlashdi. Bu 400 yil davom etgan Usmoniylar hokimiyatiga nuqta qo‘ydi hamda arab dunyosi uchun katta g‘alaba bo‘ldi. To‘rtlar ittifoqi urushda mag‘lubiyatga uchragach Usmoniylar uchun endi hammasi tugagandi. Sevr tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Usmoniylar imperiyasi bekor qilindi va uning hududi to‘rtdan uch qismga kamaydi. Shundan keyin mamlakatda turk milliy ozodlik harakatlari boshlandi. 5. Foydalanilgan AdabiyotlarAliyev G.Z., Turtsiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1 kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Raxmaialiyev R., Imperiya tyurkov, M., 2002; Erol Gungoʻr, Tarihsa turkiy davlatlar, T., 2003; Mirzo Salimbek, Kashkuli Salimiy, Tavorixi mutgaqadimin va mutaaxirin, Buxoro, 2003. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling