Jahon tarixi
|
ixtiyorida saqlab qoldi. Ammo, shu bilan birgalikda, iqtisodiy barqarorlikning
ta’minlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashdi. Faqat 1997-yildan boshlab investitsiyalar va yangi texnologiyalar oqimi ishlab chiqarishning, xususan, elektronikaning o‘sishini, mehnat unumdor- ligining ortishini jadallashtirdi. Estoniya aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi, ishlab chiqarishning yangilanish va o‘sish sur’atlari, keyinchalik har bir fuqaro boshiga o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha XX asr oxiriga kelib, mintaqadagi boshqa davlatlarni ortda qoldirdi. Estoniya Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma tuzib, iqtisodiyotni rivojlan- tirishning qisqa muddatli dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish olib bormoqda. U Yevropa Kengashiga qabul qilingach, YEXHT ishida faol ishtirok etmoqda va Rossiya Federatsiyasida imperiyachilik kayfiyati paydo bo‘lishidan xavfsirab, o‘z xavfsizligini NATOga a’zo bo‘lish orqali mustahkamlashga www.ziyouz.com kutubxonasi 328 intilmoqda. Lekin mamlakat oldida qator muammolar turibdi. Ulardan biri milliy masaladir. Hozirgi vaqtda Estoniya rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega. U xususiy xomashyo va yoqilg‘i resurslaridan foydalanish hamda qulay iqtisodiy- geografik joylashuv hisobiga rivojlanmoqda. Mamlakatda iqtisod tezlik bilan liberallashtirilmoqda. Daromad solig‘i yildan yilga kamaytirilmoqda va 2010- yilga borib 18% bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. 90-yillarda Sharqiy Yevropada eng ko‘p chet el investitsiyasini kiritgan davlat hisoblanadi. 2000–2007- yillarda yillik o‘sish 9,9 foizni tashkil etdi. YAIM ning 68 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. YAIM 23,93 mlrd dollarni, aholi jon boshiga 21860 dollarni tashkil etadi. Mamlakat Prezidenti T.X. Ilves. Latviya Respublikasi 1990-yil arafasida mamlakat aholisining yarmidan xiyol ko‘prog‘ini latishlar tashkil etar va latish bo‘lmaganlar (asosan ruslar) ning atigi 19 foizi latish tilini bilardi. Mamlakatning SSSRga qo‘shib olinishiga, ruslashtirish va aholi manfaatlariga mos kelmagan sanoatlashtirish siyosatiga qarshi chiqishlar Riga va boshqa shaharlarda 1985-yildan boshlandi. 1988- yilda Xalq fronti Latviya suvereniteti uchun kurashayotgan turli tashkilot va harakatlarni birlashtirdi va ommaviylashdi. 1989-yilda SSSR xalq deputatligiga, 1990-yilda respublika Oliy Sovetiga bo‘lgan saylovlarda mamlakat mustaqilligi tarafdorlari bilan unga qarshi bo‘lganlar o‘rtasida keskin kurash ketdi va bunda mustaqillik tarafdorlari bo‘lgan kuchlar g‘alaba qildi. May oyida Oliy Sovet Latviyani mustaqil va suveren — Latviya Respublikasi deb atadi va mamlakatda liberal-demokratik islohotlar boshlab yuborildi. 1991-yil mart oyida bu tanlangan yo‘l sovet siyosiy arboblari va harbiylarning faol qarshiligiga qaramay, referendum qatnashchilarining 77,6 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Prezidentlikka Sovet hukumati tomonidan qatag‘on qilinib, surgunda vafot etgan Latviyaning urushdan oldingi prezidentining jiyani — G. Ulmanis saylandi. Ilgarigi boshqaruv tizimi va respublika qurolli kuchlari tiklandi. Hukumat latish madaniyatini rivojlantirish va latish tili monopoliyasini ta’minlash yo‘lida bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Latishlar talabi bilan sovet qo‘shinlari 1994-yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib chiqib ketildi. Uzoq muddat davomida I. Godmanis rahbarlik qilayotgan hukumat iqtisodiyotda bozor munosabatlarini joriy etishga intilayotgan edi. Latviyada ishlab chiqarishning kamayishi sabablarini bu yerda inflatsiyaning boshqa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan pastroq bo‘lishi bilan izohlash mumkin edi. Ammo mamlakatda energiya manbalari va oziq-ovqat yetishmas edi. Rossiya Latviya bilan savdo-sotiqni cheklagandi, bu esa uni Shimoliy va G‘arbiy Yevropadan sheriklar izlashga majbur etdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 329 1993-yilda milliy valuta — latni joriy qilish va barqarorlashtirish uchun Xalqaro Valuta Fondi va boshqa tashkilotlar kreditlari kerak bo‘ldi. Latviya oziq-ovqatga muhtoj edi va uni xalqaro tashkilotlardan olayotgan edi. Rossiya bilan savdo tranziti va investitsiyalar mamlakat uchun juda muhimligiga qaramasdan, ishlab chiqarish, eksport va import Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaratila boshlandi. Xalqaro Valuta Fondi tavsiyalariga ko‘ra, hukumat xarajat va daromadni qat’iy muvozanatga keltirdi, foyda keltirmaydigan korxonalarni yopishga harakat qilib, raqobatdosh korxonalarni qo‘llab-quvvatladi. 90-yillarning oxirida, Rossiyadagi inqiroz sababli yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramasdan, Latviyada ishlab chiqarish o‘sishi barqaror edi va u aholi turmush darajasining ko‘tarilishiga yordam berdi. Ayniqsa, kichik va o‘rta korxonalarning soni tez o‘sa bordi. Aholining ko‘pchiligi bu bilan ham qoniqmagan edi. Biroq 1999-yildagi prezident saylovlarida muhojirlikdan qaytgan V. Vike-Freyberg nomzodini ko‘rsatgan natsional-liberallarning g‘alabasi si- yosiy barqarorlikning mustahkamlanishiga yordam berdi. Mustaqillik yillarida Latviyada chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazildi. Ko‘p o‘tmay yuqori natijalarga erishildi. 2007-yilda yillik o‘sish 10,3 foizni tashkil qildi. 2007-yil yakunlariga ko‘ra Latviya YAIM ning o‘shishi jihatidan sobiq Ittifoq respublikalari bo‘yicha Ozarbayjon va Armanistondan so‘ng uchinchi o‘ringa chiqdi. U Jahon savdo tashkiloti a’zosi. YAIM aholi jon boshiga 12,8 mln dollarni tashkil qilmoqda. V. Zatlers – mamlakat Prezidentidir. Latviya Respublikasi o‘zining Boltiqbo‘yi qo‘shnilari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda, 2004-yilda Yevropa Ittifoqiga kirdi, YEXHTda ishtirok etmoqda va Rossiyaning imperiyachilik kayfiyatidan himoyalanish maq- sadida, NATOga a’zo bo‘ldi. Mamlakat parlamenti va hukumati Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish niyatida, ammo Rossiya Federa- tsiyasining Latviyadagi rus millatiga mansub bo‘lgan fuqarolarning manfaat- larini himoya qilishga intilishi tufayli ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabat murakkabligicha qolmoqda. Litva Respublikasi Litvada jamiyatning yangilanishi va ijtimoiy rivojlanishi uchun ommaning chiqishlari boshqa Boltiqbo‘yi respublikalariga nisbatan kechroq faollashdi, ammo 1988-yilning kuzidayoq «Sayudis» harakati paydo bo‘ldi. Avvaliga u ijtimoiy faollikni oshirish to‘g‘risidagi talablar bilan cheklandi. Ammo 1989- yilda ommaviylashib, SSSR xalq deputatligiga bo‘lgan saylovlarda ko‘p ovoz oldi va bastakor V. Landsbergis rahbarligida mavjud tuzumni o‘zgartirish va Litva mustaqilligini yoqlab chiqdi. Respublika Oliy Sovetida Sayudisning g‘alabasi tufayli 1990-yilda mustaqil Litva davlati va uning SSSR tarkibidan chiqishi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. www.ziyouz.com kutubxonasi 330 Sayudis qo‘liga o‘tgan hukumat mamlakat suverenitetini himoya qilib, 90 foizi SSSR hukumati ixtiyorida bo‘lgan sanoatni o‘z qo‘liga oldi va uni davlat tasarrufidan chiqarishni rejalashtirdi. Kolxoz (jamoa xo‘jaligi) larni fermer xo‘jaliklariga aylantirishga yo‘naltirilgan yer to‘g‘risidagi qonun, mulk egalari huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hukumatning bu yo‘li mamlakatda paydo bo‘lgan ko‘pgina partiyalar va harakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 1990-yilning yanvar oyida sovet desantchilari mahalliy kommunistlar bir qismining yordami bilan qurol ishlatib va talafotlar ko‘rib, telemar- kazni qo‘lga oldi va Vilnyusdagi asosiy nuqtalarni egallab olishga urindi. Ammo xalq chiqishlari bu mojaroni va Litva mustaqilligi dushmanlari- ning boshqa urinishlarini puchga chiqardi. 1990-yil 11-martda Litva mustaqilligi e’lon qilindi. 1991-yilda uni birinchi bo‘lib Islandiya tan oldi. Avgustda Rossiya hukumati ham Litva mustaqilligini tan oldi. Moskvadagi 1991-yilgi avgust fitnasi mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng SSSR Prezidenti ham shunday yo‘l tutishga majbur bo‘ldi. 1992-yilda referendum yo‘li bilan yangi hukumat tayyorlagan konsti- tutsiya qabul qilindi. Ijro etuvchi hokimiyat rahbari xalq tomonidan saylanadigan prezident va hukumat bo‘ldi. Ilk Prezident — sotsial-demokratik partiya yetakchisi A. Brazauskas ham, liberal-vatanparvar ruhdagi bir qator partiyalarni tashkil etgan Sayudis a’zolari ham, ko‘pchilikni tashkil etgan hukumat ham asosiy e’tiborni xo‘jalikni yangilash va rivojlantirish uchun ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratdi. Litvada ilgari SSSRdan yetkazib beriladigan elektr energiyasi va xom- ashyo yetishmas edi. Rossiya bilan savdo va Kaliningrad tranziti to‘g‘risidagi bitim bu tanqislikni atigi bir oz yumshatdi. 1989-yildan 1993-yilgacha ishlab chiqarishning 50 foizga qisqarishi va yirik inflatsiya aholi ahvolini yomon- lashtirdi va xalq noroziligini keltirib chiqardi. Litva Yevropa Ittifoqi mamla- katlari bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga, xal- qaro tashkilotlar va Xalqaro Valuta Fondidan kreditlar olishga majbur bo‘ldi. Hozirgi paytda tashqi savdo mamlakat YaIM ning uchdan ikki qismini tashkil etadi. Shu bilan birga eksportning 50 foizi Yevropa Ittifoqiga to‘g‘ri keladi. 1993-yilda milliy valuta — lit joriy qilindi. Uning barqarorlashuvi asosan vaucher (xususiylashtirish cheki) orqali korxonalarni xususiylashtirish va fermer xo‘jaliklarni oyoqqa turg‘izishga imkon berdi. 1994-yilda yerga xususiy mulkchilik asosida agrar munosabatlarni tartibga solish qoidalari belgilandi. 1996-yilga kelib davlat tasarrufida korxonalarning atigi 25 foizi, ya’ni ener- getika va transport qolgan edi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi 80 ga yaqin mamlakatdan investitsiyani olib kirishga imkon berdi. Bu ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirishni ta’minladi, ammo xalq ommasining turmush darajasi unchalik ko‘tarilgani yo‘q. 90-yillarning oxiriga kelib ijtimoiy muammolarga yetarlicha e’tibor qaratmagan, ma’muriy-xo‘jalik xatoliklariga yo‘l qo‘ygan va korrupsiyaga www.ziyouz.com kutubxonasi 331 qarshilik ko‘rsatishni eplay olmagan G. Vagnoryus hukumati aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Umumxalq ovozi bilan saylangan yangi Prezident V. Adamkus 1999-yilda (2004-yilda qayta saylandi) oldingi hukumat yo‘l qo‘ygan xatoliklarga barham beruvchi yangi hukumatni xristian-konserva- torlardan iborat qilib tuzdi. Yangi hukumat ham mamlakatda narx-navoning o‘sishini to‘xtata olmadi, ammo korxonalarni xususiylashtirishni tezlashtirdi va kengaytirdi. Lekin iqtisodiy qiyinchiliklar bartaraf qilinmadi. Litva Boltiqbo‘yidagi qo‘shnilari, Polsha va Belorussiya hamda Rossiya bilan yaqin aloqalarni rivojlantirmoqda. Ammo uning uchun Yevropaning boshqa mamlakatlari, YEI bilan savdo va moliyaviy-iqtisodiy hamkorlik muhimroq ahamiyatga ega bo‘ldi. Litva eksportining 50 foizi YEIga to‘g‘ri keladi. 2004-yil 1-mayda Litva Yevropa Ittifoqiga va NATO ga a’zo bo‘ldi. Litva iqtisodida sanoat korxonalarini xususiy shaxslarga sotish katta rol o‘ynadi. 1996–1999-yillarda 1000 dan ortiq korxona sotildi. Tashqi savdoda oldin Rossiya asosiy rol o‘ynagan bo‘lsa, 2002-yildan Yevropa Ittifoqi davlatlari birinchi o‘ringa chiqdi. 2003-yilda YAIM 40,8 mlrd dollarga yetdi, aholi jon boshiga 11,4 ming dollarni tashkil etdi. Sanoatning to‘qimachilik, asbobsozlik, neftni qayta ishlash turlari rivojlanmoqda. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Estoniyadagi «Kuylayotgan inqilob» ning mazmunini tushuntiring. 2. Latviya bozor iqtisodiyotiga qanday o‘tdi? 3. Litvada mustaqillikning tiklanishi qanday kechdi? 6-bob. XX ASR — XXI ASR BOSHLARIDA FAN VA MADANIYAT TARAQQIYOTI 37-§. Fan va madaniyat Fan va texnika doimo taraqqiy etib keldi. Biroq bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli ko‘rilma- gan darajada o‘sib ketdi. Shu tufayli adabiyotlarda ilmiy-texnika inqilobi (ITI) iborasi ishlatila boshlandi. Xo‘sh, ilmiy-texnika inqilobi nima o‘zi? Ilmiy-texnika inqilobi — bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan olamshumul kashfiyotlar tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligi. Bu hodisa ITI mohiyatini tashkil etadi. ITI fan bilan texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning chatishib ketishiga olib keldi. Bu chatishuv, o‘z navbatida, kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi muddatining qisqarishini ta’minladi. ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya, lazerlar, robotlar, texnika, mehnat materiallari, texnologiya) va, hatto, ? Ilmiy-texnika inqilobi www.ziyouz.com kutubxonasi 332 odamning o‘zini ham o‘zgartirib yubordi. Chunonchi, energiya manbayiga oshib borgan ehtiyoj mutlaqo yangi manba — atom elektr stansiyalari barpo etilishiga olib keldi. Shuningdek, Quyosh, okean, chuqur yer osti energiya- sidan foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi. Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946-yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J. Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter tizimlari bilan boshqariladigan texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik qudratli bo‘lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha, u insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlash- tirib olishga undaydi. Bu esa insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib borishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib bormoqda. Bugungi ishchi, muhandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muhandis emas. Bugungi ishchi (xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir. ITI, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning (chunonchi, materialga lazer, gaz plazmasi, elektron-nur, ultra tovush yor- damida ishlov berish) joriy etilishiga olib keldi. ITI, ayni paytda, axborot industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, fan- texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi. ITI kompyuterlarning mutlaqo yangi avlodlari yaratilganligi bilan ham ajralib turadi. Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. ITI ilmiy bilimlar jamg‘arilishining misli ko‘rilmagan sur’atini ta’minladi. Masalan, XX asr boshlarida kimyo bo‘yicha millionta yangi ma’lumot 30 yildan ortiq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, hozir shuncha ma’lumot to‘plash uchun 4 yil kifoya bo‘lmoqda. Ishlab chiqarishdagi inqilobiy o‘zgarishlar, o‘z navbatida, aholi ijtimoiy qatlamida ham tub o‘zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Chunonchi, aholining ko‘pchilik qismi moddiy ishlab chiqarish sohasida emas, balki xizmat ko‘rsatish sohasida mehnat qilishga o‘tdi. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi tobora o‘sib bormoqda. Bu esa ish vaqtini qisqartirishga, ta’tillar muddatini uzaytirishga, aholi mehnat daromadining o‘sishiga olib kelmoqda. Bu hol yangi texnika va texnologiyani ishlab chiqarishda amalda qo‘llashga mas’ul bo‘lgan insonning doimo qayta o‘qishiga, malakasini o‘zgartirishga, ishlab chiqarishning o‘zgaruvchi sharoitlariga tez moslashishiga imkon bermoqda. Hukumat va xususiy ishlab chiqaruvchilar korxona ishchi va xizmatchi- larining yuqori malakalarini saqlab qolishdan eng ko‘p darajada man- faatdordirlar. Shuning uchun ham AQSHda bir ishchining qayta tayyor- lovdan o‘tishiga, o‘z malakasini yanada oshirishiga bir yilda sarflanadigan xarajat 400 ming dollarni tashkil etishi bejiz emas. O‘z navbatida, ishchiga ta’lim berishga sarflanadigan har 35 ming dollar 965 ming dollar foyda ham keltirmoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi 333 Ilmiy-texnika inqilobining asosini, birinchi navbatda, fizika fani tashkil etdi. XX asrda fizika fanida olamshumul kashfiyotlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1919-yilda tarixda ilk bor atom yadrosini parchalash, ikkinchi jahon urushi arafasida esa, uran atomlarining bo‘linishi zanjir reaksiyasi kashf etildi. 1942-yildan AQSHda yadro energiyasi olina boshlandi. Bu kashfiyotlar oxir-oqibatda atom bombasining yaratilishiga olib keldi. Shu tariqa yaxshilik yo‘lidagi barcha kashfiyotlar muallifi — inson dunyodagi barcha tirik mavju- dotlarni, shu jumladan, o‘zini ham qirib yuborishga qodir qurol ham yaratdi. (Bu qurol 1945-yilda ishlatildi ham.) Elektr magnit to‘lqinlar fizikasining yaratilishi 20-yillarda televideniye- ning, 30-yillarda radiolokatsiyaning, 40-yillarda radioastronomiyaning, 50- yillarda kvant elektronikasining tug‘ilishiga olib keldi. Kvant elektronikasi esa, o‘z navbatida, kosmik aloqani zarur kuchaytir- gichlar bilan ta’minlovchi asbob kashf etilishini voqelikka aylantirdi. Shuningdek, lazerning kashf etilishini ta’minladi. Radioelektronika sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar esa, 40-yillardayoq AQSHda dastlabki elektron- hisoblash mashinalari (EHM) yaratilishiga imkon berdi. 1957-yilda sobiq SSSRda Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi uchirildi. 1960-yilda Toman Neyman birinchi lazer qurilmasini yaratdi. 1961-yilda jahonda birinchi bo‘lib sobiq SSSR fuqarosi Yu. A. Gagarin raketada kosmosga parvoz qildi. Ayni chog‘da kosmonavtikaning xalq xo‘jaligiga xizmat qilishiga imkon yaratildi. 1969-yilda Neyl Armstrong (AQSH fuqarosi) Oyga qadam qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Fizika fani yutuqlari transport texnikasini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Chunonchi, reaktiv dvigatelning samolyotga o‘rnatilishi samolyotning tovush to‘sig‘ini yengib o‘tishi muammosini hal etdi. Endi samolyotlar har qanday yuklarni minglab kilometr masofaga tashiy boshladi. 0,5 mln tonna neft sig‘adigan okean tankerlari yaratildi. Kimyo fani taraqqiyotisiz ham ITI yuz bermas edi. Bu fan kashfiyotlari o‘ta toza va o‘ta qattiq, po‘latdek pishiq, ayni paytda undan 7—8 baravar yengil moddalar olishga imkon berdi, plastmassa, kauchuk, sintetik tolalar, dori-darmon yaratish mumkin bo‘ldi. Biologiya fanida ham mislsiz kashfiyotlar amalga oshirildi. XX asr o‘rtalariga kelganda genetika yetakchi sohaga aylandi. Nuklein kislotalarning tuzilishi kashf etildi. Uning oqsil sintezidagi roli ham aniqlandi. 90-yillarda yangi fan — geninjeneriya (irsiyat muhandisligi) vujudga keldi. U katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Natijada vitaminlar, antibiotiklar va o‘g‘it hosil qilishga yordam beruvchi mikroorganizmlar yaratildi. Hayvonlarning zotli naslini urchitish, kasalliklarga chidamli o‘simlik navlarini yaratish mumkin bo‘ldi. Biologik va biokimyoviy kashfiyotlar, o‘z navbatida, tibbiyotning reanimatologiya, anesteziologiya va immunologiya kabi yangi muhim Fan — ITI asosi www.ziyouz.com kutubxonasi 334 Amerika astronavti, Oyda bo‘lgan birinchi odam. Planetalararo «Mir» avtomatik stansiya. www.ziyouz.com kutubxonasi 335 tarmoqlarini vujudga keltirdi. Jarrohlik mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu hodisa inson tanasining dastlab buyrak, so‘ng yurak, o‘pka va boshqa a’zolarini ko‘chirib o‘tkazishda o‘z ifodasini topdi. Tibbiyotda sun’iy yurak yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Davolashning jarrohsiz usullari kashf etildi. Chunonchi, bugungi kunda buyrakdagi tosh ultratovush zarblari bilan maydalanmoqda. Insonning ko‘rish qobiliyati lazer yordamida tiklanmoqda. Yadroviy magnit tebranishlariga asoslangan kompyuter tomograflari yordamida bemorlarga tashxis qo‘yilmoqda. Lekin ITI insoniyat oldiga o‘tkir muammolarni ham qo‘ymoqda. Tuproq, suv va havo zararlanmoqda. Atom tufayli ekologik falokat mintaqalari ko‘pay- moqda. Birinchi jahon urushi va uning dahshatli oqibat- lari tushkunlik kayfiyatini ham tug‘dirdi. Bu hol 20-yillar adabiyotida o‘z ifodasini topdi ham. Dekadentlarning asarlari yoki umidsizlik ruhi bilan sug‘orilgan, yo bo‘lmasa, kitobxonni real voqelikdan, zamonning o‘tkir masalalaridan butunlay uzoqlashib ketgan xayoliy olamga chorlaydigan asarlar paydo bo‘ldi. Bunday asarlar kishilarni davr bilan hamnafas bo‘lishdan chalg‘itadi. Avstriya yozuvchisi Frans Kafka (1883—1924) dekadentlikning tipik namoyandasi edi. Biroq tushkunlikka tushgan inson hayotdan butunlay voz kechgan emas. Hatto, urushda majruh bo‘lgan va jirkanch jamiyatdan yuz o‘girgan jangchi ham o‘z insoniy qadr-qimmatini qanday bo‘lmasin saqlab qolishga intilgan. Chu- nonchi, nemis yozuvchisi E. Remarkning (1898—1970) «Uch o‘rtoq» romani qahramonlari najot yo‘lini frontdagi do‘stlikka sadoqatdan izlaganlar. Anri Barbyusning (1873—1935) ajoyib asari «O‘t. Bir vzvodning kundaligi» birinchi jahon urushi okoplarida yozilgan edi. Bu roman urush dahshatlarini tasvirlabgina qolmasdan, odamlar urushni qanday yenganliklari haqida ham hikoya qiladi. Yoki ingliz yozuvchisi R. Oldingtonning asari («Hamma odamlar — dushman») qahramoni bu bema’ni dunyodan voz kechib, o‘zi sevgan ayol bilan xayoliy Ea orolida yashirinib bo‘lsa-da, hayot kechirish orzusi bilan yashagan. 20-yillardagi tushkunlik kayfiyati, hatto, E. Xemingueydek (1899—1961) shijoatli yozuvchini ham chetlab o‘tmagan. U ham umidsizlikka tushgan. Shu yillardagi asarlari- ning qahramonlarini o‘sha davr adovatli du- nyosidan qutulish yo‘lini behuda izlayotgan kishilar obrazi tashkil etgan. Biroq ijoddagi tushkunlik kayfiyati uzoq davom etmagan. Yevropada fashizmning 20—40-yillar adabiyoti Ernest Xeminguey. www.ziyouz.com kutubxonasi 336 chuqur ildiz otishi, uning yangi jahon urushi manbayiga aylanishi mumkinligi taraqqiyparvar yozuvchilar ijodini bu xavfning oldini olish haqida bong urishga qaratgan. Bu borada ham yuqorida nomlari qayd etilgan uch mashhur yozuvchining asarlari muhim rol o‘ynagan. Ular fashizm insoniyatni yangi qirg‘inbarot urush girdobiga tortishi mumkinligini oldindan sezganlar. 1929-yilda R. Oldingtonning «Qahramonning o‘limi», E. Remarkning «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q», E. Xemingueyning «Alvido, qurol» romanlari chop etilgan. Bu romanlar tez orada shuhrat qozongan. Mualliflar urushning qonli va g‘ayriinsoniy mohiyatini zo‘r mahorat bilan tasvirlaganlar. Ayni paytda hukmron doiralarning muttahamligi, ikkiyuzlamachiligini fosh etganlar. Romen Rollanning (1866—1944) «Maftun bo‘lgan qalb» romanida fashizmning haqiqiy basharasi ochib tashlangan. 1935-yilda Parij shahrida dunyo yozuvchilarining madaniyatni himoya qilishga bag‘ishlangan butun jahon birinchi kongressi o‘tkazildi. Ikkinchi kongress 1937-yilda fashizmga qarshi kurashayotgan Ispaniyada o‘tkazildi. 30-yillar adabiyoti jamiyatning chirkin illatlarini fosh etish bilan ham sezilib turadi. Bu o‘rinda Amerika yozuvchisi J. Steynbekning (1902—1968) Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling