«jahon tarixi va manbashunoslik»


O`lkashunoslikning asosiy manbalari


Download 0.7 Mb.
bet9/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

6. O`lkashunoslikning asosiy manbalari

O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya, toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi.

Qishloq, tuman, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi.

O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda, avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib, qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga javob berish kerak bo`ladi. CHunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII asrning ikkinchi yarmida feodalizmning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishigacha bo`lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir.

O`quv qo`llanmada «Ibtidoiy jamoa davri» qisqa berilganligi tufayli so`nggi yillarda yaratilgan ba`zi asarlar hamda turli ilmiy adabiyotlardagi xulosalar asosida O`zbekistonda ibtidoiy jamoa davrini quyidagi mayda davrlarga bo`lib o`rganish mumkin:

1. Ibtidoiy to`da davri.

2. Ona urug`i (matriarxat) davri.

3. Ona urug`ining rivojlanishi.

4. Kaltaminorliklar chaylasi.

5. Ota urug`i (patriarxat) davri, temirning topilishi va xo`jalikda iiglatila boshlanishi davri.



6. Sun`iy sug`orishning kelib chiqishi hamda quldorlik jamiyati va nihoyat, feodalizm davri O`zbekiston misolida besh manba — avval arxeologiya, etnografiya, toponimika, arxiv hujjatlari, so`ng muzey eksponatlari orqali tartibli ravishda bayon qilinadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling