Minorai Kalon (1127) yoki Katta Buxoro minorasi qoraxoniylardan Arslonxon hukmronlik qilgan davrda qurilgan. Bu minora shahardagi eng baland inshootdir. Uning balandligi 46,5 metr. Uning qurilgan vaqti (1127 yil)ni ko`rsatadigan yozuv korpusning o`rta belidagi koshinlardan birida qisman saqlanib qolgan. Minora baland, dumaloq ustunsimon bo`lib, tepasida ravoqli «fonusi» (tomi) bor. Uning ichida 104 pillapoyali aylanma zinasi bor. Minoraning yuqori tomoni sal ingichkaroq bo`lib, tsilindr shaklli gumbazida 16 ta darcha bor.
Minoradan azon aytilgan. Minorada yov paydo bo`lishini kuzatadigan darcha ham bo`lgan. Minoraning qorovulxonasi hali ham bor. Minoraning sirti jimjimador qilib terilgan pishiq g`isht bilan qoplangan. Buxoro shahrining tashqi ko`rinishida bu minora badiiy jihatdan katta axamiyat kasb etadi.
Gumbazning zangori belbog`i XVI asrda ishlangan koshinlardan iborat. Naqsh bilan so`zlar yozilgan yaski qismi XII asrda yasalgan och moviy tusdagi koshiilardan iborat bo`lib, Buxoro muzeyining Sitorai mohi xosa filialida saqlanmoqda. Minora korpusiiing pastki qismi ta`mirlandi, u o`n burchak shaklida bo`lib, ustiga minora qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |