Jahon tarixi kafedrasi
Download 1.22 Mb.
|
1 2
Bog'liqVizantiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- JAHON TARIXI fanidan «XI XV asr birinchi yarmida Vizantiyaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi» mavzusidagi KURS ISHI
- I bob. Vizantiya imperiyasining tashkil topishi. XI – XV asrlarda Vizantiya imperiyasining siyosiy hayoti
- I BOB VIZANTIYA IMPERIYASINING TASHKIL TOPISHI. XI XV ASRLARDA VIZANTIYA IMPERIYASINING SIYOSIY HAYOTI Vizantiya imperiyasi
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARGONA DAVLAT UNIVERSITETI JAHON TARIXI KAFEDRASI 5120300 Tarix (Jahon mamlakatlari boyicha) talim yonalishi 20.91-guruh talabasi D.Azamovaning JAHON TARIXI fanidan «XI XV asr birinchi yarmida Vizantiyaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi» mavzusidagi KURS ISHI Ilmiy rahbar: PhD., dots. O. Rahimova Fargona shahri 2022 2023-oʻquv yili MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………………………………………………………………..……………..……….4–5 I bob. Vizantiya imperiyasining tashkil topishi. XI – XV asrlarda Vizantiya imperiyasining siyosiy hayoti………………………………………………………………………..……..……………..6–16 II bob. XI XV asrlarda Vizantiya imperiyasining madaniy hayoti … . . 1727 Xulosa… .. .. .. 28–29 Foydalanilgan manba va adabiyotlar royxati .. ............... 30 I BOB VIZANTIYA IMPERIYASINING TASHKIL TOPISHI. XI XV ASRLARDA VIZANTIYA IMPERIYASINING SIYOSIY HAYOTI Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat. Ushbu mamlakat 4-15-asrlarda mavjud bolgan. Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon yarim orolining katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit orollari kirgan. Poytaxti Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili 4-6-asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan. 527–565-yillarda Imperator Yustinian I hukmronligi davrida maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazilgan. Markaziy davlat mustahkamlangan va kuchli armiya vujudga keltirilgan. Bu esa Yustinianga 533–534-yillarda Shimoliy Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, janubiy-sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini bergan. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri 7-asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etgan. 7-asrning 70-yillarida Vizantiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasida qadimiy bulgʻorlar davlati — Bulgʻoriston barpo boʻlgan. 636—642 yillarda arablar Vizantiyadan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shimoliy Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar Vizantiya hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-asrlarda Vizantiya hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq 10-asrda yirik yer egaligi kuchayib, Vizantiya shaharlari 7—9-asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-asr oʻrtalarida Vizantiya arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris orollarini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda Vizantiyaning taʼsiri kuchaydi. Vizantiya Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi 1018-yilda. 13-asr boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari Vizantiya hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga Vizantiya yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261-yilda Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog Vizantiya imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq Vizantiya oʻzining qadimiy qudratini tiklay olmadi. 1453-yilda Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 15-asrning 60-yillari boshida Vizantiya imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. Vizantiya Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Vizantiyada antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. Vizantiyada monastir maktablari ham bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. 425 yil Konstantinopolda barpo etilgan oliy maktab (auditoriy) boshqa oliy maktablarni siqib chiqardi. Konstantinopol auditoriysi davlat muassasasi, uning professorlari davlat xizmatchilari hisoblanar, poytaxtda dars berish faqat ularga ruxsat etilgan. 9-asr oʻrtalariga kelib, Magnavr oliy maktabi ishlay boshladi. Bu maktab oliy dunyoviy amaldor va din peshvolarini tayyorlar edi. 11-asr oʻrtalarida Konstantinopolda yuridik va falsafiy maktablar davlat muassasasi sifatida ochildi. 12-asrda oliy maktabda tibbiyot fani ham oʻqitila boshladi. 1204-yildan keyin Vizantiyada oliy maktab tugatildi. Monastirlar huzuridagi maktablar davlat maktablarini tobora siqib chiqaraverdi. Bunday maktablar, odatda, muallimning vafotidan keyin yoki u quvgʻinga uchragach, yopilib qolardi. Vizantiyaning kutubxonalari ilk davrdan nari oʻtmadi. Iskandariya kutubxonasi 391 yilda vayron etildi. Konstantinopol kutubxonasi (356 yilda asos solingan) 475 yilgi yong'inda kuyib ketdi. Keyingi davr kutubxonalari haqidagi maʼlumotlar kam boʻlsa ham, imperator, patriarx, monastirlar kutubxonalari, oliy maktablarning va xususiy shaxslarning kutubxonalari boʻlganligi maʼlum. Texnikasi. Vizantiyaga antik davr qishloq xoʻjaligi texnikasi (hoʻkizga qoʻshiladigan omoch va pichan yiqqich, sunʼiy sugʻorish tizimi) hamda hunarmandchiligi meros boʻlib qolgan. Bu hol Vizantiyaning dehqonchilik, zargarlik, shoyi toʻqish, hashamatli inshootlar qurish, kemasozlik (9-asrdan boshlab qiyalama yelkandan foydalanilgan) va boshqa sohalarda 12-asr gacha Yevropada ilgʻor davlat boʻlib qolishiga imkon berdi; 9-asrdan boshlab sirkor keramika, shisha tayyorlash (qadimgi usullar boʻyicha) rasm boʻldi. Biroq, vizantiyaliklarning ota meros anʼanalarini saqlab qolishga intilishi texnika taraqqiyotiga ozmi-koʻpmi toʻsqinlik qildi. 12-asr dan boshlab Vizantiya hunarmandchiligining Gʻarbiy Yevropa hunarmandchiligi (shishasozlik, kemasozlik va h.k.) dan orqada qolishiga sabab boʻldi. 14—15-asrlarga kelib esa, VIZANTIYA toʻqimachiligi italyan toʻqimachiligi bilan raqobat qila olmay qoldi. Matematika va tabiiy faylar. Vizantiyada mat.ning jamoatchilik oʻrtasidagi nufuzi oʻrta asrlarning asosiy fanlari hisoblangan falsafa va notiqlik sanʼatiga nisbatan juda past boʻlgan. 4—6-asrlardagi Vizantiya matematiklari asosan qad. allomalarning asarlarini sharhlash bilan mashgʻul boʻlishgan: Feon (4-asr) Yevklid va Ptolemey asarlarini chop qildirgan va sharhlagan, Ioann Filopon (6-asr) Aristotelning tabiatshunoslikka doir ilmiy asarlarini sharhlagan, Yevtokiy Askalon (6-asr) esa Arximedning shunday ishlarini sharhlash bilan shugʻullangan. Baʼzi masalalarda Vizantiya fani antik davr faniga nisbatan bir oz ilgari siljidi: Ioann Filopon jismlarning tushish tezligi ularning ogʻirligiga bogʻliq emas, degan xulosaga keldi; Ayo Sofiya ibodatxonasini qurib mashhur boʻlgan meʼmor va muhandis trallik Anfiliy oʻt oldiruvchi koʻzgular ishiga doir yangi talqinini taklif qildi. 9-asrga kelib tabiiy fanlar borasida bir oz yuksalish kuzatildi. Ixtirochi Lev Matematik birinchi marta harflardan algebraik timsollar sifatida foydalandi. Maʼlumotlarga koʻra, 12-asrda arab raqamlarini joriy qilishga urinish boʻlgan boʻlsa kerak. Soʻnggi Vizantiya matematiklari sharq faniga juda qiziqishgan. Trapezund olimlari (Grigoriy Xioniad, 13-asr uning izdoshlari Grigoriy Xrisokokk va Isaak Argir,14-asr) arab va fors mat.si va astronomiyasini oʻrganishgan. Sharq fani merosining oʻrganilishi Feodor Melitinnotaning „Uch kitobdagi astronomiya“ (1361) majmua asarining yaratilishiga yordam berdi. Kosmologiya sohasida vizantiyaliklar anʼanaviy tasavvurlarga rioya qilishgan. Ulardan baʼzilari Bibliyada keltirilgan dunyoqarashlarga ishongan boʻlsa, boshqalari Yerning sharsimonligi haqidagi taʼlimot Bibliyaga zid emas, deb hisoblaganlar. Ilmi nujum inson taqdirini osmon yoritqichlarining harakati bilan bogʻlangani uchun pravoslav ilohiyotchilari tomonidan qattiq tanqid qilindi va taʼqibga duchor boʻldi. 14-asrda Nikifor Grigora taqvim (kalendar)ni isloh qilishni taklif etdi, quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Bu taklif va bashoratlar astronomiya kuzatuvlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Vizantiyada geografiyaning boshlanishiga fem (viloyat)lar, shaharlar, yepiskop boshliq maʼmuriy birliklarning rasmiy tavsiflari asos boʻldi. taxminan 535 yilda Iyerokl 64 fem va 912 shaharning tavsifini oʻz ichiga olgan „Sinekdem“ toʻplamini tuzdi. Bu toʻplam keyingi davrlarda yozilgan geografik asarlar uchun zamin boʻldi. 10-asrda Konstantin Bagryaiorodniy Vizantiya femlari tavsifini oʻz davri anʼanalari asosida tuzib chiqdi. Shu bois uning asaridagi koʻp maʼlumotlar oʻsha davrdagi mavjud maʼlumotlarga gshd. Savdogarlar, ziyoratchilarning sayohat tavsiflari ham oʻsha geografik adabiyotlar toifasiga mansub. 4-asrda yozilgan muallifi nomaʼlum sayohatnomada Oʻrta dengiz batafsil bayon qilingan, portlar orasidagi masofalar koʻrsatilgan, muayyan joyda ishlab chiqarilgan tovarlar haqida gapirilgan va h.k. Quyidagilarning sayohat tavsiflari saqlangan: savdogar Kosma Indikoplovning (6-asr) „Xristian topografiyasi“ asari (bunda umumkosmologik tasavvurlardan tashqari bevosita kuzatuv taassurotlari, Arabiston, Afrika va boshqa joylardagi turli mamlakatlar va xalqlar haqida aniq maʼlumotlar mavjud), Ioann Fokning (12-asr) Falastinga, Andrey Livadinning (14-asr) Falastin va Misrga, Kanan Laskarisning (14-asr oxiri yoki 15-asr boshi) Olmoniya, Skandinaviya va Islandiyaga sayohatlari tavsiflari. Vizantiyaliklar geografik haritalar tuzishni ham bilganlar. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling