Ulug`bek madrasasi (1417 yil). Bu madrasa Temurning nabirasi: buyuk astronom Ulug`bek qurdirgan uch madrasa-ning eng avvalgisidir. To`g`ri to`rtburchak shaklida qurilgan bu binoning hovlisi va bezatilgan baland peshtoqi bor. Madrasaning old tomoni ikki qavat qilib qurilgan, kiraverishdagi miyonxonaning bir tomonida darsxona, ikkinchi tomonida masjid, ikkinchi qavatida kutubxona bo`lgan.
Madrasaning ustki qismini Ismoil ibn Tohir Isfahoniy qurgan. 1585 yilda bu bino qayta tiklangan. Keyingi yillarda ham u tez-tez ta`mir qylinib turgan. Naqshlarning tarkibida yulduzsimon elementlar ko`pchilikni tashkil etadi. Buni astronom Ulug`bekning kasbi-koriga bog`lash mumkin.
Ulug`bek madrasasi darvoza tavaqalariga «Bilim olish har bir muslim va muslimaning burchidir» degan ibora o`yib yozilgan. MadrasaO`z chiroyi va naqshlarining juda go`zalligi bilan kishini hayratda qoldiradi. Bu bino O`rta Osiyo me`morchiligining ravnaq topganligini ko`rsatadigan yodgorlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |