«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet42/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Ismoil Somoniy maqbarasi (IX — X asrlar) — O`rta Osiyo me`morchiligining o`ziga xos aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me`morchilik o`z xalqi va uning g`oyasi, did-farosati bilan ifodalangan xalq ustalarining ijodidan iborat.

Birinchidan, IX — X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi o`sha davrdagi binokorlarning mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Bu yodgorlik 892 — 907 yillarda qurilgan, deb taxmin qilinadi. Maqbara shaxardagi madaniyat va istirohat bog`i ichida joylashgan. U kub shaklida bo`lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Unga xusn bo`lsin uchun burchaklariga to`rtta kichkina qubba o`rnatilgan. Devori qalin (1,8 metrgacha) bo`lganligi tufayli bu yodgorlik 1000 yildan beri yaxshi saqlanib turibdi.

Maqbaraning fasadi yo`q, to`rt tomoni ham bir xil. Bunday inshootlar tsentrik kompozitsiya deb ataladi. Maqbara kvadrat shaklida bo`lib, pishiq g`ishtdan qurilgan. Rivoyatlarga ko`ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn Asad uchun qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining daxdsi bo`lib qoldi. Unga 907 yilda vafot etgan Ismoil, keyinroq maqbaraga kiraverishdagi yozuvga ko`ra, Ismoilning nabirasi — 914 yildan 943 yilgacha xukmron bo`lgan Nasr II ibn Ahmad dafn qilingan. Bino hozirga qadar saqlanib turibdi. Bu yodgorlikni xorijiy davlatlar ham yaxshi biladilar.

Somoniylar maqbarasi sodda, ajoyib ziynati va asrlar davomida sinovdan o`tgan murakkab gumbaz tomli konstruktsiyani qo`llagan binokorlarning muhdndislik mahorati jihatidan jahon me`morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi.

.

Masjidi kalon (Katta masjid) — juma namozi o`qiladigan bu masjid 1514 yilda qurilgan bo`lib, kattaligi jihatdan Samarqanddagi Bibixonim masjididan keyin ikkinchi o`rinda turadi. U XII asrdagi eski masjid o`rniga qurilgan. Masjid XV asrda qurila boshlanib, XVI asr boshlarida (1514 yilda) bitgan. Masjid to`g`ri to`rtburchak shaklida hovlisi bo`lgan ochiq masjidlar turkumiga kiradi. Masjidi kalonning ettita eshigi bor. Asosiy sharqiy eshigi oldida va ichida keng ayvonlar bor.

Masjidning umumiy maydoni bir gektar keladi (127X78). Hovli galereyasi 288 qubba bilan qoplangan, ularni 200 ta ustun ko`tarib turadi. Bu ham noyob me`morchilik yodgorliklaridan biridir.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling