4. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri
Rus sharqshunosligi o`zining g`oyat katta ilmiy faoliyati bilan mahalliy tarixchilikka shubhasiz katta ta`sir ko`rsatdi. Rus sharqshunoslari O`rta Osiyo tarixi yuzasidan jiddiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, bu ishga erli tarixchi havaskorlarni ham jalb qilish, ular bilan hamkorlikda ish olib borishga hdrakat qildi. Turkistonga kelgan sharqshunoslar mahalliy tarixchi va xdvaskorlar o`rtasida yurib va yashab, O`rta Osiyo tarixi xdqida muhim ma`lumotlar va asarlarni to`pladilar va shu haqda tushuntirish ishlari olib bordilar. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih qoraxo`ja o`g`li o`zining «Tarixi jadidai Toshkand» degan asarida Iskandar to`ra ismli bir rus olimining uyiga kelgani, u bilan suhbatlashgani va O`rta Osiyo tarixiga oid ko`p savollar berib, bahslashgani hdqida yozadi. Iskandar to`ra aslida Aleksandr Kun bo`lib, mahalliy xalq qadimdan Aleksandr ismini Iskandar deb atashadi. Faqat A. Kunning emas, balki O`rta Osiyoga kelgan barcha sharqshunoslarning xam xalq orasida yurib tarixga oid savollar berishy, ayrim masalalar yuzasidan bahslashishlari hamda ularga yo`l-yo`riqlar ko`rsatishlari, shubhasiz, erli xalqlar o`rtasida tarixga qiziqish hissini oshirdi. Bunday bahslashuvlar, savol-javoblar mahalliy xalq o`rtasida «diniy tus berilgan» arxeologik yodgorliklar va tarixiy hodisalarni aniqlashga, ularning sirini ochishga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |