Ulug`bek madrasasi (1417 yil)
Bu madrasa Temurning nabirasi falakiyotshunos olim Ulug`bek qurdirgan uch madrasaning eng qadimiysidir. To`g`ri to`rt burchak shalida qurilgan bu binoning hovlisi va bezatilgan baland peshtoqi bor. Madrasaning old tomoni ikki qavat qilib qurilgan. Kiraverishdagi miyonxonaning bir tomonida darsxona, 2-tomonida masjid, ikkinchi qavatda kitobxona bo`lgan.
Madrasani usta Ismoil ibn Tohir Isfahoniy qurgan. 1585 yilda bu bino tiklangan. Keyingi yillarda ham u tez-tez ta`mirlanib turilgan. Naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon shakllar ko`pchilikni tashkil etadi. Buni falakshunos Ulug`bekning dunyoqarashiga bog`lash mumkin.
Darvoza tabaqalariga «Bilim olish har bir musulmon va muslimaning burchidir» degan ibora o`yib yozilgan. Madrasa o`z chiroyi va naqshlarining juda go`zalligi bilan kishilarni hayratda qoldiradi. Bu bino O`rta Osiyo me`morchiligining ravnaqini ko`rsatadigan yodgorlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |