«jahon tarixi va manbashunoslik»
O`lkashunoslikdan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
2. O`lkashunoslikdan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish
Studentlar o`lkashunoslik kursini to`la o`zlashtirish bo`lganlaridan so`ng: amaliy mashg`ulotlarni bajarishga kirishadilar. Amaliy mashg`ulotlar qadimgi qo`lyozma, arxeologiya, toponimikaga oid, arxiv hujjatlari, muzey eksponatlari va xalq orasida tildan-tilga o`tib yurgan afsona, rivoyatlar asosida yaratilgan materiallarni to`plashdan boshlanadi. Materiallar to`plab bo`lingach, uni quyidagi ko`rsatilgan 6 mashg`ulotning xohlagan yoki tanlab olingani bo`yicha rejasi tuziladi va referat yozishga kirishiladi. 1-mashgulot. O`zbekiston tarixi kursidan biror mavzu tanlab olinib, o`sha mavzu asosida o`lkashunoslikka oid bibliografiya tuzish. 2-mashg`ulot. O`zlari yashab turgan jamoa va davlat xo`jaliklari qishloq, shaharning tarixini (arxeologiya, etnografiya, toponimikaga oid, arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari materiallari asosida) yozish. 3-mashg`ulot. Maktab muzeyi materiallari asosida o`sha maktab yoki uning mikrotumanining tarixini yozish. 4-mashg`ulot. Tarixiy o`lkashunoslik materiallari asosida (eiror darsning reja — konspektini tuzish. 5-mashg`ulot. Tarixiy o`lkashunoslikdan ekskursiya, sayoxatlar o`tkazish rejasini tuzib, ularni shu reja asosida amalga oshirish (qo`llanmadan foydalangan holda). 6-mashg`ulot. Arxivlar, muzeylar, tarixiy madaniyat obidalarini muhofaza qilish va undan foydalanish jamiyati xodimlari va ularning ishlari bilan tanishib chiqish va o`z taassurotlari asosida izohli al’bomlar yaratish. Demak, student yuqoridagi 6 mashg`ulotdai xohlaganini mustaqil yozish mumkin. Quyida tarix fakul’teti I kurs tarix-pedagogika va eski o`zbek yozuvi bo`limlari talabalari uchun o`z o`lkasi — «Ona diyori» haqida yozgan amaliy mashg`ulotidan namunalar keltiramiz. Buxoro shahrining qadimiy yodgorliklari tarixi haqida. Amaliy mashg`ulotning rejasi 1. Buxoro viloyatining geografik o`rni. 2. Buxoro — qadimiy me`morchilik yodgorliklari shahri. 3. Qadimiy yodgorliklar tarixi. 4. Xalq hokimiyati — qadimiy yodgorliklar himoyachisi. 5. Xulosa. Buxoro viloyati — O`zbekiston Respublikasining o`n ikki viloyatidan biri. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Viloyat respublikaning janubi-g`arbida, Zarafshon daryosining quyi oqimi bo`ylab joylashgan. Maydoni 144,2 ming kv. km. U shimoldan Qozog`iston, g`arbdan — Turkmaniston va Qoraqalpog`iston, janubi-sharqdan Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Dengiz sathidan eng baland eri 226 metr. Ezda harorat deyarli 50 darajagacha isiydi, eng past harorat — 29°. Viloyatda 6 shahar, 10 shahar tipidagi posyolka, 13 tuman bor. Buxoroda 80 dan ortiq turli millat vakillari yashaydi. Bu Buxoroning ko`p millatli viloyat ekanligini tasdiqlaydi. Buxoro shahri tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. 1971 — 1975 yillarda O`zbekiston Fanlar akademiyasining arxeologiya instituti tomonidan tarix fanlari doktori A. Muxammadjonov boshchiligida Buxoroning o`tmishini o`rganish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Buxoro o`zining ko`p asrlik tarixi mobaynida bir necha bor yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi, chet el istilochilarining qurboni bo`ldi. Moddiy madaniyat va san`atning shunchalik xilma-xil va turli davrga oid yodgorliklari to`plangan bunday shaharlar juda oz. SHahar sharq me`morlari yaratgan nodir me`morchilik yodgorliklari bilan butun dunyoga ma`lum. Buxoroning birinchi tarixchilari yozib qoldirgan afsonalardan birida Buxoro qal`asi Siyovush tomonidan qurilgan, deb aytiladi. Siyovush qadim zamonlarda ilohiy shaxs sifatida hurmatlangan. Keyingi davrlarda yaratilgan she`riy afsonaga ko`ra, eron shohi va turk ayolining farzandi bo`lgan Siyovush Turon shohi Afrosiyob tomonidan o`ldirilgan. VI asrda shaxdr so`g`dcha nom bilan Numijkat, VII — VIII asrlarda esa Puxo, Buxo, Buge deb nomlangan. VII asrning ikkinchi yarmida arab istilochilari O`rta Osiyoga, shu jumladan Buxoroga bostirib kira boshlaganlar. Birinchi bo`lib Amudaryoni kechib o`tgan Ubaydulla ibn Ziyod 674 yilda Poykentni egallab, Buxoroga bostirib kiradi. 709 yilda Qutayba ibn Muslimning katta lashkari boy va yaxshi mustahkamlangan Buxoroni egallaydi. Usha paytgacha shaharning to`rt, keyinchalik ettita darvozasi bo`lgan. VIII — IX asrlarda Buxoroda katta o`zgarishlar yuz beradi. 849 — 850 yillarda shahar atrofi II darvozali devor bilan o`raladi. IX asrda mahalliy Buxoro boyonlari Ismoil Somoniy boshchiligida tashabbusni o`z qo`llariga oladilar. Ular markazlashgan, amalda xalifalikdan mustaqil bo`lgan feodal davlati tuzadilar. IX — X asrlarda u iqtisodiy va madanyy jihatdan o`rta va YAqin SHarqning yirik shaharlaridan biriga aylandi. Bu davrlarda ijod qilgan 30 ga yaqin shoirning nomi tarixda saqlanib qolgan. Abu Abdullox Ja`far Rudakiy o`sha davrning eng o`lug` shoiri edi. Rudakiyning bizga ma`lum bo`lgan eng ajoyib asarlaridan «SHarob onasi», «Qarilikka qasida» ni qayd etish lozim. O`rta asrning buyuk qomusiy olimlaridan biri buxorolik Abu Ali ibn Sino (980—1037) edi. Ibn Sinoning asosiy asarlari bo`lgan «Tib qonunlari», «Muolaja kitobi», «Ilmlar kitobi»da uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari ifoda etilgan. 1220 yilning fevralida Buxoro CHingizxon tomonidan zabt etiladi. 1370 yilda Buxoro Temur imperiyasi tarkibiga. kiradi. Buxoro — Buxoro viloyatining poytaxti bo`lib, uning hokimi buxor — xudot degan unvon bilan atalar edi. Narshaxiy o`zidan ancha oldinroq yozilgan manbaga, ya`ni Abulhasan Nishopuriyning «Hazoyinul-ulum» («Ilmlar xazinasi») degan asariga asoslanib yozishicha, Buxoro qal`asi juda qadimiy qal`a bo`lgan va u tillarda doston bo`lib qolgan Siyovush hamda Afrosiyob zamonlarida qurilgan. Narshahiy Siyovush ko`handizning ichida, uning sharqidagi darvoza yonida ko`milg`an degan afsonani keltiradi. Qo`handiz (qal`a)ning 2 ta darvozasi bor edi. SHarqdagi darvoza G`o`ryon darvozasi deb, g`arbdagi darvoza Registon maydoniga ochilganligi sababli Registon darvozasi deb atalar edi. Buxoroning rejasiga qaraganda, bizning zamonamizgacha etib kelgan ark maydoni 34675 kv. metrga teng bo`lgan. Aylanasining uzunligi 780 metr bo`lgats. U 20 metr baland tepalik ustiga qurilgan. Hozir ark maydoni 4,2 gektar keladi. Uning tik devori hozir pishiq g`isht bilan qoplangan. Ark hamma tomondan qo`rg`on devor bilan gir aylantirib o`rab olingan. Bu devor keyingi ikkinchi-uchinchi asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar Arkda shaxar hokimlari — buxor xudotlar yashagan. Somoniylar davrida (IX — X) Ark qaytadan qurilgan xamda devor va mezonlar bilan mustahkamlangan (shimoli-g`arbiy tomonidagi mezananing o`rni hozirgacha saqlangan). Qoraxoniylar va Qoraxitoylar davrida (IX — XI asrlar) va Mo`g`ullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) Ark bir necha bor vayron qilingan. Arkning hozirgi qiyofasi XVI asrda SHayboniylar sulolasi davrida shakllangan. Hozir Arkda viloyat o`lkashunoslik muzeyi joylashgan. Arkka kiraverishdagi yo`l asta-sekin ko`tarila borib, uzun yo`lakdan Jome` masjidiga olib chiqadi. Arkdagi binolar XVII — XX asrlarga, ya`ni ashtarxoniylar va mang`itlar sulolalariga doirdir. O`sha vaqtlarda Ark shahar hokimlari, keyinchalik xonlar, amirlar, mansabdorlar va harbiy boshliqlar yashaydigan joy bo`lgan. XX asr boshlarida Ark aholisi taxminan uch ming kishiga etgan. Arkdan shahar va uning yaqin atrof manzaralari va tepaliklar kaftday ko`rinib turadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling