«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masjidi kalon
Ismoil Somoniy maqbarasi (IX — X asrlar) — O`rta Osiyo me`morchiligining o`ziga xos aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me`morchilik o`z xalqi va uning g`oyasi, did-farosati bilan ifodalangan xalq ustalarining ijodidan iborat.
Birinchidan, IX — X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi o`sha davrdagi binokorlarning mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Bu yodgorlik 892 — 907 yillarda qurilgan, deb taxmin qilinadi. Maqbara shaxardagi madaniyat va istirohat bog`i ichida joylashgan. U kub shaklida bo`lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Unga xusn bo`lsin uchun burchaklariga to`rtta kichkina qubba o`rnatilgan. Devori qalin (1,8 metrgacha) bo`lganligi tufayli bu yodgorlik 1000 yildan beri yaxshi saqlanib turibdi. Maqbaraning fasadi yo`q, to`rt tomoni ham bir xil. Bunday inshootlar tsentrik kompozitsiya deb ataladi. Maqbara kvadrat shaklida bo`lib, pishiq g`ishtdan qurilgan. Rivoyatlarga ko`ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn Asad uchun qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining daxdsi bo`lib qoldi. Unga 907 yilda vafot etgan Ismoil, keyinroq maqbaraga kiraverishdagi yozuvga ko`ra, Ismoilning nabirasi — 914 yildan 943 yilgacha xukmron bo`lgan Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan. Bino hozirga qadar saqlanib turibdi. Bu yodgorlikni xorijiy davlatlar ham yaxshi biladilar. Somoniylar maqbarasi sodda, ajoyib ziynati va asrlar davomida sinovdan o`tgan murakkab gumbaz tomli konstruktsiyani qo`llagan binokorlarning muhdndislik mahorati jihatidan jahon me`morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi. .
Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Bu ham noyob me`morchilik yodgorliklaridan biridir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling