«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet61/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Sariosiyo bunday deb atalishiga sabab, kishilarning aytishlariga qaraganda, bir vaqtlar shu erda bir kishi tegirmon qurgan va uning atrofiga kelib, uy-joy qurib, o`rnasha boshlaganlar. Asta-sekin bu er qishloqqa aylangan, aholisining ko`pchiligi tojiklardan iborat bo`lganligi sababli ular o`z qishloqlarini «Tegirmon boshi», ya`ni tojikcha «Sariosiyo» deb ataganlar. Sariosiyo keyingi davrda o`sib rivojlandi. Qishloq shaharga — tuman markaziga aylanib qoldi. Hozir ham Sariosiyo tuman markazidir.

Qarsagan — Sho`rchi tumanidagi qishloq nomi. Aslida Qarsakgan yoki Qarsakkon bo`lishi kerak. Mahalliy xalq tulkining bir turini qarsak deb atagan. Qadimgi turkiy tilda Mahmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asarida ham qarsak tulkilar jinsidan bo`lgan bir hayvon, uning oq o`siq terisidan po`stin qilinadi, deb aytilgan. Agar bu so`zni «qarasagan» tarzida oladigan bo`lsak, «qarsak» tulkining bir turi, «gan» tojikcha ko`plik affiksidir.

YUrchi — Denov tumanidagi qishloq. Aslida «yurtchi» bo`lishi kerak. «YUrtchi» so`zining o`zini esa quyidagicha izohlash mumkin: a) ko`chib qo`nadigan joy; b) ko`chmanchilar yashaydigan joy; v) yaylov. Bu qadimgi turkiy so`z bo`lib, chorvadorlar va ko`chmanchilar yashaydigan joyga nisbatan ishlatilib kelingan. Fikrimizcha, yurchi «yurtjo», ya`ni yurtjoy o`rin demakdir. «YUrtjoy», «yurtchi» shaklida qo`llanib kelinmoqda. YUrchi so`zining kelib chiqish tarixini B. A. Ahmedov o`zining «Istoriya Balxa» kitobida ilmiy ravishda isbotlab bergan.

Boldir — Surxondaryo viloyatidagi qishloq nomy. etimologik jihatdan bu so`z qadimgi turkiy so`z bo`lib, asl ma`nosi tog` burniga o`xshagan ko`tarilib chiqqan narsa, demakdir. Maxmud Koshg`ariyning «Devonu lug`atit turk» asarida boldir — tog` burni tarzida uchraydi. SHuningdek, devonda «boldir» boshqa komponentlar bilan qo`shilib, boldir o`g`il, qiz (O`gay o`g`il, o`gay qiz) ma`nosida ham qo`llanilgan.

Dehbolo — Boysun tumanidagi qishloq. Erli xalq «diybola», «dibolo» tarzida talaffuz qiladi. Bu so`z tojikcha deh, (qishloq), bolo (baland yuqori) komponentlaridan tashkil topgan, dehbolo — «yuqori qishloq” demakdir. Dehbolo nomi bilan ataladigan qishloqlar respublikamizning Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ham uchraydi.

Pulxokin — Boysun tumanidagi qishloq. Qishloqning shimoliy qismida er osti sizot suvlarining qo`shilishi natijasida katta ariq paydo bo`lgan va tabiiy holda er qatlami tagidan oqib o`tib ko`prik shakliga kelib qolgan. Pulxokin fors-tojikcha pul (ko`prik), xok (tuproq) komponentlaridan tashkil topgan, «kin» esa tojikcha sifat yasovchi qo`shimchadir. SHunga ko`ra Pulxokin — tuproqli ko`prik, degan ma`no ni bildiradi. Qishloqqa ham «tuproq ko`prik» nomi berilgan.

Egarchi — Boysun tumanidagi qishloq. Mahalliy xalq «iyarchi» deb ataydi. Aytishlaricha, bu qishloq joylashgan er otning egariga o`xshagan bo`lganligi uchun «iyarchi» deb atalgan. Fikrimizcha, bu qishloqda qachonlardir egar yasovchi kosiblar bo`lgan va shuning uchun «egarchilar» yashaydigan joy deb nomlangan bo`lsa kerak.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling