«jahon tarixi va manbashunoslik»


-МAVZU: O`LKASHUNOSLIK XAQIDA QISQACHA MALUMOT


Download 0.7 Mb.
bet4/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

1-МAVZU: O`LKASHUNOSLIK XAQIDA QISQACHA MALUMOT

  1. O`lkashunoslik turlari

  2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi

  3. O`rta Osiyo tarixini o`rganishda rus SHarqshunoslarining roli

  4. Rus sharqshunosligining mahalliy tarixchilikka ta`siri

  5. Tarixiy o`lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli

  6. O`lkashunoslikning asosiy manbalari

Vatan haqidagi teran fikrlar turkiy tasavvuf she`riyatining atoqli vakili xoja Ahmad YAssaviy xikmatlaridan birida quyidagicha talqin etiladi:

Boshim tuproq, o`zim tuproq, jismim tuproq,

Haq vasliga etarman deb ruhim mushtoq.

Binobarin, tuproq — inson tug`ilib o`sgan o`lka, makon, tuproq Vatan. Tuproq necha yuz yillardan buyon ne ne ulug` farzandlarini ardoqlab kelayotgan Zamin. SHuning uchun biz uni e`zozlab ona tuproq deymiz.

Demak, barcha ishlar o`z ona tuprog`ini, o`z ona o`lkasini qadrlashdan boshlanadi. Ona tuprog`ini, ona o`lkasini sevgan kishini el qadrlaydi, dunyo taniydi... O`z tarixini ona yurtdan — ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo`la oladi.

Tarixga nazar tashlasak, o`z o`lkasini sevmagan va uning tuprog`ini ardoqlamagan biron ham zotni uchrata olmaymiz. SHuning uchun ham Vatanni sevmoq iymondandir, deymiz. Zotan, ona yurt farzandlari uchun Vatanni sevish, uning tarixini o`rganish, dilga jo etish muqaddas burchdir.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling