«jahon tarixi va manbashunoslik»


SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklari


Download 0.7 Mb.
bet3/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklari. Bularga me`morchilik ansambllari va kokplekslari, tarixiy markayalar, kpartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning qoldiqlari: fuqaro sanoat, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshootlari kiradi.

San`at yodgorliklari. Bunga moiumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlari kiradi.

YOdgorlik hujjatlari. Bunga markaziy va maxdlliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa yozma va chizma hujjatlar, kino-foto hujjatlari va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy qo`lyozmalar hamda arxiv materiallari, fol’klor va musiqa yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.

Etnografik va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va ma`naviy madaniyat, xalqlarning ertak, fol’klor, mifologiyasi hamda joy nomlarining ilmiy jihatdan kelib chiqishini o`rganish kiradi.

Bular bilan bir qatorda tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki boshqa xil madaniy qimmatga ega bo`lgan ob`ektlar hamda muzeyda saqlanadigan eksponatlar va ulardan o`quv, ta`lim-tarbiya ishlarida foydalanish uslublari, namunaviy dars rejalari o`z aksini topgan.

YUqoridagi manbalarni o`rganish va umumlashtirish ilmiy o`lkashunoslik tadqiqotchilari, jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun xam, u yoki bu voqealarga tavsif berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko`p zarur ma`lumot bo`lib xizmat qiladi.

Oliy o`quv yurtlari va maktabda o`qitilayotgan tarixiy o`lkashunoslik fani ma`lum ikki maqsadni: birinchidan, o`z o`lkasining o`tmishi va hozirgi hayoti tarixini xar tomonlama ilmiy asosda o`rganish yo`li bilan to`plangan arxeologik, etnografik, toponimik, nodir qo`lyozmalar, arxiv hujjatlarini saralash, tartibga solish va tahlil qilishni; ikkinchidan, to`plangan o`lka materiallaridan o`quv-tarbiyaviy ishlarda o`rinli va samarali foydalanib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko`zda tutadi.

O`quv qo`llanmasini yozishda mumkin qadar mahalliy materiallardan, O`zbekiston Respublikasiga doir o`lkashunoslik hujjatlaridan, etuk tarixchi olimlarning asarlaridan, arxiv materiallaridan foydalanish masalalarini yoritishda O`zbekiston Markaziy Davlat Arxivi xodimlari tomonidan tayyorlangan kartoteka va ko`rsatkichlardan, muzey eksponantlarini yoritishda esa O`zbekiston tarixi muzeyi materiallaridan foydalanildi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling