Jahon tarixi fanidan «Yangi davrda Yevropa sulolalari tarixi: Vinstorlar»
Download 1.57 Mb.
|
Vinstorlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUNDARIJA KIRISH
- FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXAT_______________________________________________________51 KIRISH
Komissiya a’zosi: ________________ _____________ Jahon tarixi kafedrasi mudiri, komissiya raisi: ________________ O.V.Mahmudov MUNDARIJA KIRISH__________________________________________________________4 I BOB. VINSTORLAR SULOLASINING KELIB CHIQISHI________________________________________________________________________________________________________________6 II BOB. VINSTOR QIROL VA QIROLICHALAR __________________________________________24 XULOSA________________________________________________________________________________________________________________49 FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXAT_______________________________________________________51 KIRISH “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatini safarbar etamiz”1 SH.M.Mirziyoyev. Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi dunyo murakkab va turfa xil. Unda turli madaniyatlar yonma-yon yashaydi va bir -biriga taʼsir koʻrsatadi. Butun dunyo bilan muvaffaqiyatli munosabatlarga kirishish, doʻstlik va hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud voqelikning muammolarini chuqur bilish va bu bilimdan umum manfaati yoʻlida foydalanish lozim boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov oʻzining ʼ’Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, taraqqiyot shartlari va kafolatlariʼʼ kitobida dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashash va hamkorlik qilishning ahamiyati xususida toʻxtalib, shunday yozadi: “Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? Soʻnggi vaqtlarda yuz bergan, dunyoning jugʻrofiy -siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan oʻzgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga toʻgʻri baho berish juda muhim”.2 Dunyo iqtisodiy hayotining globallashuvi muhim hayotiy va milliy manfaatlarga javob beradi. Chunki u davlatlarning dunyo xoʻjalik jarayoniga qoʻshilishiga va dunyo texnologiyasi, fani va madaniyati yutuqlaridan foydalanishga koʻmaklashadi. Shu munosabat bilan Birinchi Prezidentimiz shunday yozadi: “Milliy tafakkur oʻz taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yondashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning oʻzaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlarni hisobga olish kerak.ʼʼ3 Xususan, Angilya tarixini oʻrganish Oʻzbekiston kelajak hayoti uchun besamar boʻlmaydi. Aynan mana shu yoʻlda namuna sifatida men Vinstorlar sulolasining kelib chiqishi tarixini tanladim. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling