Jahon tarixi kafedrasi” O’zbekiston tarixi fanidan kurs ishi
Download 348.55 Kb.
|
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
- Bu sahifa navigatsiya:
- BUXORO 2023 Mundarija.
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “Jahon tarixi kafedrasi” O’zbekiston tarixi fanidan KURS ISHI Mavzu:Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Bajardi: 5-2 TAR 21 guruhi talabasi SHodiyeva Umida Qabul qildi:Qurbonov Murod
1.1 XVIasrda xiva xonligining hududiy tuzilishi. 16—19-asrlar davomida Xiva xonligi hududlari doimo oʻzgarib turgan. Dastlab xonlik hududi Xorazm vohasidagina joylashgan boʻlsa, keyinchalik uning chegarasi janubda eronva marvgacha, shimolda ural daryosigacha boʻlgan yerlarga choʻzilgan, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda esa kaspiy dengizi qirgʻoqlarigacha yetgan. Ruslar bosqinidan keyin Amudaryoning chap qirgʻogʻida 62237,2 km² yer maydoniga ega kichik vassal davlatga aylanib qolgan. Aholisining soni ham doimo oʻzgarib turgan. Oʻrtacha 1 mln. kishi atrofida aholi yashagan. Uning koʻpchiligini oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam sonli forslar, arablar, ruslar va boshqalar tashkil qilgan. Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qoʻqon xonliklaridek boʻlib, farqi, 19-asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) boʻlgan. Eng yuqori amaldorlardan tashkil topgan kengash vakolati cheklangan. Asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan boʻlsada, amaldorlarning xonlik boshqaruvidagi mavqei baland edi. Mansab va unvonlar harbiymaʼmuriy, harbiy va diniy toifalarga boʻlingan. Inoq, otaliq, biy, amir ulumaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim oʻrin tutgan. Xonlik sud ishlari, asosan, diniy ulamolar qoʻlida boʻlib, ularning mamlakat hayotida taʼsiri kuchli boʻlgan. Xonlikda davlat tili oʻzbek tili boʻlib, Buxoro va Qoʻqondan farqli oʻlaroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat oʻzbek tilida yozilgan. 16 — 18-asrlarda Xiva xonligining maʼmuriy jihatdan boʻlinishi viloyat deb atalgan boʻlsa, 18-asrdan beklik deb atala boshlagan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat, 2 ta noiblik boʻlgan boʻlsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva sh. esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan. Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori boʻlib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham, asosan, ular qoʻlida boʻlgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ularning ahvoli juda ogʻir boʻlgan. Sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik mamyaakat iqtisodida muhim oʻrin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdosotiq ham iqgisodiy hayotda muhim oʻrin tutgan. Dastlab xiva xonligining qanday tashkil topganligi va undagi xonlar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Temuriylar tasarrufida boʻlgan Xorazm hududini shayboniyxon 1505 yilda bosib olgan. Shayboniyxon vafoti (1510 yil) dan keyin Xorazm Eron safaviylari qoʻl ostiga oʻtdi. Ularga qarshi xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib, unga Vazir qalʼasi qozisi Umar va Baqirgʻon qishlogʻidan mulla Sayd Hisomiddin boshchilik qildi. Ikki yil davom etgan kurashlar natijasida eroniylar mamlakatdan quvib chiqarilgan va xorazmliklar taklifi bilan 1511 yilda Vazir shahrini egallagan shayboniylardan Elbarsxon Xorazm hukmdori deb tan olingan.1512-yilga kelib xonlik hokimiyati koʻchmanchi oʻzbeklarning boshqa urugʻi (shajarasi) rahbari Elbarsxon qoʻliga oʻtadi. Shu vaqtdan boshlab Xiva xonligi yuzaga keladi, uning poytaxti turli yillarda vazir, Qoʻhna urganchva xiva shaharlari boʻlgan. Xonlik tarkibiga Xorazmdan tashqari Mangʻishloq, Balxan togʻlari, Dehiston, Oʻzboy(Uzboy) va Oʻrta Xuroson hududlari kirgan. Elbarsxon (1511—16) bilan birga Dashti Qipchoqdan Xorazmga kelgan qabilalar oʻtroqlashganlar. Uning davrida xorazmliklar Turkmanistonning janubiy qismi, Eron shimolidagi Saraxs, Orol va Mangʻishloqni egallashgan. Yangi yerlarni Elbarsxon oʻgʻillari va ukasi, qarindoshlariga boʻlib berishi natijasida mayda hokimliklar paydo boʻlgan. Elbarsxon vafotidan keyin uzluksiz oʻzaro nizolar sababli xonlar tez-tez almashib turgan. 16-asrda Xiva xonligini Sulton Hojixon (1516), Husaynqulixon (1516), Soʻfiyonxon (1516—22), Bujaqaxon (1522—26), Avaneshxon (1526—38), Alixon (1538—47), Akatoyxon (1547—56), Yunusxon (1556—57), Doʻstxon (1557—58), Hoji Muhammadxon (1559—1602) lar boshqarganlar. Bu davrda xalq, Elbarsxon avlodlari oʻrtasidagi oʻzaro qirgʻinlaridan tashqari Buxoro va Xiva xonligi oʻrtasida urushlar azobini ham tortishga majbur boʻlgan. Buxoroliklar Ubaydullaxon va Abdullaxon II hukmronlik davrlarida (1537—38; 1593; 1595—98) Xorazmga hujumlar qilib, qisqa vaqt Xiva xonligini Buxoroga boʻysundirganlar. Bu urushlar va 16-asrning 70-yillarida Amudaryo oʻzanining oʻzgarib, Kaspiy dengiziga oqmay qoʻyganligi ham Xorazm iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatgan. 17-asr boshlariga kelib, Xorazm taxti uchun boʻlgan sulolaviy kurashlardan soʻng, taxtga oʻtirgan Arab Muhammadxon davrida Xiva xonligida davlat parokandaligi oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Rus kazaklari, qozoqlar va qalmiqlarning talonchilik yurishlari, Arab Muhammadxonning oʻgʻillari Habash va Elbarslarning otalariga qarshi chiqishlari parokandalikni avj oldirgan. Bu kurashda ularning qoʻli baland kelib, otalarini qatl ettirishga erishadilar. Padarkush Elbars va Habash sultonlar (1621—23) akalari Asfandiyor (Isfandiyor, 1623—43) tomonidan taxtdan tushirilib, qatl qilingan. Eron shohi Abbos I homiyligida taxtga chiqqan Asfandiyorxon davrida mamlakat siyosiy hayotidagi keskinlik saqlanib qoldi. Orol boʻyidagi oʻzbek qoʻngʻirotlari Asfandiyorga boʻysunmay qoʻyishgan. Mamlakatda tarqoqlik va zulm kuchaygan. Bundan foydalangan yirik mulkdorlar Abulgʻoziy Bahodirxonni 1643 yilda xon qilib koʻtarishgan. Abulgʻoziy Bahodirxon akasi vafotidan keyin 1644 yilda Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan. U markaziy hokimiyatni mustahkamlab, Buxoro xonligining Chorjoʻy, Vardanza, Qorakoʻl, Karmana atroflariga bir necha marta harbiy yurishlar qildi. Abulgʻoziy Bahodirxon 1662 yilda Buxoro xoni Abdulazizxon bilan sulh tuzib, 1663 yilda hokimiyatni oʻgʻli Anushaxonga topshirgan. Shunga qaramay Xiva qoʻshinlari Buxoro, Samarqand, Qarshiga talonchilik yurishlarini davom ettirgan. 1685 yilda Xiva qoʻshinlari Gʻijduvon yaqinida magʻlubiyatga uchragach, Buxoroning Xiva xonligiga taʼsiri kuchaygan. Buxoro xoni Subhonqulixon Anushaga qarshi fitna uyushtirib, uning oʻgʻli Arang Muxammadxonga taxtni egallashga yordam berdi. Lekin uning hukmronligi juda qisqa boʻlgan. 17-asrning oxiri — 18-asr boshlarida Xiva xonligida Xudoydodxon (1687—88), Oʻzbekxon— Arnakxon (1688—90), Joʻji Sulton (1694—97), Valixon (1697—99), Shohniyozxon (1699—90), Shohbaxtxon (1702—03), Sayid Alixon (1703—05), Musaxon (1705—06), Yodgorxon (1706—13) kBu paytda ichki nizolar, zulm avj olgan, Orol boʻyi aholisi Xivaga boʻysunmay qoʻygan edi. 1728 yilda Xivadagi Shergʻozixon madrasasi qurilishida qullar qoʻzgʻolon koʻtarib, xon va uning mulozimlarini qatl qilishgan. Shu voqeadan keyin Xiva xonligida siyosiy oʻyin yana avj olgan. Xiva xonligidagi oʻzaro urushlarda Elbarsxon (1728—39) hokimiyatni qoʻlga kiritgach, ichki nizolarni bostirib, qoʻshni hududlarga bosqinchilik yurishlarini amalga oshirgan. 1740 yilda Eron shohi Nodirshoh Xiva xonligiga bostirib kirib, uni oʻziga boʻysundirgan. 1741 yilda xorazmliklarning qoʻzgʻoloni eroniylar tomonidan bostirilgan.abi oʻnlab xonlar almashgan. Buxoro xonligi bilan Oʻrta Osiyoda hukmronlik huquqi yoʻlidagi kurashda Xiva askarlari Qorakoʻl, Chorjoʻy, Vardanzini xorabazorga aylantirdi va Karmanagacha yetib keldi. 1662 yil Xiva xoni Abulg’ozi navbatdagi urushdan soʻng Buxoro xoni Abdulaziz bilan sulh tuzdi. Lekin uning oʻgʻli Anushaxon (1663-1687yy.) davrida Buxoroga hujumlar yana davom ettirildi. 1685 yil xivaliklar Samarqandni egallab olishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin Gʻijduvon yonida Anushaxon magʻlubiyatga uchradi va Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻldi. Koʻp oʻtmasdan Buxoro xoni Anushaxonga qarshi fitna uyushtirdi, unda Anushaning oʻgʻli Ernak(Ereng) ham ishtirok etdi. 1687 yil Anusha hibsga olinib, koʻzi koʻr qilindi. 1668 yil Buxoro xoni Subxonquli Xorazmni oʻziga boʻysindirdi va uning hukmdori etib Shohniyozni tayinladi- keyinchalik u xonlik unvonini qabul qildi. Shohniyoz xonlik hokimiyatini mustahkamlash va Buxoroga tobelikdan xalos boʻlishga intildi. Shu maqsadda 1700 yil Buxorodan yashirin holda Petr I ga elchi joʻnatib, qoʻl ostidagi xalqi bilan oʻzini Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni soʻradi. Xon Arab Muhammad (1702-1714yy.) ham Rossiya koʻmagiga umid qilgan koʻrinadi. Shergʻozixon (1715-1728yyy.) hukmronligi davrida feodal fitnalari davlatni boʻlak-boʻlakka ajratib tashlagan. 1717 yil Xiva xonligi Rossiya davlatining A.Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspedisiyasi hujumini bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan. Shergʻozidan soʻng xonlik taxtiga Ilbars (1728-1740yy.) oʻtirdi. Eron shohining Afgʻoniston va Hindistonga qilgan yurishidan foydalangan Ilbars Xurosonga hujum qildi. Ushbu voqea, shuningdek Xiva tomonidan Eron hukmronligining rad etilishi va Buxoroni harbiy jihatdan qoʻllab quvvatlanishi Nodirshohni Xorazmga yurish qilishga undadi. Hazorasp yonida Ilbars magʻlub boʻldi. Toʻrt kunlik qamaldan soʻng Nodirshoh poytaxtni zabt etdi. Xiva armiyasining katta qismi Nodirshoh qoʻshinlari tarkibiga kiritildi. Xivada Nodirshoh vakili va Eron harbiy garnizoni qoldirildi. Lekin xonlikning shimoliy qismida Eron hukmronligi kuchga ega emas edi. Bu yerda orolliklar orasida 1730—1732 yillarda Rossiya fuqaroligini qabul qilgan Kichik qozoq ulusi xoni Abul Xayrning oʻgʻli Nuralining mavqei baland edi. 1741 yil xivaliklar Eronga qarshi bosh koʻtarishdi. Xiva qoʻzgʻolonchilar tomonidan ozod etildi hamda vakil va garnizon yoʻq qilindi. Xonlik taxtini Nurali egalladi. Bu voqealardan xabar topgan Nodirshoh oʻgʻli Nurullomirzoga Xorazmga qarshi yurishni buyuradi. Nuralini taxtga koʻtargan Xiva korchalonlari Marvga boʻyin egib borishadi. Ularning iltimosiga koʻra Nodir Xiva xonligiga Ilbarsning oʻgʻli Abu Muhammadni tayinlaydi. 18 asrning 40-yillarida Xivada bir necha xon almashdi. 18-asr oʻrtalaridagi xonlar goh Eron shohlarining xohishi, goh Buxoro hukmdorlarining taʼsiri, goh mahalliy aholi qoʻngʻirot urugʻining yordami bilan tez-tez almashinib turgan. Bu davrda Tohirxon (1739—40), Abulxayrxon (7—8 kun), Nuralixon (1740—42), Abulgʻoziyxon II (1742—46), Gʻoyibxon (1746— 56), Qoraboyxon (1756—57), Temurgʻoziyxon (1757—64) va boshqalar Xiva xonligida rasman hukmronlik qilishgan. 18-asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qoʻllab-quvvatlashiga erishgan oʻzbek qoʻngʻirot urugʻlari Xiva xonligida hokimiyatni qoʻlga ola boshlagan. Inoq Muhammad Amin (1770—90) 1770 yilda turkmanlarning qarshiligini sindirib, 1782 yilda Buxoro amirligi hujumini qaytarib, Xiva xonligida oʻzbek qoʻngʻirotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlagan. Avaz Muhammad Inoq davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, iqtisodiy ahvol birmuncha yaxshilangan. Bu bilan 19-asr boshlarida oʻzbek qoʻngʻirotlar sulolasi hokimiyatni rasman egallashiga zamin tayyorlagan. Muhammad Amin Inoq va Avaz Muhammad Inoqlar chingiziy sultonlar nomidan hokimiyatni boshqargan boʻlsalar, ularning vorisi Eltuzar (1804—06) 1804 yilda Abulgʻoziyxon V Yodgorxon oʻgʻli (1802— 04)ni taxtdan tushirib, oʻzini xon deb eʼlon qilgan. Shuning uchun ham Eltuzarxon Xiva xonligi taxtiga oʻtirgan qoʻngʻirotlar sulolasining 1-xoni hisoblanadi. Uning vorisi, inisi Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazgan. 1811 yilda bir qancha yurishlardan keyin qoraqalpoqlarni ham Xiva xonligi tarkibiga qoʻshib olgan. U oʻtkazgan siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy islohotlar natijasida boshqaruv tizimi takomillashib, soliqlar tartibga tushgan. Olloqulixon (1825—42), Rahimqulixon (1842—45) va Muhammad Aminxon (1846—56) davrlarida Xiva qoʻshinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar boʻlib turgan. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi kushkagachaboʻlgan yerlarni boshqargan. 1855 yilda saraxsni qamal qilish paytida Muhammad aminxonning halok boʻlishi mamlakatda parokandalikka sabab boʻlgan. abdullaxon (1855—56), qutlug’murodxonlar (1856) 6 oydan koʻp hukmronlik qilmaslaridan oʻldirilgan. 1856 yilda taxtni said muhammadxon (1856—64) egallagan.Xiva xonligida soʻnggi mustaqi l hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad raximhon ii (1864—1910) boʻlgan. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan oʻsishi koʻzga tashlanadi. Lekin, 1873-yilda rossiyaXiva xonligini bosib olgan, Muhammad Rahimxon II va kaufman imzolagan gandimiyon shartnomasiga koʻra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qolgan. asfandiyorxon (1910—18) Rossiyadagi oʻzgarishlar sabab Xiva xonligida zulmni kuchaytirgan. Shu bilan birga Rossiya hukumati talabi bilan 1910—13 yillarda vazir islomxo’jaboshchiligida islohotlar oʻtkazishga harakat qilgan. 1914—16 yillarda soliqlarning koʻpayishi, iqtisodiy ahvolning ogʻirlashishi sababli xalqning norozilik harakati kuchaydi. 1917 yilda Rossiyadagi fevral inqilobi taʼsirida Yosh xivaliklar va boshqa siyosiy kuchlarning talabi bilan Asfandiyorxon majlis chaqirish va nozirlar kengashini tuzish toʻgʻrisidagi manifestga imzo chekkan. 1917 yil oxirlarida Xiva xonligidagi sovetlarga moyil kuchlarning olib chiqib ketilishi majlisning tugatilishiga asos boʻlgan. 1918 yilning yanvarida soʻnggi rus askarlarining Xiva xonligidan chiqib ketishi junaidxon Xiva shahrini egallashiga imkon bergan. Asfandiyorxon Junaidxon qoʻlida qoʻgʻirchoq hukmdorga aylanib qolgan. Siyosiy oʻyinlar sababli 1918 yil oktabr oyida Junaidxon tomonidan Asfandiyorxon oʻldirilgan va soʻnggi xon said abdullaxon (1918 yil oktabr — 1920 yil 2 fevral) taxtga chiqarilgan. Bu davrda Xiva xonligi mustaqil davlat sifatida faoliyat yurgizgan. Yosh xivaliklar qizil armiyaning yordami bilan 1920 yil 2 fevralda Sayd Abdullaxonni taxtdan tushirishgan va Xiva xonligi tugatildi deb eʼlon qilishgan. 1.2 Xiva xonligida soliq tizimi. Ma’lumki, Xiva xonligi tipik feodal davlat bo’lib aholining 95 foizi qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. Ekiladigan er maydonlarining aksariyati xon va beklar machit va madrasalar, katta er egalarining mulki hisoblanadi. Ekin maydonlari asosan 3 turga bo’lingan. To’lanadigan soliqning miqdori erning sifatiga va er egasining ijtimoiy-siyosiy mavqeiga qarab belgilangan. XIX asrning birinchi va ikkinchi choragiga aloqador hujjatlar nafaqat Juryon yoki Go’ja qishlog’i, balki butun xonlikning arxivi Sankt-Peterburg shahridagi Saltikov- Shedrin nomli xalq kutubxonasi fondlarida saqlanmoqda. Ular 1873 yil yoz oylarida rus askarlari Xivaning zabt etgan chog’da ataylab olib ketilgan va 1940 yilgacha hech kimga ko’rsatilmay saqlangan. Sharqshunos olimlar V.V.Bartold, P.P.Ivanov, M.Yo’ldoshev, Ya.G’ulomov, A.Boltaev, A.Abdurasulov va boshqalar ushbu arxiv hujjatlarining bir qismini o’rganib chiqdilar. Lekin bu erda saqlanayotgan qo’lyozma kitoblar, toshbosma asarlar va XIX asr o’rtalariga doir hujjatlarning 3 ming jildligini hisobga olsak, hozirgacha e’lon qilingan kitoblar 10 foizni ham tashkil qilmaydi. Ushbu qo’lyozma hujjatlarni kitob va vaqtli matbuot asarlarini varaqlab Juryon, Go’ja, Indavak, Xistiyon, Arvuk, Jindiyon kabi qishloqlarda yashagan ota-bobolarimizning XIX asr o’rtalarida va XX asr boshlarida er, suv mulki, soliq yoki navkar berish kabi ijtimoiy munosabatlarni biroz bo’lsada aniqlashga yordam beradi. Masalan: 1843-1867 yillarga doir tarixiy hujjatlarda Juryon qishlog’i o’z atrofidagi barcha machitqo’mlar orasida eng salmoqlisi hisoblangan va yiliga 109 tillo soliq to’lagan, 36 navkar, 133 qazuvchi bergan, xo’jalik-xonadonlar soni 70 dan ortiq bo’lgan. Ma’lum bo’ladiki, qishloqdagi Ashir, Sho’rqal’a, Jo’jiqlar va Oyoq Juryon elatlari ham yagona Juryon nomi bilan atalgan. To’lanadigan soliqlar miqdori bo’yicha Go’ja ikkinchi, Arvuk uchinchi va Xistiyon qishloqlari to’rtinchi o’rinlarni egallagan. Kelib chiqishi arab yoki forslardan bo’lgan xo’jalar, xon amaldorlari, eshonlar hamda etim-esirlar er solig’idan ozod etilganlar. 1843-1867 yillarda Juryon aholisi 234 xonadonda istiqomat qilganlar. Har bir oilada o’rtacha 10 jondan yashagan deb hisoblasak qishloqda taxminan 2300-2400 kishi yashagan. 25 oila xon tomonidan turli soliq va to’lovlardan ozod etilgan. “Soliq to’lash tartibi” – deb yozadi XX asr boshlarida vohaga kelgan agronom O.Shkapskiy “Amudaryo ocherklari” kitobining 105-betida, “foydalanayotgan erning miqdoridan qat’iy nazar uch toifaga bo’linadi. Masalan: 10 tanob va undan ziyod a’lo erli xo’jaliklar, 5-10 tanob avsot (o’rta) erli va 1-5 tanob adno – sho’rxok yomon erli dehqonlarga ajratilgan. 50-100 tanobdan ziyod erlilar soliqlardan butunlay ozod etilganlar. Ular uchun soliq ijrochidan undirib olinavergan. Akademik M. Yo’ldoshevning “Xiva xonligida feodal er egaligi va davlat tuzilishi” nomli monografiyasida ko’rsatilishicha (T. “Fan”,1959 yil, 64-bet), 1870 yilda Xorazm qishloqlarida 23 011 xonadon bo’lgan va ular har yili 40 993 tillo pul er solig’i to’lab kelganlar. Dehqonchilikda qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Masalan: Hijriy 1266 yilda (1849-1850) Qizil Taqir qishlog’ida ishlatilgan qullar dehqonchiligidan 6 ming botmon (har botmon – 20kg. teng) don olingan. Hammasi bo’lib o’sha joyda 18 310 botmon g’alla yig’ib olingan. Demak, etishtirilgan hosilning uchdan bir qismi qul mehnatini ekspluatatsiya qilish evaziga olingandir. Toshkent Sharq qo’lyozmalari institutining 33-fondida saqlanayotgan bir vaqfnomada Xiva yaqinidagi Indavak qishlog’ida machitlarga qarashli 15, Sadirxos qishlog’ida 17 tanob a’lo er bo’lganligi va ular qullar hamda xudojuylar tomonidan ko’mak (hashar) yo’li bilan ishlab hosil olinayotganligi qayd etiladi. O’sha joydagi ikki elatning soliq daftarlarini chog’ishtirib ko’rilganda quyidagi manzara namoyon bo’ladi. Jindiyon qishlog’ida 1843 yilda yaxshi erli 22 xonadon bo’lib 37 tillo soliq to’laganlar. 1867 yilga kelib Jindiyonda yaxshi erlilar 3 oila bo’lib 23 tillo, Indavakda esa yaxshi erlilar 14-ga tushib qolganlar va 38 tillo soliq to’laganlar. Ko’rinib turibdiki, soliq undiruvchilar erlarning yomonlashuvini inobatga olmaganlar, natijada yig’ilgan soliq miqdori 23 yil davomida kamaytirilmagan. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida quyidagi soliqlar rasm bo’lgan: 1. Begor – ishlab berish solig’i. “hashar” 2. Qazuv – 12 kunlik majburiy xizmat. 3. Olgut – bir yo’la olinadigan soliq. 4. Solg’ut solig’i 5. Miltiq solig’i – qurol solig’i6. Uloq tutuv – ot-uloq sayil puli. 7. Qo’nolg’a-qo’noq solg’uti (mehmon) 8. So’ysun solig’i – jonlig’ so’yib osh berish 9. Chopar puli – xabar solig’i (pochta) 10. Tarozi puli – tag-joy solig’i11. Mirobona – mirob solig’i 12. Darbozabon puli – bozorga kirish puli 13. Otlanuv puli – Shikor yoki safar puli 14. Ipak puli – 40G’1 qism zakot 15. Mir tuman – hoqim to’ra solig’i 16. Shigovul puli – yo’l puli 17. Qorovul puli – soqchilik haqi 18. Pul solig’i – hazinachi puli 19. Qurubon puli – to’qay puli 20. Mushribona – hosil nazoratchisi haqi 21. Afanak puli – erni bo’sh qoldirgani jarimasi 22. Chuvik puli – (aniqlab bo’madi) 23. Olomon puli – jarima 24. Tutun puli – yong’in havfsizligi Xonlikning barcha aholisi kabi juryonliklar ham yuqorida ko’rsatilgan soliqlarni to’lashga majbur edilar. 1.3Xiva xonligida memorchilik,madaniyat va san’at. Xiva– Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub tomonidagi tеkislikda joylashgan.Rivoyat qilishlariga ko’ra Xiva shahriga Nux payg’ambarning o’g’li Som asos solgan. Shahar karvon yo’lida joylashganligi uchun u еrda savdogarlar tеz-tеz bo’lishib turishardi. Shaharga tushib, uning chuqur quduqidan chiqayotgan obihayotdan bahra olgan yo’lovchilar hayratdan “xеy-voh” dеb yuborishgan. Buni o’zlaricha talqin qilgan mahalliy axoli shaharni “Xеy-voh”, “Xayva”, “Xivaq” dеb aytib boshlashgan. O’sha davr solnomachilaridan biri Al-Istaxriy (930 yil) Xiva shahrini o’z davrining eng yirik 30 ta shahri ro’yxatiga kiritgan. Xiva shahri va uning tеvarak-atrofi Xеykanik (xozirgi Polvonyop) arig’idan sug’orilib obod va xushmanzara bo’lgan. Mazkur ariq Amudaryodan bir irmoq sifatidan ajralib chiqqan. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda. Xiva shahrida o’tkazilgan arxеologik qazishmalar natijasi shuni ko’rsatadiki, “Ichan Qal'a” xududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo’lgan.Savdo-sotiq rivojlangan, obod Xiva shahri XIII asr boshlarida mo’g’illar tomonidan vayron qilingan, kеyingi asrlarda shahar har tomonlama rivojlangan. Bu еrda ma'muriy binolar qurilib, shahar obodonlashtirilib, savdo-sotiq rivojlandi. Lеkin, bu yuksalish uzoq davom qilmadi. 1740 yili Eron shoxi Nodirshox Xiva xonligiga xujum boshlaydi. 1740 yili kеch kuzda Xiva shahrini ishg’ol qiladi. Nodirshox xujumi natijasida Xiva shahri butunlay vayron qilinib, mamlakat Eronga qaram bo’lgan o’lkaga aylantirilgan. Shundan kеyin mamlakatda bir nеcha yillar ko’chmanchi turkman zodagonlari hukmronlik qildilar. Ular bilan mahalliy o’zbеk zodagonlari o’rtasida davlatni qo’lga olish uchun bo’lgan qonli kurashlar natijasida mamlakat vayron bo’ldi, xalq esa chidab bo’lmas darajada qashshoqlashdi. Nihoyat, qonli urushlar, o’zaro nizolarga bir qadar barham bеrildi. XIX asrning boshlariga kеlib Xiva xonligi taxtiga Qo’ng’irot sulolasidan bo’lgan xonlar chiqib 1920 yilgacha idora qilishgan.XIX asrga kеlib shahar kеngaydi, u ikki qismdan, ya'ni Ichan Qal'a shahriston (ichki shahar) va Dеshon Qal'a rabot (tashqi shahar)dan iborat bo’lib. Shahar tеvaragida e sa o’nlab qishloqlar joylashgan edi.Ichan Qal'a shahriston o’ziga xos yaxlit mе'moriy inshootlardan iborat bo’lib, baland paxsa dеvor bilan o’ralgan, dеvor aylanasining uzunligi qariyib 2200 mеtrgacha, balandligi 7–8 mеtrga, poydеvorining qalinligi esa 5–6 mеtrga tеng. Ichan Qal'a to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 650 mеtr, eni 400 mеtr, ya'ni 26 gеktar maydonni egallaydi, to’rtta darvozasi dunyoning to’rt tomonga qaratib qurilgan. Dеshon Qal'a – rabot. Ichan Qal'a atrofida XIX asrning o’rtalarida vujudga kеlgan. Dеshon Qal'ada kambag’al-kosiblar, hunarmandlar va mayda savdogarlar yashashgan. Dеshon Qal'a 1842 yilda baland dеvor bilan o’rab olingan bo’lib, hashar yo’li bilan bir oy davomida qurilgan, qal'ani qurishda xonlikning 200 mingdan ziyod aholisi qatnashgan. Bu haqda Ogahiy shunday yozadi: “Ham shu yili 1268 hijriy (1842 mеlodiy) Muhammad Yoqub mеhtar va Otamurot qushbеgi boshchiligida Rajab oyining sakkizida, dushanba kuni Xiva dеvorini qurish boshlangan va o’ttiz kun davomida qurib bitkazilgan”.Dеshon Qal'ani o’rab olgan dеvorning uzunligi 6250 mеtr, uning o’nta darvozasi bo’lgan: Xazorasp (Qo’y darvoza), Pishkanik, Angariq, Shixlar, Tozabog’, Shoximardon, Doshyoq, Gadoylar, Qo’sha darvoza va Gandimyon. Dеshon Qal'ada turar joylardan tashqari xonning yozgi qarorgohlari uchta bog’– Rofanik, Nurullabеk va Nurullaboy bo’lgan. Dеshon Qal'a qurilishi bilan shahar ikkita qismga bo’lingan va shahar maydoni bir nеcha o’n marta kеngaygan.1920 yilgacha Xiva shahrining Ichan Qal'a xududida 33 ta mahalla (machitqo’m) va Dеshon Qal'a xududida 34 ta mahalla mavjud bo’lib, ularning har biri o’z nomiga ega edi. Mahalla nomlari u еrda istiqomat qilgan kishilarning kasb-koridan darak bеrib turgan. Shaharda 109 ta katta va kichik ko’chalar, 79 ta masjid, 120 ta qorixona, 64 ta madrasa bo’lganXiva shahri Xitoydan Rimgacha olib boruvchi Buyuk Ipak yo’lining eng muhim chorraxalaridan birida joylashgan.Xiva shahri 1990 yil 12 dеkabrda YuNЕSKOning Markaziy Osiyoda birinchi bo’lib «Butun jahon mеrosi» sifatida ro’yxatga olingan.Xiva «Ichan-Qal'a» Davlat muzеy-qo’riqxonasi O’zbеkistonning eng ko’hna muzеylaridan biridir. Qo’riqxona xududida 54 ta qadimgi tarixiy mеmoriy binolar, 360 xonadon 2600 aholi istiqomat qiladi.Xiva «Ichan-Qal'a» tarixiy mе'moriy Davlat muzеy-Qo’riqxonasi bisotida Xorazmning 3000 yildan ko’proq uzoq tarixini, uning ma'naviy va moddiy madaniyatini yorituvchi 40.000 ga yaqin nodir, asosiy fond eksponatlari saqlanmoqda. Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq– Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi tarixiygeografik manbalarda uchraydi. Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub.Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidal arining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, pahlavon mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.Mil. av. 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyoxdari Istaxriy va Mukaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221 yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1389 yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 fev.gacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984– 1993 yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridsi. Shahar xududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qad. qismi – Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 m gacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qad. ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5- asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Mil. av. 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.Mil. av. 4–3-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22– 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4–8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan oʻrab chiqilgan.Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar mil. av. 4–3- asrlarga taallukli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qad. qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Mil. av. 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.Mil. boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1– 3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5– 9 m ga yetdi. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, mil. 4–5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6–8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.Oʻrta asrlardagi tarixi.Shahar Xorazmshoxdar davri (12–13-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.Keyingi davrda ayniqsa, 16–19- asrlarda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi.Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz. 650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega. Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (1825– 42) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.Yangi davrdagi tarixi. Xiva oʻzbeklari, 1913-yil.1874 yilda shahar maʼmuriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona, Oʻr, Koʻhnabozor, Kaltaminor, Amin chorsu, Mevaston, Qoraaʼlam va Yangi qalʼa mavzelariga boʻlingan. Xiva xonning "mulki xolisasi" hisoblanib shaxsan uning oʻzi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xivada 64 Madrasa, 79 masjid boʻlgan. 1924 yil shaharda olingan aholi roʻyxatida 4029 xonadonda 18145 kishi qayd qilingan. Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1 ming m, eniga 400 m boʻlib, 40 ga maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan. Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shim. va jan.) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan. Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq "1873 yilgi Xiva yurishlari" maqolasiga ilova tarzida bosilgan. Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995 yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.Sanoat va ishlab chiqarish.Shaharda "XivaKarpet" qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, tikuvchilik, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti, Oʻzbekiston FAning Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum i.t. stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm,kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Xiva xonligida madaniyat. Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chog‘lari boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi. Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir. Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go‘r o‘g‘li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folklor va xalq og‘zaki ijodidagi ko‘rinishlari taraqqiy etdi. Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi an’analar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o‘zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar. XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk insonlardan biri – Shermuhammad ibn Avazbiy mirob o’g’li Munis edi. 1778 yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog’ida mirob oilasida tavallud topgan adib: “Men, Munis, Xivada yashovchi yuz toifasidan bo’lgan Amir Eshimbiyning avlodidandirman”, deb yozgandi. Uning bolalik va yoshlik yillari Qiyot qishlog’ida o’tdi va ulg’aygach, Xivadagi madrasalardan birida tahsil ko’rdi va ustozi Sayyid Eshonxo’jadan saboq oldi. Arab, fors, turkiy xalqlar adabiyoti, shuningdek klassik muzika hamda tarix fanini qunt bilan o’rgandi. U mohir hattot bo’lib kufiy, rayhoniy, xatti shikasta kabi xatlarni yaxshi bilgan. Uning otasi Avazbiy 1800 yilda vafot etgach, xon 22 yashar Shermuhammadni saroyga taklif qiladi, uni qazuv, qachuv, (suv xo’jaligi) ishlari bo’yicha kotib, 1812 yilda amakisi Erniyozbek mirob o’lib, xon Munisni mamlakatni bosh mirobi qilib tayinlaydi. She’riyat olamida uning taxallusi Munis bo’lib, lug’aviy ma’nosi “ulfat”, “hamdam”, “do’st” demakdir. Nizomiydan tortib, to o’zi yashagan davrga qadar o’tgan so’z san’atkorlarining ijodi bilan oshno bo’lgan shoir, o’zining “Manga” radifli g’azalida Nizomiy, Xisrav Dehlaviy ijodidan naqadar lazzatlanganligini, Hofiz Sheroziy, Lutfiy asarlari orqali she’riyat bo’stoniga qadam qo’yganini, Firdavsiyning ijod bog’ida orom olganini, Anvariydan nur emib, Sa’diy va Jomiydan cheksiz bahramand bo’lganini, Bedilning ajoyib so’zlaridan fayz topib, nihoyat buyuk Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyni o’ziga homiy bilganini zo’r mamnuniyat bilan qayd qiladi. Munis tez orada el-yurt hamda Xiva hukmdori Avaz inoq nazariga tushadi. 1804 yilda shoir alifbo sifatida foydalanish uchun “Savodi ta’lim” kitobini yozib tugatadi. Yana shu yili ijodi namunalarini “Munis ul-ushshoq” (“Oshiqlar do’sti”, 1804 yilda) degan nom bilan to’plab, uni 1813 yilda 16 892 misradan iborat katta devonga aylantiradi. Ushbu asarda shoirning g’azallari, muxammaslari, ruboiylari, mustazodlari, tuyuqlari, to’rtlik va maxsus ikkilik baytlari mavjud bo’lib, bulardan tashqari devon oxiriga shoirning 1804 yilda nazm bilan yozib tamomlangan kalligrafiyaga oid “Savodi ta’lim” nomli asari ham ilova qilingan. Ushbu kichik risolada chiroyli xat yozish usullari bayon qilingan. Risola ikki qismdan iborat. Asarning birinchi qismida xat mashq qilishga tayyorgarlik va bu ish uchun kerakli asboblar to’g’risida so’z yuritiladi. Ikkinchi qismida esa, xat mashqi va uning usuli haqida amaliy yo’l bilan ta’lim beriladi. ’o’ttiz yildan ortiq ijod qilgan adibning ota-bobolaridan meros bo’lib kelayotgan sulolaviy kasb miroblik haqida “Ornalar” nomli risolasi biz uchun nihoyatda qimmatlidir. Ushbu kitob tufayli biz vohada suvchilik kasbi, dehqonchilik tarixi, suv uchun bo’lgan urushlar tarixi bilan bog’liq ijtimoiy siyosiy voqealardan xabardor bo’lamiz. Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806) Munisga Xorazm tarixini bitishni topshirdi. Munis bu asarga “Firdavs-ul iqbol” (“Baxt bog’i” yoki “Baxt-saodat bog’i”) deb nom qo’ydi. Asar Munis va jiyani Ogahiy qalamiga mansub bo’lib, u afsonaviy rivoyatdan boshlanib, 1825 yilgacha Xorazmda sodir bo’lgan tarixiy voqealarni o’z ichiga oladi. Munis bu asarni yozib tugata olmagan, u qadim zamonlardan boshlab Muhammad Rahimxon (1806-1825) hukmronligining 7-yili, ya’ni 1813 yilgacha bo’lgan voqealarni yozib ulgirgan, 1813 yildan 1825 yilgacha bo’lgan voqelar Ogahiy qalamiga mansub bo’lib hijriy 1255 ( milodiy 1839) yili yozib tugallangan. Asar Xiva xonligi hududida yashovchi o’zbeklar, turkmanlar, qozoq va qoraqalpoq xalqlari tarixini aks ettiradi. Asarni mukammal nusxasi Munis va Ogahiy qo’lyozmasiga mansub bo’lib 613 bet, asar Samarqand qog’oziga, qora siyoh bilan nastaliq xatida yozilgan. “Firdavs ul iqbol”ning mzkur nusxasi Rossiya Fanlar Akademiyasining, Sankt- Peterburg bo’limida KP-938 raqami bilan saqlanmokda, uni rus sharqshunosi A.Kun 1874 yilda topshirgan. Asar keyinchalik, 1856 yilda mulla Nurniyoz ibn mulla Muhammadniyoz tomonidan ko’chirilgan. Asarga 1879 yilda Muhammad Rizo oxund ibn Muhammad Karim devon tartib bergan. Munis bu asarini Eltuzarxon davrida boshlagan, 1806 yilda u o’z asarini Sherg’ozixon davriga etkazganda, Buxoro xoni amir Haydar bilan bo’lgan urushda Eltuzarxon o’ladi, undan keyin u Muhammad Rahim I davrida bu asarni davom qildiradi. U bu davrning 7 yillik tarixini yozib tugatganidan keyin, bu ishni to’xtatib, 1819 yilda u mashhur tarixchi Mirxondning “Ravzat-us-safo” (“Safo bog’i”) asarini o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishadi. Bu asarni ham birinchi bo’limini tarjima qilib, ikkinchi bo’limi ustida ishlay boshlaydi, lekin 1829 yilgi Olloqulixonning harbiy yurishi vaqtida vabo kasalligiga chalinib, Ahal-Taka vohasida dunyodan o’tgan. Jasadi Xivaga keltirilib, Eski Qiyot qishlog’idagi Mavlonbobo qabristonida maxsus barpo etilgan maqbaraga dafn qilingan. O’z davrida Munis turkman shoiri Zeliliy (1800-1853) (Oloqulixon davrida zindonga tashlangan) va qozoqlarning Kichik juzi oqini (baxshi shoiri) Mahambet (1800-1846) (Olloqulixon tomonidan saroyda qabul qilingan, lekin qarashlari to’g’ri kelmagani uchun Xiva xonligidan chiqib ketgan) bilan ham fikr bo’lgan, ularning yuragi qo’ridan otilib chiqayotgan har bir nido yoki ishqiy she’rlarida vatanga va o’z xalqiga muhabbat hissi, o’zi yashagan zamonaga nisbatan norozilik fikrlari olg’a suriladi: – haqsizlik, zulmga qarshi norozilik, adolat, xalqqa muhabbat, saxiylik, vafo, ma’rifatparvarlik, ilm-fanga homiylik, jaholatga qarshi kurash, insoniy fazilatlar ulug’langan. " Download 348.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling