«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet116/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Masjidi kalon


Juma namozi o`qiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan bo`lib, kattaligi jihatidan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o`rinda turadi.

U XII asrdagi eski masjid o`rniga qurilgam. Masjid XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida (1514 yilda) bitkazilgan. Masjid to`g`ri to`rtburchak shaklida hovlisi bo`lgan ochiq maejidlar tipiga kiradi. Masjidi kalonning etti eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng ayvonlar bor.

Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78 metr). Hovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Masjidi kalon noyob me`morchilik yodgorliklaridan biridir.

Mir Arab madrasasi (1530 yil)

SHaharning markaziy qismida 2 ta gumbaz atrofidagi imoratlardan ajralib turibdi. Ulardan biri — shimoliy gumbaz tiklangai va yarim moviy koshin bilan qoplangan, jamubiy gumbaz esa bezatilmagan.

Madrasaga hashamatli baland peshtoqdan kiriladi. Madrasadagi Oinolar xuddi Ulug`bek madrasasidek o`rinlashtirilgan. Faqat darsxona o`rnida go`rxona bor. Bu erga YAmanlik shayx Abdulla va uning qarindoshlari dafn qilingan. Edgorlik Mir Arab nomi bilan atalgan.

Madrasa hovlisining chor atrofini ikki qavatli hujralar o`rab turadi, hujralar qatorini peshtoq ajratib turibdi. Bir vaqtlar peshtoqlar juda baland bo`lgan.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling