«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet59/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Jarqo`rg`on minorasi — hozirgi Jarqo`rg`on tumani markaziga yaqin erda bundan 860 yil burun bunyod etilgan ajoyib minora qad ko`tarib turibdi. Bir vaqtlar bu minora masjid bo`lib xizmat qilgan. Bizgacha minoraning xarobasigina etib kelgan. Hozir minora ta`mirlanib asl holiga keltirildi. Minora o`rta asrga xos SHarq me`morchiligida munosib o`rin egallaydi. Baland minoraning qubbasi shaxdrga fayz baxsh etadi. O`sha vaqtlarda so`filar shu minora tepasidan turib azon aytganlar. Minoradan atrofga har xil voqealar to`g`risida darak berishda ham foydalanganlar. Minora XII asrda qayta tiklangan. Minora bezaklari g`ishtdan ishlangan. U pastdan yuqoriga tomon ingichkalantirib qurilganki, bu osmono`par minorani tomosha qilish kishiga zavq baxsh etadi. Minora ichiga sakkiz qirrali qilib supacha o`rnatilgan. Minora tashqarisiga ishlangan o`n olti dumaloq kolonna esa xuddi minoraga o`ralgan lentaga o`xshab turibdi. Minoraning pastki qismidagi ettita qirrasiga g`ishtni o`yib yozuv yozilgan bo`lib, sakkizinchi qirra bilan to`qqizinchi qirra oralig`idagi yo`l orqali minoraning ichidagi aylanma zinapoyalariga chiqiladi. Minoraning saqlanib qolgan yozuvlaridan birida shu minorani yaratgan me`morning ismi va bunyod etilgan yo`li ko`rsatilgan. Me`morning ismi Ali bo`lib, hozirgi Turkmanistonning Seraxs shahrida istiqomat qilgan Muhammadning o`g`li ekan. Minora hijriy 502 yilda, ya`ni 1108—1109 yillarda bunyod etilgan. Minoraning yuqori qismi vayron bo`lib ketgan. Qolgan qismining balandligi 30 metr chamasi keladi. Tadqiqotchilarning taxminiga qaraganda, minoraning balandligi 40 metrdan ortiq bo`lgan. Uning aylanasi 17 metrcha keladi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling