Gilambop — Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi qishloq nomi. Tojikcha gilambop — gilam to`quvchi demakdir. Gilambopli degan urug` ham bo`lgan.
Guliob — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qishloq nomi. Guliob, gulob — atirgul suvi. Ilgari atirgul bargini qaynatib, bug`latib tayyorlangan xushbo`y suv gulob deyilgan. Ko`chma ma`nodagi toponim, ammo hozir qishloqda «gulob» tayyorlanmasa ham atirgul ko`p o`sadi.
4. Samarqand viloyati toponimikasi va uni o`rganish
O`zbekiston tarixi kursidagi «Temur davlatining tashkil topishi» deb nomlangan mavzuni o`tish jatumanida Samarqand viloyati kolxoz, sovxoz, qishloq tumanlari toponimikasini o`rganish va undan darsda foydalanishga bag`ishlangan namunaviy dars rejasi.
Darsni tashkil qilish: a) sinfning darsga hozirligini kuzatish: b) o`quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O`tilgan mavzu: «XVI asrda madaniyatning rivojlanishi» mavzusi yuzasidan o`qituvchi o`quvchilardan so`raydi, o`tilgan mavzuga qisqacha yakun yasab, yangi mavzuni boshlaydi.
YAngi mavzu: «Temur davlatining tashkil topishi».
Darsning maqsadi: o`quvchilarga XIII asrning oxiri — XIV asrning birinchi yarmida O`rta Osiyodagi ahvol, Samarqandda sarbadorlar xarakati. Temurning hokimiyatni olishi va uning fotihlik yurishlari xaqida hamda Temur davlatining ichki hayoti, «Suyurg`ollar» tizimi va Temur davrida feodal ekspluatatsiyaning kuchayishi to`g`risida ma`lumot berishdan iborat.
YAngi mavzu rejasi:
a) XIII asrning oxiri — XIV asrning birinchi yarmida O`rta Osiyodagi ahvol;
b) Samarqandda sarbadorlar qo`zg`oloni;
v) Temurning hokimiyatni qo`lga olishi;
g) Temurning fotihlik yurishlari;
d) Temur davlatidagi ichki hayoti;
e) Temur bosib olgan shaharlar, qurdirgan binolarining nomlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |